Reja
Raqobatlashgan bozor samaradorligi
Iste’molchi daromodiga ko‘ra narx belgilash
Iste’mol xajmiga ko‘ra narx belgilash.
Tovarlar kategoriyasiga ko‘ra narx belgilash
Raqobatlashgan bozor samaradorligi - Biz ko‘rdikki davlatning bozor mexanizmiga aralashuvi jamiyatda to‘liq yo‘qotishga olib keladi. SHuning uchun ham davlat o‘zining iqtisodiy siyosatini shlab chiqganda to‘liq yo‘qotishlarni hisob-kitobdan chetda qoldirmasligi kerak. Lekin, bundan davlatning raqobatlashgan bozorga aralashuvi har doim ham yo‘qotishlarga olib kelaveradi, deb bo‘lmaydi. Quyidagi ikki holda davlatning aralashuvi raqobatlashgan bozorda iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarning turmush darajasini o‘sishga olib keladi.
- Birinchidan, iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarning harakati natijasida vujudga keladigan yutuq yoki yo‘qotish bozor narxida o‘z ifodasini topmasa. Bunday yo‘qotish yoki yutuqlar bozorga nisbatn tashqi samara deyiladi, nima uchun deganda, ular bozorga nisbatan tashqarida ro‘y beradi. Bozorga nisbatan tashqi samaraga misol qilib ishlab chiqaruvchilar tomonidan atrof-muhitni zaharlash natijasida vujudga keladigan jamiyat xarajatlarini keltirish mumkin. Ushbu xarajatlarni faqat davlatning aralashuvi orqali bartaraf qilish mumkin
Ikkinchidan «bozor qiyinchiligi»- bu erda mahsulotning sifati, kim tomonidan, qachon ishlab chiqarilganligi to‘g‘risida axborotning to‘liq bo‘lmasligi, iste’molchilarni ortiqcha yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin, ya’ni iste’molchi naflikni maksimallashtiradigan tovarlarni sotib olish bo‘yicha to‘g‘ri qaror qilolmasligi mumkin. Bunday holda davlatning aralashuvini (tovarlar yorlig‘ida tovar to‘g‘risida to‘liq axborot bo‘lishni davlat tomonidan talab qilinishi) samarali deb qarash mumkin. - Ikkinchidan «bozor qiyinchiligi»- bu erda mahsulotning sifati, kim tomonidan, qachon ishlab chiqarilganligi to‘g‘risida axborotning to‘liq bo‘lmasligi, iste’molchilarni ortiqcha yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin, ya’ni iste’molchi naflikni maksimallashtiradigan tovarlarni sotib olish bo‘yicha to‘g‘ri qaror qilolmasligi mumkin. Bunday holda davlatning aralashuvini (tovarlar yorlig‘ida tovar to‘g‘risida to‘liq axborot bo‘lishni davlat tomonidan talab qilinishi) samarali deb qarash mumkin.
- Raqobatlashgan bozorning muvozanat holatda ishlashi iste’molchi va ishlab chiqaruvchi yutug‘ini maksimal bo‘lishini ta’minlaydi, demak, muvozanat holatda iste’molchilr o‘z talabini mavjud ishlab chiqarish xarajatlarida mumkin bo‘lgan eng past narxda qondiradi. Raqobatlashgan bozor samaradorligi ishlab chiqarishni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |