Dazmol kiyimlar g’ijimini tekislash uchun ishlatiluvchi maishiy buyumdir. Bunday tekislash jarayoni dazmollash deyiladi. Dazmollashdan avval dazmol qizdiriladi. Dazmol


Download 48.16 Kb.
Sana08.02.2023
Hajmi48.16 Kb.
#1177897
Bog'liq
Dazmol


Dazmol kiyimlar g’ijimini tekislash uchun ishlatiluvchi maishiy buyumdir. Bunday tekislash jarayoni dazmollash deyiladi. Dazmollashdan avval dazmol qizdiriladi.
Dazmol — gazlama, kiyim-kechak, ko’nchilik mahsulotlari va b.ga issiqlik ishlovi berish (qizdirib silliqlash) uchun mo’ljallangan asbob. Uy-ro’zg’orda, maishiy xizmat korxonalarida, tikuvchilik f-kalarida, ko’n zavodlarida ishlatiladi. Ro’zg’orda ishlatiladigan D.ning kumir yoki o’tin chugida qizdiriladigan, plita ustiga quyib qizdiriladigan va elektr xillari bor. Hozir, asosan, elektr D. ishlatiladi. U metall asos, qopqoq, qizdirish elementi (spiral) va shnurdan iborat. Ba’zi elektr D.lar issiqlik darajasini uzgartiradigan (termorostlagichli) (mas, 700 Vt — 1000 Vt li) qilib ishlab chiqariladi. Ba’zi D.larda dazmollanadigan joyni ho’llab turadigan suv "kosacha" bo’ladi. Tikuvchilik f-kalari, maishiy korxonalarda maxsus(og’irroq va quvvatliroq) D.lar va dazmollash presslari ishlatiladi. Ko’nchilikda ishlatiladigan D. 90—100° gacha qizdiriladigan plita va unga terini qisadigan rolikdan iborat.
D. qadimdan ma’lum. 11-a.da O’rta Osiyoda D. andavaga uxshash temir asbob bulib, uni o’tda qizdirib, kiyimning chok va bahyalarini bostirganlar, sirtini silliqlaganlar. Keyinchalik, olov D. paydo bo’lgan. U paytlarda D.ni utuk (otuk) deb atashgan (M. Koshgariy "Turkiy suzlar devoni", T., 1960). Hozir ham Xorazm, Samarqand viloyatlarida xalq D.ni utuk deb yuritadi.

Dazmollashda mato tolalarini tashkil etuvchi polimer molekulalarining bog’lari kuchsizlanishi xossasidan foydalaniladi. Kengaygan mato dazmol vazni ostida kerakli (ushbu holda yassi) shaklga kelib, sovutilganda shu shaklni saqlab qoladi. Ba’zi mato (masalan, paxta) polimer bog’larini zaiflashtirish uchun suv kerak bo’ladi. Ayrim matolar (masalan, neylon) esa dazmollashni deyarli yoki umuman talab qilmaydi.


Tarixi

Komir issig’i bilan ishlaydigan dazmol.
O’tmishda ishlatilgan dazmollar choyan yoki boshqa zich metallardan tayyorlanib, alangatoshkomir yordamida qizdirilar edi. Ilk dazmol qayerda va qachon ixtiro qilingani noma’lum; lekin ayrim manbalarga ko’ra qadimgi Xitoyda cho’g’ to’ldirilgan yassi tovoq bilan mato tekislashni bilishar edi. Zamonaviy dazmollarga o’xshaydigan dastali qurilmalar esa XVII asr o’rtalarida paydo bo’ldi. Avvalboshda tancha, ko’mir issig’i bilan qizdirilgan bunday dazmollar keyinchalik tabiiy gaz,kerosinspirt kabi suyuq yoqilg’ilar energiyasidan isitiladigan bo’ldi.
Dazmolni qizitish uchun elektr energiyasidan foydalanish fikri 1880-yillar boshlarida paydo bo’ldi. Ilk elektr dazmol 1882-yili Henry W. Seely ismli New Yorklik ixtirochi nomiga patentlandi. Elektr dazmol o’tkazuvchi unsurning qarshilik natijasida ajraladigan issiqlik hisobiga qiziydi (ba’zi elektr dazmol modellarida isitish manbai sifatida elektr yoyidan foydalanilar edi; biroq bu juda xavfli bo’lgani uchun bunday dazmollar keng tarqalmadi). Haroratini termostat bilan sozlash mumkin bo’lgan dazmollar 1920-yillar oxirida paydo bo’ldi. Sal o’tib bug’ chiqaruvchi dazmol ixtiro qilindi.

Suresh Joachim 55 soat 5 daqiqa davomida beto’xtov dazmol qilib, jahon rekordi o’rnatdi (2005-yil sentabri).
Dazmol taxtasi
Dazmollash uchun tayanch taxtalari dazmollash jarayoni bilan bir vaqtda paydo bo’lgan bo’lishi mumkin (biroq, ba’zi qadimgi dazmollash usullari bunday taxtadan foydalanishni taqozo etmay, tekislanayotgan matoni bir necha kishi tortib, ushlab turishar edi). Maxsus dazmol taxtalari XIX asrda patentlana boshlandi. Shunday patentlardan biri 1858-yilning 16-fevralida W. Vandenburg va J. Harvey tomonidan olindi.
Download 48.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling