1-M. Psixologiya mustaqil fan sifatida P


Psixologiya fanining predmeti haqidagi tasavvurlar taraqqiyotining asosiy bosqichlari


Download 66.75 Kb.
bet3/12
Sana21.04.2023
Hajmi66.75 Kb.
#1369324
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-Maruza SBT

3. Psixologiya fanining predmeti haqidagi tasavvurlar taraqqiyotining asosiy bosqichlari
Psixologiya qadimiy fanlardan hisoblanadi. Uning paydo bo’lishi kishilik jamiyati taraqqiyoti bilan bog’liqdir. Ijtimoiy hayot ehtiyojlari qadim zamonlardan buyon kishini tevarak-atrofdagi odamlarning psixik jihatdan tuzilish xususiyatlarini farqlay bilishga va ularni o’z hatti-harakatlarida hisobga olishga majbur etib kelgan.
Har qanday odam o’z tajribalariga asoslanib, o’ziga atrof voqelikni u yoki bu tarzda idrok qilishiga qarab, atrof olamni idrok qilishiga, narsa va hodisalarni farqlashiga karab, anglab yetishiga qarab farqlanadi, o’ziga hisob beradi. Biz qushlar ovozini va musiqa kuylarini eshitamiz va farqlaymiz, turli narsalarni ko’ramiz, turli hidlarni, turli taomlar mazasini sezamiz va bu haqda tasavvurga ega bo’lamiz. Odam o’zini o’rab turgan olamni bilibgina qolmay, shu olamdagi narsa va hodisalarga o’z munosabatini ham bildiradi. Odam o’z atrofidagi olamni idrok qilibgina qolmay unga o’ziga xos munosabatda ham bo’ladi, ya’ni o’zining faolligini namoyon qiladi, tegishli xulosa chiqaradi, maqsadga intiladi, tashabbus va shijoat ko’rsatadi, qiyinchiliklarni yengib o’tishga harakat qiladi, boshqacha qilib aytganda o’z iroda kuchini namoyish etadi.
Va nihoyat, har bir odam bir-biridan nimasi bilandir farq qiladi, masalan bir odam musiqa bilan qiziqadi, boshqa birov sport bilan qiziqadi, bir odam matematikaga qobiliyatli bo’lsa, boshqa birov badiiy ijod bilan shug’ullanishni ma’qul ko’radi, birov qiziqqon, serjahl, o’zini tutolmaydigan bo’lsa, boshqa birovi bosiq, andishali, birov mehnatkash va kamtarin bo’lsa boshqa birovi yalqov, dimog’dor bo’lishi mumkin. Bularning barchasi inson psixikasidagi tafovutlardir.
Psixologiyaning fan sifatida shakllanishi qadimgi olim-mutafakkirlar - Platon (Aflotun), Aristotel (Arastu), Geraklit, Demokrit, Gippokrat, Galen va vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy nomlari bilan, va nihoyat rus olimlari I.M.Sechenov, I.P.Pavlov nomlari bilan bog’liqdir.
Hayot psixologiya zimmasiga murakkab nazariy va amaliy vazifalarni yuklaydi. Psixologiyaning asosiy nazariy vazifasi psixik faoliyatning mohiyatini, uning sodir bo’lish va rivojlanish qonuniyatlarini tushuntirishdan iboratdir. Insonning barcha hayoti va faoliyati jarayonida uning psixikasini o’rganish va boshqarish psixologiyaning amaliy vazifasi hisoblanadi. Bu vazifalarni hal qilish, asosiy ma’lumotlarni to’plash va umumiy nazariyani boyitish davrida psixologiyada birqancha mustaqil sohalar ajralib chiqdi. Dastlabki vaqtlardan boshlab, hatto hozir ham ayrim mamlakatlarda psixologiya falsafaning tarkibida deb hisoblab kelingan.
Psixologiya inson va uning kamoloti bilan bevosita bog’liq bo’lgan bir necha fanlar bilan - fiziologiya, pedagogika, etnografiya singari fanlar bilan uzviy bog’liqdir.
Ijtimoiy hayot ehtiyojlari qadim zamonlardan buyon kishini tevarak atrofidagi odamlarning psixik jihatdan tuzilish xususiyatlarini farqlay bilishga va ularni o’z xatti-harakatlarida hisobga olishga majbur etib kelgan. Ibtidoiy odamning tasavvurida ruh tanadan batamom ajratilmagan bo’ladi. Bunday tasavvurlar hayot hodisalari va ongni, shu jumladan, uyqu, o’lim, hushidan ketish va shu kabilarni noilmiy, primitiv tarzda talqin qilish oqibatida tarkib topgandir.
Keyinchalik jamiyat taraqqiy eta borgan sari, rejalashtirish va ijroning, jismoniy mehnat va ishlab chiqarishning, ma’naviy kuchlarning tabaqalashuvi, sinfiy jamiyatning paydo bo’lishi va kishining mavhumlashtirish qobiliyati rivojlana borishi munosabati bilan jonning moddiylikdan xoli tabiati haqidagi g’oyalar paydo bo’ldi. SHu bilan birga oldingi, antimistik, afsonaviy tasavvurlar o’rnini ruhni borliqning naturfalsafiy manzarasi nuqtai nazaridan tushuntirishga intilishlar egallay boshladi
Naturfaylasuflar - Fales (e.o. VI asr), Anaksimen (e.o. V asr), Geraklit (e.o. VI-V. asr) ruhni olam ibtidosini tashkil etuvchi narsalar - suv, havo, olovning odamlar va hayvonlarga jon ato etuvchi shakli tarzida talqin qilishgan.
Platon (Aflotun) (e.o. 428-347. asr) bu faylasuflar orasida alohida ajralib turadi. U jonning qismlari to’g’risidagi tushunchani yaratdi. SHunday qismlar deb aql-idrokni, jasoratni, orzu-istakni alohida ajratib ko’rsatdi va ular tananing turli qismlari (bosh, ko’krak, qorin bo’shligi) ga joylashgan bo’ladi degan fikrni ilgari surdi. Platonning fikricha, jonning qismlari odamlarda bir xil taqsimlangan bo’lib, ulardan birining boshqalariga qaraganda ustun bo’lishi individning u yoki bu sotsial guruhga mansubligini belgilaydi.
Platonning shogirdi Aristotel (e.o. 384-322) ning ta’limoti ancha ilgarilab ketdiki, u psixologik fikrlarni tabiiy-ilmiy asosda qayta qurib, uni biologiya va tibbiyot bilan bog’ladi. Buni o’zining «Jon to’g’risida» degan asarida bayon qildi.
Aristotel ruhiy faoliyatni o’rganishning tajriba usulini, ob’ektiv metodni himoya qilib chiqqan edi. Aristotel kishilik tafakkuri tarixida birinchi bo’lib ruh, jon va tananing ajralmas ekanligi g’oyasini ilgari surdi. «Ruh darg’azab bo’layotir, deb aytish biror kishining ruh mato to’qiyapti yoki uy qurayapti deyishi bilan barobardir» - deb yozgan edi Aristotel. Jon qismlarga bo’lina olmaydi, lekin u faoliyatning oziqlanish, his etish, harakatga keltirish, aql-idrok kabi turlariga oid sa’yi-harakatlarda namoyon bo’ladi. O’simliklar, hayvonlar ruhi va aql idrokli zot ruhi to’g’risidagi ta’limotlari bilan Aristotel oliy qobiliyatlar sodda qobiliyatlardan va ularning negizida paydo bo’lishini bildiradigan rivojlanish printsipini joriy etdi.
Odamda hayot va psixika rivojlanishining ibtido darajasi mavjuddir. Sezgi dastlabki bilish qobiliyati bosqichi hisoblanadi. Sezgi tasavvurlar shaklida iz qoldiradi. Aristotel ilgari sezgi azolariga ta’sir o’tkazgan narsalar obrazlarining tasavvur tarzida mavjudligini kashf etdi. U shuningdek bu tasvirlar o’xshashligi, turdoshligi va keskin farqlanishi kabi uchta yo’nalishda birlashuvini ham ko’rsatdi. Bu bilan psixik hodisalar assotsiatsiyasi (bog’lanishi) ning asosiy turlarini ochib berdi. Aristotel organizmning tabiatdan olgan imkoniyatlarni faqat o’zining xususiy faolligi orqaligini ro’yobga chiqarishiga asoslangan holda xarakterning real faoliyatida shakllanishi to’g’risidagi nazariyani ilgari surdi. Kishining adolatparvar va ko’ngilchan bo’lishi uning adolatli va me’yoridagi harakatlarni tez-tez takrorlayverishi natijasida ro’y beradi, deydi.
Geraklit, Demokrit, Aflotun, Aristotellarning ta’limotlari keyingi asrlarda psixologik g’oyalarni rivojlanishida tayanch nuqta, asos bo’ldi. Asta-sekin ruh haqidagi tushuncha hozir biz psixika deb atayotgan darajaga nisbatan qo’llanila boshladi. Psixika kategoriyasi zamirida ong haqidagi tushuncha maydonga keldi. Kishi faqat idrok va tafakkurga ega bo’lib qolmasdan, balki ularni unga mansubligini e’tirof etishga ixtiyoriy harakatlar qilibgina qolmasdan, balki bu harakatlarni uni o’zi qilayotganini bilishga ham qodirdir.
Eramizdan oldingi ikkinchi asrda rimlik shifokor Galen fiziologiya va tibbiyot yutuqlarini umumlashtirib, psixikani fiziologik negizi haqidagi tasavvurlarni boyitdi va ong tushunchasiga yaqinlashib keldi. U diqqat, xotira, mulohaza ishtirok etadigan harakatlarni kishi, masalan, uyqusida bajaradigan harakatlardan chegaralanishni ko’rsatib berdi. Unisi ham, bunisi ham ruh bilan idora qilinadi shu tariqa, ruh va ong haqidagi qarashlar turli davrlarda turlicha talqin qilinib, turli falsafiy-psixologik nazariyalar, oqimlar paydo bo’lishiga olib keldi.
III asrda Platon, IV-V asrda Avgustin ong haqidagi ta’limotni yaratdilar. O’rta asrlarga kelib diniy ideologiya ta’sirida ayrim olimlar xudoning ruxsoriga yetishga da’vat eta boshladilar, jumladan X asrda Abu Nasr Farobiy, Abu Ali Ibn Sino shunday ta’limot asosida psixikani ilmiy tushuntirishga muvaffaq bo’ldilar.
XVII asr biologik va psixologik bilimlar taraqqiyotida yangi davrni ochib berdi. Frantsuz olimi Dekart (1596-1650) xulq-atvorning reflektor tabiati haqidagi ta’limotini yaratdi. Ingliz olimi Gobes (1588-1679), frantsuz olimi Spinoza (1632-1677) olamning bir butunligini, tana va jon to’g’risidagi ta’limotni yaratdilar. Ingliz olimi Djon Lokk (1632-1704) empirik (tajriba) asosidagi ta’limotni empirik psixologiyani yaratdi, shundan keyin rus olimlari I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, I.Y.Vvedenskiy, A.A.Uxtomskiy inikos nazariyalarini yaratdilar. Tanaga nisbatan ham, ruhga nisbatan ham qarashlarda tub burilish yuz berdi. Inson tanasi mashinaga o’xshatiladi, texnika qurilmalariining tuzilishi qanday printsiplarga asoslangan bo’lsa, tana tuzilishi ham shunday printsiplarga asoslangan deb tasavvur etiladi, binobarin tana ham mashina singari ruhni boshqarishiga muhtoj emas deb qaraladi.
Refleks haqidagi tushuncha organizmning tashqi ta’sirga qonuniy javob reaktsiyasi sifatida paydo bo’ldi.
I. M. Sechenov (1829-1905) «Bosh miya reflekslari» (1963) asarida «ongli va ongsiz hayotning barcha harakatlari ro’y berish usuliga ko’ra reflekslardan iboratdir», degan xulosaga kelgan edi.
Ongning harakati (psixik hodisa) ruhning tanasiz mohiyat xususiyati emas, balki Sechenov tili bilan aytganda, "Ro’y berish usuliga ko’ra" (tuzilishiga, ro’y berish xiliga qarab) refleksga o’xshash jarayondir. Psixik hodisa kishiga o’z sezgilarini, g’oyalarini his-tuyg’ularini kuzatish chog’ida beriladigan narsalardangina iborat emas. U xuddi refleks kabi tashqi qo’zg’ovchining ta’sirini va unga javoban harakat reaktsiyasini ham o’z ichiga oladi. Psixik jarayonlar ongning o’zida paydo bo’lib, ongning o’zida tugallanadi, degan fikrni Sechenov mutlaqo noto’g’ri fikr deb hisoblagan edi.
Psixologiya fanini rivojlanishi natijasida uning o’rganish ob’ektiga faqat jon emas, balki uni sodir bo’lishi "Ruhiy" yoki psixik hodisalardir. Odatda psixik hodisalarning uchta katta guruhi bor: psixik jarayonlar, shaxsni psixik xususiyatlari va psixik holat.

Download 66.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling