Mavzu № Ortopedik stomatologiya amaliyotida qo’llaniladigan tibbiy asbob – uskunalar. Stomatologik qurilmalarning turlari (SQ). Stomatologik qurilmalarni ishga tayyorlash. Vrach yordamchisi bilan ―to’rt qo’llab‖ ishlashdagi asosiy


– rasm . a – M.Miryoqubov tavsiya qilgan qoplama chiqargich; b — prujinali qoplama


Download 17.19 Kb.
bet3/5
Sana08.11.2023
Hajmi17.19 Kb.
#1754391
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ortopedik stomatologiya amaliyotida qo’llaniladigan tibbiy asbob-hozir.org

4 – rasm
.
a – M.Miryoqubov tavsiya qilgan qoplama chiqargich; b — prujinali qoplama 
chiqargich; v — tabiiy tishlarga tsementlab qo’yilgan qoplamani kesib olish uchun ishlatiladigan 
ombur; g — rezina puflagich (puster); d — krampon; 
e — qush tumshug’isimon ombur.
Tish protezi bo’limining burchakrog’ida sterilizatsiyalangan asboblar turadigan stol
bo’lib, uning ustida har xil katta-kichiklikdagi qolip oladigan standart (bir taxlitdagi)
qoshiqlar,

prikus yostig’ini tekislashda, gips bilan olinadigan qolipni kesishda


ishlatiladigan skalpellar, zond, ekskavator, tish vrachi pintseti, tsement qoradigan shpatel
,
tish vrachi pintseti, tsement qoradigan shpatel va oyna, kerakli asboblarni olish uchun
qisqich, lotok hamda boshqa kerakli asboblar turadi.
Ularning usti steril gazlama bilan 

yopilgan bo’ladi. Tish vrachi oynasi spirt solingan stakan ichida turadi.



5-rasm. Qolip olinadigan qoshiqlar. a — tabiiy tishlari bor yuqori jag’da b — pastki jag’lar 
uchun qoshiqlar; v — birorta ham tabiiy tishlari yo’q yuqori jag’da g —pastki jag’lar uchun 
qoshiqlar. 

6 - rasm. Tishlarni va milklarni tekshirishda qullaniladigan asboblar:
a — skalpel; b — tish vrachi oynasi; v — zond; g — pintset. 



Shu stolning yonida sterilizator ham bo’lishi kerak (agarda markaziy sterilizatsion xona


bo’lmasa). Kabinetning ikkinchi tomonida qul yuvish uchun umivalnik turadi. SHu
tarafda kichikroq stol bo’lib, uning ustiga usti yopiq idishda gips, kolbada yoki boshqa
idishda
3% 
li tuz eritmasi, gips qorish uchun rezina piyola va shpatel qo’yiladi (9-rasm).
Bu stolning bir burchagi teshilgan bo’lib, uning tagida ortiqcha, keraksiz gipslarni
tashlash uchun ishlatiladigan idish bo’lishi kerak. SHu stol yonida oyog’i qattiqroq
tumbochka turishi lozim. Tumbochkada spirtli idish (lampasi), sandon (nakovalnaya) va
bolta turadi. Yasalgan qoplamalarni bir oz kengaytirish yoki chetlarini egish kerak bo’lsa,
u sandon ustiga quyilib bolg’acha bilan to’g’rilanadi.

Bulardan tashqari mumdan


yasalgan maxsus qoshuqlar yoz paytida, laboratoriyaga yuborgunga qadar shakli o’zgarib
qolmasligi uchun uni qo’yadigan sovutgich va yozuv stoli ham bo’lishi lozim. Tish
protezi bo’limining ko’rinishi va undagi asbob-uskunalar qisqacha shulardan iboratdir.
Ortopedik stomatologiya yordamiga muhtoj bo’lgan kasal oldin registraturada ruyxatdan
o’tib, kasallik tarixining (varaqasining) pasport qismi to’ldirilgan holda protez kabinetiga
kiradi. Kasal qabul qiluvchi talaba yoki vrach toza kiyingan, dazmol bosilgan ozoda
qalpoq va xalatda bo’lishi, qizlarning esa sochlari yaxshi taralgan, o’zlarining tishlari
yaxshi tozalangan, tirnoqlari bo’yalmagan va kalta qilib qirqilgan bo’lishi kerak. Vrach
shunday ko’rinishda bo’lsa, kelgan kasalning unga bo’lgan fikri, ishonchi birinchi
ko’rishdayoq oshadi. Bunday ozodalik talabaning (vrachning) o’z tabiatini ham ravshan
qiladi.


Download 17.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling