Yer osti yuklash mashinalarining sinflanishi Davriy yuklash mashinalari turlari, tuzilishi va ishlash prinsipi


Download 280.94 Kb.
bet1/2
Sana09.06.2023
Hajmi280.94 Kb.
#1468101
  1   2
Bog'liq
YER OSTI KON MASHINALARI YUKLASH MEXANIZMLARI


YER OSTI KON MASHINALARI YUKLASH MEXANIZMLARI
REJA


  1. Yer osti yuklash mashinalarining sinflanishi

  2. Davriy yuklash mashinalari turlari, tuzilishi va ishlash prinsipi



YUklash mashinalari to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar. Kon-qidiruv lahimlarini o‘tishda tog‘ jinslarini yuklash – qiyin jarayon bo‘lib, umumiy lahim o‘tish davrining 60 % gacha bo‘lgan vaqtini egallaydi. Er osti qidiruv lahimlarini o‘tishda tog‘ jinslarining asosiy hajmi yuklovchi mexanizmlar yordamida olinadi va bir qismigina qo‘l mehnati bilan bajariladi. YUklovchi mexanizmlar sifatitida yuklash mashinalari ishlatiladi.
YUklash mashinalari er osti lahimlarini burg‘ilab-portlatish usuli bilan o‘tishda massivdan ajratilgan tog‘ jinslarini transport vositasiga yuklashni mexanizatsiyalashtirishga mo‘ljallangandir. Har qanday yuklash mashinasi ikkita asosiy funksiyani bajaradi: massivdan portlatish ajratilgan tog‘ jinsini qamrash ya’ni ishchi organini to‘ldirish yoki tog‘ jinsiga botirish; yukni ma’lum balandlikka ko‘tarib transport vositasiga uzatish. Bu jarayonlarni bajarishiga qarab yuklash mashinalarini quyidagi sinflarga ajratish mumkin:
- ish bajaruvchi organi turi bo‘yicha – cho‘michli, taroqsimon, baraban-g‘ildirakli, qamrovchi-panjali (1-rasm, a);
- ish bajaruvchi organining ishlash usuli bo‘yicha - davriy va uzluksiz (1-rasm, b);
- tog‘ jinsini qamrash usuli bo‘yicha – tagidan, yonidan va ustidan qamrovchi (1-rasm, v);
- yukni transport vositasiga uzatish usuli bo‘yicha – to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki pog‘onali yuklovchi (1-rasm, g);
- mashinaning harakatlanish usuli bo‘yicha – g‘ildirak-relьsli, gusenitsali, pnevmog‘ildirakli (1-rasm, d).
Tog‘ jinsini tagidan qamrovchi cho‘michli davriy yuklash mashinalari eng ko‘p tarqalgandir. Bu mashinalarning to‘gridan-to‘gri yuklovchi (2-rasm, a) va pog‘onali yuklovchi (2-rasm, b) turlari farqlanadi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri yuklovchi bu mashinalarning ikki hil modeli bo‘lib, bir-biridan yukni to‘kish usuli bilan farqlanadi. Bularga cho‘mich rukoyati mashina ustidan aylanib o‘tib to‘kuvchi va cho‘michni yon tarafdan ag‘daruvchi mashinalar kiradi.


YUklash mashinalari sinflari YUklash mashinalari konstruktiv


sxemalari.
Oxirgi turdagi mashina tayyorlov lahimlarni o‘tishda tog‘ jinslarini konveyer transportiga yuklashni mexanizatsiyalashtiradi. Pog‘onali yuklovchi cho‘michli yuklash mashinalari mashina konstruksiyasiga kiruvchi uzatuvchi lentali, plastinkali yoki kurakli konveyerlar bilan ta’minlanadi.
Jaxon tajribasida eng ko‘p ishlatiladigan yuklash mashinalari – tog‘ jinsini yon tarafdan qamrovchi uzluksiz ishlovchi mashinalardir (2-rasm, v). Bunday mashinalarning ish bajaruvchi organi – qamrovchi panjali, sidirg‘ichli barlar, riflenыe disklar bo‘lishi mumkin.
YUqorida ko‘rib chiqkan mos ravishdagi konstruktiv tuzilishlardan eng ko‘p ishlatiladigan yuklash mashinalaridan PPN turi ( to‘gridan –to‘g‘ri yuklovchi davriy (PPN-1, PPN-3A, PPN-2G) yoki tagidan qamrovchi pog‘onali yuklovchi ) va PNB turlari (yondan qamrovchi uzluksiz ishlovchi) mavjuddir.
Davriy ishlovchi yuklash mashinalari texnik tavsiflari

Ko‘rsatgichlari

Turi

PPN-1

PPN-3A

PPN-2G

PPN-5

PPN-7

Texnik unumdorligi, m3/min

0,8

1,75

2,0

1,0

0,8

CHo‘michi hajmi, m3

0,2

0,55

0,8

0,25

0,28

O‘lchamlari, mm
















- eni

1250

1500

1800

1370

1400

- uzunligi

2250

3200

-

6100

9450

Maksimal yuklash balandligi, mm

2250

2800

3200

2150

1800

YUklash fronti, m

2,2

3,2

CHegaralan-magan

3,2

4,8

Massasi, t

3,5

6,8

13

8,2

14,4

Dvigatel quvvati, kVt

4

38,3

20

23

40

YUruvchi qismi

g‘ildirak-relьsli

gusenitsali

g‘ildirak relьsli

Iste’mol energiyasi turi

pnevmatik

elektrik

Uzluksiz ishlovchi yuklash mashinalari texnik tavsiflari



Ko‘rsatgichlari

Turi

PNB-1

1PNB-2

2PNB-2

3PNB-2

PNB-3

Texnik unumdorligi, m3/min

1,45

2,0

2,0

2,5

4,0

CHo‘michi hajmi, m3

-

-

-

-

-

O‘lchamlari, mm
















- eni

1100

1600

1800

1800

2000

- uzunligi

6500

7100

8000

-

8500

Maksimal yuklash balandligi, mm

1350

1800

1800

2800

2400

YUklash fronti, m

CHegaralanmagan

Massasi, t

4,7

6

10,5

18

22

Dvigatel quvvati, kVt

21

31

65

100

88

YUruvchi qismi

gusenitsali

Iste’mol energiyasi turi

elektrik

To‘g‘ridan-to‘gri yuklovchi yuklash mashinalarining quyidagi xilari bor: PPN-1s, PPN-3A, PPN-2G. Kon-qidiruv lahimlarini o‘tishda cho‘michni mashina ustidan oshirib to‘kuvchi rukoyatli mashinalar eng ko‘p tarqalgandir. Bu turdagi mashina PPN-1s gorizontal laximlarni o‘tishda portlatib massivdan ajratilgan yirikligi 350 mm gacha bo‘lgan tog‘ jinslarini vagonchaga yoki boshqa transport vositasiga yuklashga xizmat qiladi. Bu mashinaning konstruksiyasi Darasunsk zavodida ishlab chiqilgan. CHo‘michli yuklash mashinalarining barchasi bir xil tuzilishga egadir, lekin ba’zi bir uzellarining bir-biri bilan bog‘laniida farq qilishi mumkin. PPN-1s mashinasi (3-rasm) cho‘mich 1, yurish qismi dvigateli 5, buriluvchi platforma 3, yurish qismi 4, ko‘tarish mexanizmi 6, boshqaruv pulьti rukoyati 2, cho‘michni orqaga qaytarish mexanizmi 7 dan tashkil topgan.


PPN-1s yuklash mashinasi.


Harakatlanish (yurish qismi) mexanizmi cho‘yan qoplamali reduktor, pnevmatik dvigatelь va ikkita o‘qli g‘ildirak juftlaridan tashkil topgan. YUrish qismi – sharik tayanchli asos vazifasini bajarib, uning ustiga yuqorigi buriluvchi platforma o‘tnatiladi. Asos markaziga shkvorenь o‘rnatilgan bo‘lib, bu yurish qismi bilan platformani birlashtirib turadi. Oldingi qismiga boltlar yordamida rolikli kronshteyn qotirilgan bo‘lib cho‘mich buriluvchi qismini avtomatik tarzda o‘rta holatga qaytaradi.
Reduktor korpusiga 8,8 kVt quvvatli pnevmatik dvigatel ulangan. Mashina chap qismida mashinist turib ishlashi uchun taglik, o‘ng qismida esa mashinani lahimlar bo‘ylab olib yurishda yurish qismini pnevmomotordan uzib qo‘yuvchi moslamalar joylashgan. YUrish qismi korpusi oldingi qismida cho‘mich uchun tayanch buferi, orqa qismida esa vagonchani mashinaga ulovchi ulash moslamasi joylashgan.

Download 280.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling