Uzluksiz yuklash mashinalari turlari, tuzilishi va ishlash prinsipi


Download 89.44 Kb.
bet1/3
Sana22.12.2022
Hajmi89.44 Kb.
#1043364
  1   2   3
Bog'liq
Uzluksiz yuklash mashinalari turlari, tuzilishi va ishlash prins


Uzluksiz va yarimuzlukli quyish mashinalarining ishlash prinsipi.


Reja:
  1. Uzluksiz yuklash mashinalari turlari, tuzilishi va ishlash prinsipi


  2. Davriy va uzluksiz yuklash mashinalarini ishlatish va unumdorligini aniqlash



Tayanch so‘zlar va iboralar: YUklash sxemasi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuklash, pog‘onali yuklash, cho‘michli, qamrovchi panjali, rotorli, taroqli, yuklash stoli, pnevmodvigatel.
YUklash mashinalari turlari va konstruksiyasi
Davriy yuklash mashinalaring yuklash usuli bo‘yicha ikkita turi mavjud: to‘g‘ridan-to‘g‘ri va pog‘onali yuklovchi.
To‘g‘ridan-to‘gri yuklovchi yuklash mashinalarining quyidagi xilari bor: PPN-1s, PPN-3A, PPN-2G. Kon-qidiruv lahimlarini o‘tishda cho‘michni mashina ustidan oshirib to‘kuvchi rukoyatli mashinalar eng ko‘p tarqalgandir. Bu turdagi mashina PPN-1s gorizontal laximlarni o‘tishda portlatib massivdan ajratilgan yirikligi 350 mm gacha bo‘lgan tog‘ jinslarini vagonchaga yoki boshqa transport vositasiga yuklashga xizmat qiladi. Bu mashinaning konstruksiyasi Darasunsk zavodida ishlab chiqilgan. CHo‘michli yuklash mashinalarining barchasi bir xil tuzilishga egadir, lekin ba’zi bir uzellarining bir-biri bilan bog‘laniida farq qilishi mumkin. PPN-1s mashinasi (3-rasm) cho‘mich 1, yurish qismi dvigateli 5, buriluvchi platforma 3, yurish qismi 4, ko‘tarish mexanizmi 6, boshqaruv pulьti rukoyati 2, cho‘michni orqaga qaytarish mexanizmi 7 dan tashkil topgan.


1-rasm. PPN-1s yuklash mashinasi.
Harakatlanish (yurish qismi) mexanizmi cho‘yan qoplamali reduktor, pnevmatik dvigatelь va ikkita o‘qli g‘ildirak juftlaridan tashkil topgan. YUrish qismi – sharik tayanchli asos vazifasini bajarib, uning ustiga yuqorigi buriluvchi platforma o‘tnatiladi. Asos markaziga shkvorenь o‘rnatilgan bo‘lib, bu yurish qismi bilan platformani birlashtirib turadi. Oldingi qismiga boltlar yordamida rolikli kronshteyn qotirilgan bo‘lib cho‘mich buriluvchi qismini avtomatik tarzda o‘rta holatga qaytaradi.
Reduktor korpusiga 8,8 kVt quvvatli pnevmatik dvigatel ulangan. Mashina chap qismida mashinist turib ishlashi uchun taglik, o‘ng qismida esa mashinani lahimlar bo‘ylab olib yurishda yurish qismini pnevmomotordan uzib qo‘yuvchi moslamalar joylashgan. YUrish qismi korpusi oldingi qismida cho‘mich uchun tayanch buferi, orqa qismida esa vagonchani mashinaga ulovchi ulash moslamasi joylashgan.
YUklash organi (4-rasm.) buriluvchi platmorma 6 ga o‘rnatilgan bo‘lib, kulisa 2 li (rukoyat) cho‘mich 1 va to‘rta muvozonatlashtiruvchi tross 3 va 3lardan tashkil topgan. CHo‘mich po‘lat listlardan payvandlangan konstruksiyalidir. CHo‘michning old qismiga tog‘ jinsiga engil kirishi uchun uchqur tishlar o‘rnatilgan. CHo‘michning yuqorigi qismi tekis tarnov shaklida bo‘lib, yuk tushirish vaqtida tog‘ jinslari shu erdan sirpanib tushadi. CHo‘mich yuqoriga ko‘taruvchi profilda ishlangan ikkita kulisaga biriktirilgan. Kulisalar bir-birlari bilan travers 4 bilan bog‘langan bo‘lib, bunga ko‘taruvchi mexanizm plastinkali tortuvchi zanjiri 5 maxkamlangan.



Download 89.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling