Uzluksiz yuklash mashinalari turlari, tuzilishi va ishlash prinsipi


-rasm. YUklovchi organ va cho‘michni ko‘tarish mexanizmi. Davriy ishlovchi pog‘onali yuklash mashinalari


Download 89.44 Kb.
bet2/3
Sana22.12.2022
Hajmi89.44 Kb.
#1043364
1   2   3
Bog'liq
Uzluksiz yuklash mashinalari turlari, tuzilishi va ishlash prins

2-rasm. YUklovchi organ va cho‘michni ko‘tarish mexanizmi.

Davriy ishlovchi pog‘onali yuklash mashinalari (5-rasm) ikki yo‘lli lahimlarni o‘tishda yirik o‘lchamli, og‘ir va abraziv tog‘ jinslarini yuklash uchun ishlatiladi.


Mashina og‘ir rama 1, ikkita yurituvchi yarimskat 2 li yurish organi, strelaga o‘rnatilgan cho‘mich 3 va yuk qabul qiuvchi-yuklovchi konveyeridan tashkil topgan. Mashinaning harakatlanishi, cho‘michning ko‘tarilishi va konveyerning ishlashi reduktor 5 va dvigatelь 6 dan iborat bitta yuritma orqali bajariladi. Reduktor cho‘michni ko‘tarish mexanizmi va mashina harakati yo‘nalishini ta’minlovchi planetar uzatgich tizimli qurilmaga ega. Boshqarish dastaklari 4 mashina ikki yon tarafida joylashgan. Konveyerning yuk tushirish balandligi domkrat 8 orqali o‘zgartirilishi mumkin.


3-rasm. CHo‘michli pog‘onali yuklash mashinasi
CHo‘mich va strela yuklash frontini oshirish uchun ikki yon tarafga burilish imkonini beruvchi ikkita zanjir yordamida ko‘tariladi. O‘rtadagi zanjir cho‘michning pastga tushishini chegaralashga va cho‘mich tushishidagi zarbni yumshatishga xizmat qiladi. YUklash boshlanishidan oldin cho‘mich strela bilan birgalikda pastga tushadi va mashina oldinga harakatlanadi. CHo‘mich tog‘ jinsiga to‘lgach ko‘taruvchi mexanizmning ikkita barabani birga ishlaydi va o‘ziga zanjirlarni o‘ray boshlaydi. Bu vaqtda birinchi navbatda cho‘mich strela uchida gorizontal o‘qi atrofida buriladi, undan keyin esa strela bilan birgalikda yuqoriga ko‘tariladi va cho‘mich lentali konveyerga yukni tushiradi. Mashina ko‘tarilgan cho‘mich bilan zaboydan orqaga suriladi, strela va cho‘mich pastki holatga tushiriladi va keyingi qamrashni boshlash uchun mashina zaboyga tomon harakatlanadi. O‘tilayotgan lahim yonlaridagi tog‘ jinslarini yuklash uchun dastlab ko‘tarish barabanlarining bittasi ishga tushiriladi va yuklash organi o‘nga yoki chapga tomon buriladi.
Mashinada samarali chang bostirish uchun oltita forsunka ishlatigan. CHang bostirish tizimidagi umumiy suv sarfi 4*105 Pa bosimda 50 l/min ni tashkil etadi. PPM-4p yuklash mashinasini ishlatish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, 10,5 m2 yuzali shtreklarni f=4-8 qattiqlikdagi jinslardan o‘tishda yillik iqtisodiy samara shu turkumdagi boshqa mashinalarga nisbatan 20-25 % kattaligi aniqlangan.
PPN-5p yuklash mashinasi kesim yuzasi 5,2 m2 dan kam bo‘lmagan gorizontal lahimlarni burg‘ilash-portlatish usuli bilan o‘tishda tog‘ jinslarini vagonchalarga yoki konveyerga yuklashni mexanizatsiyalashtirish uchun xizmat qiladi. Mashina pnevmatik yuritma bilan ishlab chiqarilgan. Texnik unumdorligi 1,0 m3/min. ni tashkil etadi.
PPN-7 yuklash mashinasi tepadan pastga 250 gacha qiyalikdagi lahimlarni burg‘ilash-portlatish usuli bilan o‘tishda tog‘ jinslarini vagonchalarga, konveyerga va skipga yuklashni mexanizatsiyalashtirishga mo‘ljallangan. Mashinani kesim yuzasi 5,2 m2 dan, balandligi 2 m dan kam bo‘lmagan lahimlarni o‘tishda ishlatiladi. Mashina elektruskunalari portlashga xavfsiz ishlanganligi sababli chang va gazga xavfli shaxtalarda ishlatish imkoniyatini beradi. Mashinaning cho‘michli ishchi organi esa turli qattiqlik va tirnovchanlikdagi tog‘ jinslarini yuklash imkonini beradi.
Uzluksiz ishlovchi yuklash mashinalari. Hozirgi vaqtda qidirkv ishlarini olib borishda va foydali qazilmalarni qazib olish uchun tayyorlov lahimlarni o‘tishda yuqori unumdorlikli kon jinsini yon tarafdan tqamrovchi uzluksiz ishlovchi yuklash mashinalari ishlatiladi.
YUklash mashinalarining bunday turlari faqat pog‘onali yuklash imkoniyatiga egadir. Ishchi organi sifatida bir juft qamrovchi panjalar xizmat qiladi. Ular tog‘ jinsini yon tarafdan qamrab-sidirib olib kurakli konveyerga uzatib beradi, kurakli konveyer esa keyingi transport vositasiga uzatib beradi.
Bunday yuklash mashinalarining eng ko‘p tarqalgan turlaridan biri PNB rusumidagisidir. PNB turkumidagi barcha mashinalar (6-rasm) bir xil konstruksiyali bo‘lib, quyidagi asosiy qismlardan tuzilgandir: ikkita qamrovchi panja 1 dan iborat ish bajaruvchi organ, gusenitsali 2 yurish organi, kurakli konveyer ko‘rinishidagi yuklash organi 3, krivoship 4, qabul qilish plitasi 5 va yuritmalar va boshqaruv tizimi.




4-rasm. Uzluksiz ishlovchi qamrovchi panjali yuklash mashinasi

Juft qamrovchi panjalar (7-rasm) – to‘rtzvenoli tekis sharnirlardan iborat. Panja korpusi 4 o‘rtasidan sharnir 3 orqali disk 2 bilan bog‘langan, panja oxiri esa – tayanch sharniri 7 bilan va qisqa (kalta) tebratuvchi richag 6 yordamida – suruvchi (yoki aylantiruvchi) sharnir 5 bilan bog‘langan.


Etaklovchi disk aylanishi bilan panjalar qabul qilish plitasi 1 da murakkab qamrash harakatini bajaradilar. Qamrovchi panjalar uchlari kon jinsi uyumi tag qismiga ta’sir qilib, undan tegishli hajmni ajratib olib plitada sidirib konveyerga uzatib beradi.
PNB-1 yuklash mashinasi gorizontal va 60 gacha qiyalikdagi 3 m2 va undan oshiq kesim yuzali kon lahimlarini o‘tishda ko‘mir va yumshoq kon jinslarini yuklashga mo‘ljallangan. PNB-1 yuklash mashinasi YAsinovotsk mashinasozlik zavodida ishlab chiqarilgan. U ishchi organ iva kurakli konveyerli yuklash organ iva harakatlanish organidan tashkil topgan. Ishchi organi yuritmasi sifatida ikkita 55 kVt quvvatli KOMF41-8 elektrodvigateli ishlatiladi.


5-rasm. Qamrovchi panjali yuklash qurilmasining ishlash sxemasi
4.2-jadval
Uzluksiz ishlovchi yuklash mashinalari texnik tavsiflari

Ko‘rsatgichlari

Turi

2PNB-2

PNB-2K

PNB-3D

PNB-4

Texnik unumdorligi, m3/min

2,0

2,5

4,0

6,0

O‘lchamlari, mm













- eni

1800

1800

2500

2700

- uzunligi

8000

8000

9000

10000

- balandligi

1450/3000

1140/1860

1900/3500

2000/3600

Massasi, t

12

7

18,0

34,0

Dvigatel quvvati, kVt

65

80,2

94,0

168,0

O‘tiladigan lahimning eng kichik yuzasi, m2

6,2

6,5

-

-

Har ikala panja alohida yuritmaga ega. Panjalar yuritmasi reduktorlari bir-birlari bilan val-sinxronizator yordamida birlashgan. Bu Valga biriktirilgan yulduzcha konveyer sidirgichli zanjirini ham harakatlantiradi. Mashina gusenitsalari quvvati 10 kVt li KOMF41-4 elektrodvigateli yordamida reduktor orqali harakatlantiriladi. YUrish qismining gidravlik boshqarilishi mashinaning tekis ishga tushishini ta’minlaydi. Qamrovchi qismini ko‘tarish va tushirish, hamda konveyerni ko‘tarish, tushirish va gorizontal tekislikda burish gidrotsilindrlar yordamida amalga oshiriladi. Elektr uskunalari portlashga xavsiz ishlanganligi sababli gaz va chandan xavfli shaxtalarda ishlatish mumkin.



Download 89.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling