Mavzu № Ortopedik stomatologiya amaliyotida qo’llaniladigan tibbiy asbob – uskunalar. Stomatologik qurilmalarning turlari (SQ). Stomatologik qurilmalarni ishga tayyorlash. Vrach yordamchisi bilan ―to’rt qo’llab‖ ishlashdagi asosiy


Download 17.19 Kb.
bet1/5
Sana08.11.2023
Hajmi17.19 Kb.
#1754391
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Ortopedik stomatologiya amaliyotida qo’llaniladigan tibbiy asbob-hozir.org


Ortopedik stomatologiya amaliyotida qo’llaniladigan tibbiy asbob – uskunalar. Stomatologik qurilmalarning turlari (SQ). Stomatologik qurilmalarni ishga tayyorlash. Vrach yordamchisi bilan ―to’rt qo’llab‖ ishlashdagi asosiy tushunchalar




Mavzu № 2.

Ortopedik stomatologiya amaliyotida qo’llaniladigan tibbiy asbob – uskunalar. 
Stomatologik qurilmalarning turlari (SQ). Stomatologik qurilmalarni ishga 
tayyorlash. Vrach yordamchisi bilan ―to’rt qo’llab‖ ishlashdagi asosiy 
tushunchalar. Turbinali qo’l tutqichlar, mikromatorlar, havo-suv sovutish 
sistemasi, so’lak suruvchi, chang yutuvchi va boshqa moslamalar bilan ishlash 
xususiyatlari. Birlamchi bemorlarning ko’rigida va boshqa davolash bosqichlarida 
qo’llaniladigan asboblar to’plami. Texnika xavfsizligi. 
Ortopediya
so’zi ikkita grekcha so’z o’zagidan iborat bo’lib, orthos — to’g’ri va
paideuo — tarbiyalamoq yaratmoq degan ma’nolarni anglatadi.Ilgarilari ortopediya
deganda tibbiyotning bolalarning odatdan tashqari qiyshiq o’sadigan oyoq-qo’llari va
umurtqalarini davolash bilan shug’ullanuvchi bo’limi tushunilar edi. Ortopedik
stomatologiya umumiy ortopediyaning bir bo’limi bo’lib, stomatologiyaning esa ancha
keng, murakkab va mustaqil qismidir.
Ortopedik stomatologiya hozirgi davrda mustaqil ilmiy ozuqa sifatida shakllangan 
bo’lib, unda qilinadigan amaliy ishlar quyidagilardan iborat:
1.
Ma’lum bir sabablar bilan tushib ketgan yoki jarohatlangan tishlar o’rniga
sun’iy tishlar yasab, ularning o’rni to’ldiriladi.
2.
Ortodontiya — tish va jag’larning qiyshayish sabablari (etiologiyasi)ni
o’rganadi hamda ularni davolash choralarini ko’radi.
3.
Jag’ va yuz ortopediyasi — jag’lar va yuzlarning jarohatlanishi, kasalliklar
va turli operatsiyalar tufayli sodir bo’lgan deformatsiyalarni to’g’rilash bilan
shug’ullanadi.
Quyiladigan har bir protezni va apparatlarni tayyorlash klinika hamda laboratoriya bilan
uzviy ravishda bog’langanligi bajariladigan ishni ancha murakkablashtiradi.Ortopedik
stomatologiya bo’limi zarur xil protez hamda apparatlarni tayyorlash uchun lozim
bo’lgan maxsus asbob uskunalar, xom ashyolar bilan jihozlangan va sanitariya talablariga
javob beradigan bo’lmog’i lozim. Shuning uchun ham ortopedik stomatologiya
bo’limining klinika va laboratoriyalari maxsus o’ziga xos qurilgan (tipovoy) binolarda
yoki iloji bo’lmagan taqdirda ortopedik stomatologiyaga moslashgan, sanitariya
talablariga javob beradigan binolarga joylashgan bo’lishi kerak. Agar boshqa iloji
bo’lmay, imoratlar tagidagi podvallardan foydalaniladigan bo’lsa, u holda bunday
xonalar(podvallar) tabiy yorug’lik bilan yoritiladigan, derazali, havo almashtiradigan
moslamalari bor hamda sanitariya talablariga javob beradigan bo’lishi shart. Ortopedik
stomatologiya kabinetlarining kengligi — bir kursili kabinet uchun 14 m
2
, uni yoniga
yana qo’shimcha kursilar qo’yiladigan bo’lsa, har bir quyiladigan kursi uchun yana
qo’shimcha 7 m
2
joy bo’lmog’i lozim. Kabinetning balandligi 3 m dan, uzunligi 6
metrdan kam bo’lmasligi kerak. Kabinetning devorlari tekis, oq rangli buyoqlar bilan
bo’yalgan, pollarida sira teshik va yoriq bo’lmasligi yoki linolium tushalgan bo’lishi
kerak. Eshik va derazalari ham yaxshi artib tozalashga moslangan oq rangdagi buyoqlar
bilan bo’yalgan bulishi, laboratoriya yordamchi xonalarining poli sopol tosh taxtachalar
(plitalar) bilan jihozlangan bo’lmog’i lozim. Ortopedik kabinetda 3 tadan ortiq kreslo
joylashmasligi lozim va ularni bir-birlaridan 1,5 m balandlikdagi to’siqlar bilan ajratib
qo’yish kerak. Kasallar o’tiradigan tish vrachi kursisi (zubovrachebnoye kreslo, (1-rasm)
derazaga yaqin qo’yilgan bo’lishi kerak. Kursining old tarafida orqa tishlarni yaxshiroq
ko’rish uchun hohlagan tarafga to’g’rilasa bo’ladigan elektr yoritgich ham zarur. Bu



yoritgichdan tashqari, tish protezi bo’limini katta kuchlanishli lampochkalar bilan


ta’minlash kerak.
A B



Download 17.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling