1. Auksionda ishtirok etish shartlari va tartibi Takroriy elektron onlayn-auksion (tanlov) o‘tkazish tartibi


Download 16.8 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi16.8 Kb.
#1503294
  1   2   3
Bog'liq
Auksion otkazish mezonlari moliyaning dasturiy komlekslari


Mavzu:Auksion o`tkazish mezonlari moliyaning dasturiy komlekslari.
Reja:
1.Auksionda ishtirok etish shartlari va tartibi
2. Takroriy elektron onlayn-auksion (tanlov) o‘tkazish tartibi
3. Auksion g‘olibining huquqlarini rasmiylashtirish tartibi
Auksion (tanlov)da ishtirok etish shartlari
Elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun davlat mulki ob’ektlari tanlov asosida “nol” xarid qiymati bo‘yicha sotish hamda davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha buyurtmalar xabarnoma joylashtirilgan kundan boshlab operator veb-portalida avtomatik tarzda qabul qilinadi va auksion o‘tkaziladigan kundan 2 ish kuni oldin (soat 13:00 da) yakunlanadi.Buyurtma qabul qilish uchun belgilangan muddat o‘tgandan keyin kelib tushgan buyurtmalar qabul qilinmaydi.Buyurtmalar elektron ravishda taqdim etiladi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.
Elektron onlayn-auksion (tanlov) o‘tkazish tartibi
Operator veb-portalida elektron onlayn-auksion xabarnomada ko‘rsatilgan kun va vaqtda boshlanadi.Davlat mulki ob’ektlari va davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha elektron onlayn-auksion sotish musobaqa asosida, narxini oshirib borish tamoyilida o‘tkaziladi.Elektron onlayn-auksion ikki yoki undan ortiq ishtirokchi mavjud bo‘lgan taqdirda o‘tkaziladi.Davlat mulki ob’ektlari va Davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha elektron onlayn-auksion ish kuni davomida soat 9:00 dan 18:00 ga qadar o‘tkaziladi. Davlat mulki ob’ektlarining tanlov asosidagi “nol” xarid qiymati ishtirokchilarning tanlov takliflarini baholash veb-portal orqali avtomatik tarzda savdolar o‘tkazilishi to‘g‘risida bildirishnomada ko‘rsatilgan tanlovlarning sanasi va vaqti kelganda amalga oshiriladi.Davlat mulki ob’ektlarining tanlov asosidagi “nol” xarid qiymati tanlovida ishtirok etish uchun talabgor tanlov hujjatlariga muvofiq tuzilgan tanlov taklifini (investitsion majburiyatlarning taklif etilgan miqdori, ularni kiritish shakllari, muddati va shartlari) taqdim etishi shart.Boshlang‘ich narx sotib olish qiymati bo‘yicha davlat mulki ob’ekti (ulushi) qiymatini baholash to‘g‘risidagi hisobotning ekspert xulosasida ko‘rsatilgan miqdorda belgilanadi.Davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha elektron onlayn-auksion o‘tkazilishida ijara haqining boshlang‘ich narxi ushbu ob’ekt bo‘yicha belgilangan tartibda aniqlangan ijara haqining yillik tayanch stavkasiga teng.Davlat ob’ektlarini «nol» xarid qiymati bo‘yicha sotishda investitsion majburiyatlarning eng kam qiymati miqdori Davlat tender komissiyasi yoki hududiy tanlov komissiyasi qarori bilan belgilanadi.Davlat mulki ob’ektlari va davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha auksion qadami birinchi to‘rtta qadamda — auksion ob’ekti baholangan qiymatining 5 foizi miqdorida;beshinchi va undan keyingi qadamlarda — auksion ob’ekti baholangan qiymatining 3 foizi miqdorida belgilanadi.
Baholangan qiymat xabarnoma joylashtirish paytida eng kam oylik ish haqining ikki ming baravaridan yuqori bo‘lgan mol-mulk realizatsiya qilingan taqdirda, auksion qadami, istisno tariqasida, auksion ob’ekti baholangan qiymatining 2 foizi miqdorida belgilanadi. Davlat mulki ob’ektlari va davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha elektron onlayn-auksion ishtirokchilaridan lotni boshlang‘ich narxdan bitta qadamga oshirilgan narxda sotib olish bo‘yicha taklifni tasdiqlashni so‘rashdan boshlanadi.
Agar lot narxini oshirish haqidagi taklifni oxirgi tasdiqlagan auksion ishtirokchisi buni elektron onlayn-auksionni o‘tkazish vaqti yakunlangunga o‘n daqiqadan kam qolganda amalga oshirgan bo‘lsa, auksionni o‘tkazish vaqti oxirgi taklif tasdiqlangan paytdan boshlab keyingi o‘n daqiqaga uzaytiriladi. Keyingi har bir taklif elektron onlayn auksionni o‘tkazish vaqtini o‘n daqiqadan uzaytirib boradi. Biroq bunda elektron onlayn auksionni o‘tkazish vaqti 18:00 dan keyin 3 soatdan ortiq bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin va auksion 21:00 ga qadar yakunlanishi lozim. Lot narxi bo‘yicha taklifni soat 21:00 ga qadar oxirgi tasdiqlagan ishtirokchi auksion g‘olibi deb topiladi.Elektron onlayn-auksionni o‘tkazish jarayonida texnik uzilishlar sodir bo‘lganda auksion o‘tkazish sanasi va vaqti haqida auksion ishtirokchilari majburiy xabardor qilinadi hamda auksion texnik uzilish bartaraf etilgan kunning ikkinchi ish kuniga ko‘chiriladi.Agar buyurtma berish vaqti yakunlangan paytga kelib faqat bir ishtirokchi tomonidan buyurtma berilgan bo‘lsa, operator elektron onlayn-auksion (tanlov) o‘tkazilishi kunida ushbu ishtirokchiga elektron xat orqali elektron onlayn-auksion (tanlov) ob’ektini boshlang‘ich narxi (ijaraning tayanch stavkasi) bo‘yicha sotib olish (ijaraga olish) to‘g‘risida taklif yuboriladi.Elektron onlayn-auksion ishtirokchisi, agar u taklif yuborilgan paytdan boshlab besh ish kuni mobaynida operatorga auksion ob’ektini sotib olish istagi yo‘qligi haqida xabar bersa yoki ushbu muddat mobaynida operatorga sotib olish (ijaraga olish) to‘g‘risida yozma ravishda yoki elektron xat orqali xabar bermasa, auksion (tanlov) ob’ektini sotib olish rad etilgan deb hisoblanadi.

Download 16.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling