1. Auksionda ishtirok etish shartlari va tartibi Takroriy elektron onlayn-auksion (tanlov) o‘tkazish tartibi


Elektron onlayn-auksion (tanlov) o‘tkazilmagan deb topilishi


Download 16.8 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi16.8 Kb.
#1503294
1   2   3
Bog'liq
Auksion otkazish mezonlari moliyaning dasturiy komlekslari

Elektron onlayn-auksion (tanlov) o‘tkazilmagan deb topilishi
Elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun birorta buyurtma tushmagan bo‘lsa; elektron onlayn-auksion ishtirokchilaridan birortasi mulkni auksion jarayonida taklif etilgan narx bo‘yicha sotib olish istagini bildirmagan bo‘lsa;elektron onlayn-auksionda ishtirok etishga faqat bitta ishtirokchi qo‘yilgan va u auksion ob’ektini sotib olishni rad etgan bo‘lsa, davlat mulki ob’ektlari bo‘yicha elektron onlayn-auksion bo‘lib o‘tmagan deb e’tirof etiladi.
Takroriy elektron onlayn-auksion (tanlov) o‘tkazish tartibi
Davlat mulki ob’ektlari va Davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha takroriy elektron onlayn-auksion ish kuni davomida soat 9:00 dan 18:00 ga qadar o‘tkaziladi.Davlat mulki ob’ektlarining tanlov asosidagi “nol” xarid qiymati bo‘yicha ishtirokchilarning tanlov takliflarini baholash veb-portal orqali avtomatik tarzda savdolar o‘tkazilishi to‘g‘risida bildirishnomada ko‘rsatilgan tanlovlarning sanasi va vaqti kelganda amalga oshiriladi.Takroriy elektron onlayn-auksion ikki yoki undan ortiq ishtirokchi bo‘lgan taqdirda o‘tkaziladi. Davlat mulki ob’ektlarining takroriy elektron onlayn-auksionda ishtirok etishi uchun birorta buyurtma tushmagan bo‘lsa, elektron onlayn-auksion sanasi yana ikki oyga uzaytiriladi.Bunda elektron onlayn-auksion o‘tkazilish sanasidan boshlab ikki oy mobaynida 15 ish kunida bir marta davriylik bilan o‘tkaziladi va bildirishnomada ko‘rsatilgan sana va vaqtda boshlanadi.Ushbu muddat tamom bo‘lgandan so‘ng keyingi kundan boshlab davlat mulki ob’ektlariga bosqichma-bosqich arzonlashtirish mexanizmi qo‘llanadi va elektron onlayn-auksion boshlang‘ich narxdan 10 foizga kamaytirilagan holda 15 kunlik muddat bilan 50 foizga yetguncha qadar takroriy elektron onlayn-auksionga chiqariladi. Davlat mulki ob’ektlarining «nol» xarid qiymati bo‘yicha takroriy tanlovda ishtirok etishi uchun birorta buyurtma tushmagan bo‘lsa, tanlov yana ikki oyga uzaytiriladi.Tanlovlar birinchi tanlov o‘tkazilishi sanasidan boshlab ikki oy mobaynida 15 ish kunida bir marta davriylik bilan o‘tkaziladi va bildirishnomada ko‘rsatilgan sana va vaqtda boshlanadi.Davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha takroriy elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun birorta buyurtma tushmagan bo‘lsa, takroriy elektron onlayn-auksion har gal ob’ektni ijaraga berishgacha 15 kunga uzaytiriladi.Elektron onlayn-auksionda birinchi auksion o‘tkazilish sanasidan boshlab doimiy tartibda 15 ish kunida bir marta davriylik bilan o‘tkaziladi va bildirishnomada ko‘rsatilgan sana va vaqtda boshlanadi

Download 16.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling