Barqaror narxni ta’minlash va ishlab chiqarish hajmini cheklash siyosati. - AQSH va Evropa davlatlarida minimal narxni o‘rnatishdan tashqari, narxlarni barqarorlashtirishda ishlab chiqarish hajmini qisqartirishni yoki ishlab chiqarishni chekli rag‘batlantirish siyosatlarini qo‘shib olib boradi. Ayniqsa, bunday siyosat AQSHda qishloq xo‘jaligi tizimi qo‘llanadi.
- Barqaror narxlarni ushlab turish. Rivojlangan davlatlarda barqaror narx ko‘pincha sutga, tamaki va donga qo‘llaniladi, bundan maqsad, ushbu tovarlarni ishlab chiqaruvchilarning daromadlarini etarli darajada bo‘lishini ta’minlash.
- Bunday siyosatda davlat mahsulotga narxni R* darajada belgilab, uni shu darajada bo‘lishini taminlash uchun kerakli hajmdagi mahsulotni sotib oladi.
Ishlab chiqarishni cheklash (ishlab chiqarish kvotasi). Davlatning bozor narxiga ta’sir qilish siyosatidan biri bu - mahsulot ishlab chiqarish hajmini cheklash orqali mahsulot narxini kerakli darajagacha ko‘tarish mumkin. Davlat har bir firmaning mahsulot ishlab chiqarish hajmini qonun chiqarish orqali belgilashi (kvotalashi) mumkin. Biror mahsulotni ishlab chiqarish yoki sotish bo‘yicha litsenziyaning davlat tomonidan berilishi, shunday siyosatni yuritishga misol bo‘lishi mumkin. Masalan, spirtli ichimliklarni sotishga beriladigan litsenziyalarni ko‘paytirish yoki kamaytirish orqali spirtli ichimlikni sotish hajmini oshirish yoki qisqartirish mumkin. Sotish hajmining qisqarishi tovar narxini kerakli darajaga oshirish imkonini beradi. - Ishlab chiqarishni cheklash (ishlab chiqarish kvotasi). Davlatning bozor narxiga ta’sir qilish siyosatidan biri bu - mahsulot ishlab chiqarish hajmini cheklash orqali mahsulot narxini kerakli darajagacha ko‘tarish mumkin. Davlat har bir firmaning mahsulot ishlab chiqarish hajmini qonun chiqarish orqali belgilashi (kvotalashi) mumkin. Biror mahsulotni ishlab chiqarish yoki sotish bo‘yicha litsenziyaning davlat tomonidan berilishi, shunday siyosatni yuritishga misol bo‘lishi mumkin. Masalan, spirtli ichimliklarni sotishga beriladigan litsenziyalarni ko‘paytirish yoki kamaytirish orqali spirtli ichimlikni sotish hajmini oshirish yoki qisqartirish mumkin. Sotish hajmining qisqarishi tovar narxini kerakli darajaga oshirish imkonini beradi.
- YAna AQSH davlatining qishloq xo‘jaligi siyosati qaraymiz. AQSH davlatining qishloq xo‘jaligi siyosati ko‘proq mahsulot ishlab chiqarishni qisqartirishni rag‘batlantirishga qaratilgan. Fermerlar ekin ekish maydonining qisqatirsalar, ya’ni ekin maydonlarining bir qismi ekilmasdan qoldirilsa, shunga yarasha pul kompensatsiyasini oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |