1-M. Psixologiya mustaqil fan sifatida P
Download 66.75 Kb.
|
1-Maruza SBT
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Psixologiya fanining yirik ilmiy yo’nalishlari va maktablari.
Psixik jarayonlar - bu ob’ektiv olamni sub’ektiv aks ettirishning turli shakllaridir. Psixik jarayonlarni psixik funksiyalar deb ham aytiladi. Psixik jarayonlarni asosiy turlari quyidagilardir: sezgi, idrok, xotira, tasavvur, xayol, tafakkur, nutq, hissiyot, iroda bo’lib, o’z navbatida uch guruhga bo’linadi: bilish jarayonlari, emotsional jarayonlar, irodaviy jarayonlar. Psixik holatlar va psixik xususiyatlarni yuqorida sanab o’tgan edik.
Psixik jarayonlarning roli nimadan iborat? Bu organizmni signal yoki boshqaruv funksiyasi bo’lib, harakatni o’zgaruvchan shart-sharoitlarga moslashtiradi va shu bilan foydali, moslashuvchan samaraga erishilishini ta’minlaydi. Psixik jarayon, ma’lumki, o’zicha emas, balki miyaning mohiyati, uni tegishli bo’lmalari funksiyasi sifatida tashqi olam haqidagi axborolarning qayoqqa ketishi, qaerda saqlanishi, va qayta ishlanishini ko’rsatuvchi javob faoliyatining boshqaruvchisidir. I.M.Sechenov psixikaning reflektorligi va faoliyatning psixik jihatdan boshqarilishi g’oyasini ilgari surdi. Bu muhim nazariy qoidalar I.P.Pavlov (1849-1939) tomonidan tajriba yo’li bilan tasdiqlandi va konkretlashtirildi. U hayvonlarni shuningdek, odamning tashqi muhit bilan o’zaro harakati miya tomonidan boshqarilishi qonuniyatlarini kashf etdi. I.P.Pavlovning ushbu qonuniyatlarga nisbatan barcha qarashlari odatda ikki xil signal sistemasi haqidagi ta’limot deb aytiladi. Hayvonlar o’z hatti-harakatlarida birinchi signal sistemasiga amal qiladi. Hayvonlarning butun psixik faoliyati birinchi signal sistemasi darajasida yuz beradi. Odamda ham birinchi signal sistemasining signallari (konkret timsollar, tasavurlar), uning xulq-atvorini boshqarish va yo’naltirishda muhim rol o’ynaydi. M: svetofor, yo’l ko’rsatkichlari, belgilar va xokazolar kishi hatti-harakatlarini qisman avtomatlashtirishiga xizmat qiladi. Hayvonlardan farqli o’laroq, odamda birinchi signallar sistemasi bilan bir qatorda uning alohida boyligi va afzalligi bo’lgan ikkinchi signal sistemasi ham mavjuddir. Ikkinchi signallar sistemasining signallari talaffuz etilgan, eshitilgan, o’qilgan so’zlar - ikkinchi signallardan iboratdir. Aytilganlardan xulosa chiqaradigan bo’lsak, psixikani ob’ektiv olamning sub’ektiv tarzi, vokelikning miyadagi aksi deb hisoblashga haqlimiz. 4. Psixologiya fanining yirik ilmiy yo’nalishlari va maktablari. Psixologiya psixikani o’rganishning o’z konkret ilmiy vazifalariga, o’zining konkret tadqiqot ma’ruzasiga ega. Psixologiya ta’sir ko’rsatuvchi ob’ektlari bo’lgan sub’ektning ichki, psixik holatiga tashqi ta’sirotlar natijasida ro’y beradigan o’zgarishlar jarayoni qanday kechishini o’rganadi. 30-yillarning o’rtalariga kelib psixologiya fanining asosiy printsiplari: determinizm printsipi, ong va faoliyatning birligi printsipi, psixikaning faoliyatda rivojlanishi printsipi aniq ifodalab berildi. 1. Determinizm printsipi psixikaning turmush tarzi bilan belgilanishini va turmush tarzi o’zgarishiga qarab o’zgarishini anglatadi. 2. Ong va faoliyat birligi printsipi psixologiyada qabul qilingan printsipi ong bilan faoliyat bir-biriga qarama-qarshi emas, lekin ular bir-biriga aynan o’xshash ham emas, ammo birlikni tashkil etadi. Ong va faoliyat birligi printsipi psixologlarga xulq-atvorni, faoliyatni o’rganayotib, harakatning maqsadlariga erishishni muvaffaqiyatini ta’linlovchi ichki psixologik mexanizmlarni aniqlash, ya’ni psixikaning ob’ektiv qonuniyatlarini ochish imkonini beradi. 3. Psixika va ongning faoliyatda rivojlanish printsipi shuni anglatadiki, psixika agar faoliyat samarasi va rivojlanish mahsuli sifatida qaraladigan bo’lsagina u to’g’ri tushunilishi va aynan bir xil tarzda izohlab berilishi mumkin. Hozirgi zamon psixologiyasi shakllanishining turli bosqichlarida va amaliyotning har xil sohalari bilan bog’liq ilmiy fanlarning juda ham keng tarmoqli tizimi tashkil etadi. Shunday qilib, psixologiya fanining predmeti haqidagi tasavvurlar taraqqiyotining asosiy bosqichlarini quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin: Download 66.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling