Foydali qazilmalarning yo’qotilish turlari. Foydali qazilmani qoplovchi tog’ jinsi bilan aralashuvi
Download 141.27 Kb.
|
2 5247043975088449353
Reja: Foydali qazilmalarning yo’qotilish turlari. Foydali qazilmani qoplovchi tog’ jinsi bilan aralashuvi. Foydalanilgan adabiyotlar. FOYDALI QAZILMALARNING YO’QOTILISHI VA QOPLOVCHI TOG’ JINSI BILAN ARALASHUVI Foydali qazilmaning yo’qotilishi sonli va sifatli (qoplovchi tog’ jinsi bilan aralashuvi) bo’ladi. Sonli yo’qotilishlar – foydali qazilmaning er qarida qoldirilgan, yuklash joylarida yo’qotilgan, qayta yuklashda, omborlarga cho’zishda va transport aloqalarida, shuningdek ag’darmalarga chiqarilgan zaxiralari qismi. Sifatli yo’qotilishlar (qoplovchi tog’ jinsi bilan aralashuvi)– qazib olingan foydali qazilmaning tarkibi er qaridagi foydali qazilmaning tarkibiga qaraganda pasayishi. Qoplovchi tog’ jinsi bilan aralashuv foydali qazilmalar qazib olinadigan maydonlarda qoplovchi tog’ jinslari hosil bo’lishi, sanoat tarkiblarga sanoat bo’lmagan tarkiblarning aralashuvida, shuningdek qimmatli turlarning uncha qiymatga ega bo’lmagan qiymatlar bilan aralashuvda amalga oshadi. Sonli va sifatli yo’qotishlar umumiykaryer va ekspluatatsion turlarga bo’linadi. Umumiy karyer yo’qotishlariga balans zaxiralarining proekt bilan qazib olish ko’zda tutilmagan qismlari kiradi (karyerlar orasidagi chegara butunliklarida, kapital kon lahilmaridagi himoya butunliklarida, kontexnik inshootlarda va boshqalarda). Ekspluatastion yo’qotishlarga qazib olish davridagi kondistion rudalarning yo’qotilishi kiradi. Foydali qazilmaning massivdagi va massivdan ajratilgan holdagi yo’qotilishi mavjud. Massivdagi yo’qotishlarga karyer maydoni ichidagi butunliklarda bo’lgan yo’qotishlar (qazib olishning texnologik sxemasi bo’yicha qoldiriladigan), qazilmaning yotgan va osilgan yonidagi yo’qotishlar, ko’chkilar zonalarida, geologik buzulishlar butunliklaridagi yo’qotishlar kiradi. Massivdan ajratilgan foydali qazilma yo’qotishlariga alohida qazib olishdagi zaboydagi yo’qotishlar, foydali qazilmalarning tushib qolishi oqibatida ichki ag’darmalarda (qayta ekskavastiyada, yuklash joylarida, omborlarga cho’zishda, ajratish va tashishda) yo’qotishlar kiradi. Foydali qazilmaning yer qaridan qazib olinishining to’liqligini nazorat qiluvchi belgi quyidagi formula bilan aniqlanadi: Bunda, - qazib olingan foydali qazilma hajmi, ; - yopilgan zaxiralar hajmi, ; , - foydali qazilmaning mos ravishda qazib olingan foydali qazilmada va yopilgan foydali qazilmada zaxiralarning qazib olishdagi o’rtacha tarkibi, %; - qazib olingan tog’ jinsidagi aralashuvchi tog’ jinsi (yoki kondistion bo’lmagan) hajmi, Sifatning belgisi foydali qazilmaning sifati o’zgarish koeffitsiyenti hisoblanadi va quyidagi formula bilan aniqlanadi: Foydali qazilmani yo’qotish va aralashuvini kamaytirish bo’yicha ishlar karyerni proekt qilishda va foydalanish davrida amalga oshiriladi. Karyerni proektlash kuzatuv ishlari asosida amalga oshirish kerak, shunda karyerni qazib olish tizimini tanlash va ularning elementlarini aniqlash osonlashadi. Qiya va tik qiya konlarni qazib olishda yo’qotishlarni kamaytirish uchun konlarni qazilmaning osilgan tomonidan qazib olish amalga oshiriladi. Mobil transport turlaridan foydalanish (misol uchun, avtomobil transporti) murakkab tuzulishli qazilmalarni qazib olishda yo’qotishlarni kamaytirishga yordam beradi. Konlardan foydalanishda yo’qotishlarni kamaytirish yangi va zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish bilan amalga oshadi, bunda konlarda alohida qazib olish amalga oshirilishi mumkin. Shunday qilib, karyerlarda teskari mexanik kuraklar, gidrvlik ekskavatorlar, g’ildirakli skreperlar bilan majmuada yumshatgichlardan foydalaniladi. Foydali qazilmalarni qazib olishda ularning nisbatan to’liq qazib olinishi uchun avval marksheyder ishlarini amalga oshirgan holda maydonning tuzilishini, dezyunktiv o’zgarishlarni nazorat qilish va boshqa hollarga e’tibor berish kerak. Shunda foydali qazilmaning yo’qotishlari kamayadi va sifati oshadi. Konlarni qo’shimcha qazib olish maxsus transport turlari va uskunalar bilan, karyerning yopilgan bortlarida, karyer tubida, himoyaviy va chegara butunliklarida minimal foydali qazilma qolishini ta’minlagan holda amalga oshiriladi. Misol uchun, kon ishlarini yotgan ko’mir maydonlarida tugatish uchun shnekburg’ulash uskunalaridan (rasm. 10.1), tik qiya plastlarda– draglaynlardan (rasm. 10.2) foydalanish mumkin. Test
Foydali qazilmaning yo’qotilishi nechta turga bo’linadi? a) 3 turga b) 2 turga c) 5 turga d) 4 turga 2. Foydali qazilma yo'qotilishining qanday turlari mavjud? a) eksplutatsion yo'qotish b) umumkaryer yo'qotish c) sonli va sifatli yo'qotish c) operatsion yo'qotish 3. Ish olib boriladigan bortda ishchi maydon kenhligi qancha bo'ladi? a) 40-80 m b) 30-60 m c) 30-60 m d)45-65 m 4. Ochiq kon ishlari natijasida qazib olingan va keraksiz bo’lgan tog’ jinslari va nokonditsion foydali qazilma boyliklari to’planadigan joyga…. deb aytiladi. a) ag'darma b) pog'ona c) karyer maydoni d) ishlash zonasi 5. Transport maydonchasini kengligi qanchani tashkil etadi? a) 25-30 m b) 10-20m c) 10-25 m d) 25-30 m 6. Ekskavator ish jarayoni nechta ketma-ketlikdan iborat? a) 3ta b) 4 ta c) 7 ta d) 5 ta 8. Avtomobil transporti tashish masofasi qancha bo'lganda qo'llaniladi? a) 1-2 km b) 7-8 km c) 6-7 km d) 4-5 km 9. Standart temir yo'llarda burilish radiusi qancha bo'lishi kerak? a) 200 m b) 500 m c) 50 m d) 70 m 10. Ekskavator texnik unumdorligi bu- a) bir kun to'xtamasdan ishlagandagi unumdorlik b) bir smena to'xtamasdan ishlagandagi unumdorlik c) biro y to'xtamasdan ishlagandagi unumdorlik d) bir soat to'xtamsdan ishlashdagi unumdorlik Download 141.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling