Yer osti yuklash mashinalarining sinflanishi Davriy yuklash mashinalari turlari, tuzilishi va ishlash prinsipi


Download 280.94 Kb.
bet2/2
Sana09.06.2023
Hajmi280.94 Kb.
#1468101
1   2
Bog'liq
YER OSTI KON MASHINALARI YUKLASH MEXANIZMLARI

YUklash organi (4-rasm.) buriluvchi platmorma 6 ga o‘rnatilgan bo‘lib, kulisa 2 li (rukoyat) cho‘mich 1 va to‘rta muvozonatlashtiruvchi tross 3 va 3lardan tashkil topgan. CHo‘mich po‘lat listlardan payvandlangan konstruksiyalidir. CHo‘michning old qismiga tog‘ jinsiga engil kirishi uchun uchqur tishlar o‘rnatilgan. CHo‘michning yuqorigi qismi tekis tarnov shaklida bo‘lib, yuk tushirish vaqtida tog‘ jinslari shu erdan sirpanib tushadi. CHo‘mich yuqoriga ko‘taruvchi profilda ishlangan ikkita kulisaga biriktirilgan. Kulisalar bir-birlari bilan travers 4 bilan bog‘langan bo‘lib, bunga ko‘taruvchi mexanizm plastinkali tortuvchi zanjiri 5 maxkamlangan.

YUklovchi organ va cho‘michni ko‘tarish mexanizmi.


Davriy ishlovchi pog‘onali yuklash mashinalari (5-rasm) ikki yo‘lli lahimlarni o‘tishda yirik o‘lchamli, og‘ir va abraziv tog‘ jinslarini yuklash uchun ishlatiladi.


Mashina og‘ir rama 1, ikkita yurituvchi yarimskat 2 li yurish organi, strelaga o‘rnatilgan cho‘mich 3 va yuk qabul qiuvchi-yuklovchi konveyeridan tashkil topgan. Mashinaning harakatlanishi, cho‘michning ko‘tarilishi va konveyerning ishlashi reduktor 5 va dvigatelь 6 dan iborat bitta yuritma orqali bajariladi. Reduktor cho‘michni ko‘tarish mexanizmi va mashina harakati yo‘nalishini ta’minlovchi planetar uzatgich tizimli qurilmaga ega. Boshqarish dastaklari 4 mashina ikki yon tarafida joylashgan. Konveyerning yuk tushirish balandligi domkrat 8 orqali o‘zgartirilishi mumkin.

CHo‘michli pog‘onali yuklash mashinasi


CHo‘mich va strela yuklash frontini oshirish uchun ikki yon tarafga burilish imkonini beruvchi ikkita zanjir yordamida ko‘tariladi. O‘rtadagi zanjir cho‘michning pastga tushishini chegaralashga va cho‘mich tushishidagi zarbni yumshatishga xizmat qiladi. YUklash boshlanishidan oldin cho‘mich strela bilan birgalikda pastga tushadi va mashina oldinga harakatlanadi. CHo‘mich tog‘ jinsiga to‘lgach ko‘taruvchi mexanizmning ikkita barabani birga ishlaydi va o‘ziga zanjirlarni o‘ray boshlaydi. Bu vaqtda birinchi navbatda cho‘mich strela uchida gorizontal o‘qi atrofida buriladi, undan keyin esa strela bilan birgalikda yuqoriga ko‘tariladi va cho‘mich lentali konveyerga yukni tushiradi. Mashina ko‘tarilgan cho‘mich bilan zaboydan orqaga suriladi, strela va cho‘mich pastki holatga tushiriladi va keyingi qamrashni boshlash uchun mashina zaboyga tomon harakatlanadi. O‘tilayotgan lahim yonlaridagi tog‘ jinslarini yuklash uchun dastlab ko‘tarish barabanlarining bittasi ishga tushiriladi va yuklash organi o‘nga yoki chapga tomon buriladi.
Mashinada samarali chang bostirish uchun oltita forsunka ishlatigan. CHang bostirish tizimidagi umumiy suv sarfi 4*105 Pa bosimda 50 l/min ni tashkil etadi. PPM-4p yuklash mashinasini ishlatish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, 10,5 m2 yuzali shtreklarni f=4-8 qattiqlikdagi jinslardan o‘tishda yillik iqtisodiy samara shu turkumdagi boshqa mashinalarga nisbatan 20-25 % kattaligi aniqlangan.
PPN-5p yuklash mashinasi kesim yuzasi 5,2 m2 dan kam bo‘lmagan gorizontal lahimlarni burg‘ilash-portlatish usuli bilan o‘tishda tog‘ jinslarini vagonchalarga yoki konveyerga yuklashni mexanizatsiyalashtirish uchun xizmat qiladi. Mashina pnevmatik yuritma bilan ishlab chiqarilgan. Texnik unumdorligi 1,0 m3/min. ni tashkil etadi.
PPN-7 yuklash mashinasi tepadan pastga 250 gacha qiyalikdagi lahimlarni burg‘ilash-portlatish usuli bilan o‘tishda tog‘ jinslarini vagonchalarga, konveyerga va skipga yuklashni mexanizatsiyalashtirishga mo‘ljallangan. Mashinani kesim yuzasi 5,2 m2 dan, balandligi 2 m dan kam bo‘lmagan lahimlarni o‘tishda ishlatiladi. Mashina elektruskunalari portlashga xavfsiz ishlanganligi sababli chang va gazga xavfli shaxtalarda ishlatish imkoniyatini beradi. Mashinaning cho‘michli ishchi organi esa turli qattiqlik va tirnovchanlikdagi tog‘ jinslarini yuklash imkonini beradi.
Uzluksiz ishlovchi yuklash mashinalari. Hozirgi vaqtda qidirkv ishlarini olib borishda va foydali qazilmalarni qazib olish uchun tayyorlov lahimlarni o‘tishda yuqori unumdorlikli kon jinsini yon tarafdan tqamrovchi uzluksiz ishlovchi yuklash mashinalari ishlatiladi.
YUklash mashinalarining bunday turlari faqat pog‘onali yuklash imkoniyatiga egadir. Ishchi organi sifatida bir juft qamrovchi panjalar xizmat qiladi. Ular tog‘ jinsini yon tarafdan qamrab-sidirib olib kurakli konveyerga uzatib beradi, kurakli konveyer esa keyingi transport vositasiga uzatib beradi.
Bunday yuklash mashinalarining eng ko‘p tarqalgan turlaridan biri PNB rusumidagisidir. PNB turkumidagi barcha mashinalar (6-rasm) bir xil konstruksiyali bo‘lib, quyidagi asosiy qismlardan tuzilgandir: ikkita qamrovchi panja 1 dan iborat ish bajaruvchi organ, gusenitsali 2 yurish organi, kurakli konveyer ko‘rinishidagi yuklash organi 3, krivoship 4, qabul qilish plitasi 5 va yuritmalar va boshqaruv tizimi.

Foydalanilgan adabiyotlar


1. Подерни Р.Ю. Механические оборудование каръеров. Учебник для ВУЗов по направлению «Горное дело», специальности «Горные машины и оборудование». 6 издание М.: Издательство МГГУ, 2007.


2. Солод В.И. и др. Горные машины и автоматизированные комплексы. -М.: Недра, 1981.
3. Яцких В.Г и др. Горные машины и комплексы. - М.: Недра, 1984
Download 280.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling