Mavzu: Tikuvchilik ustaxonasi


Download 478.95 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi478.95 Kb.
#1011028
Bog'liq
tikuvchilik xonasi pptx

Mavzu: Tikuvchilik ustaxonasi

Texnologiya darsi amaliy mashg‘ulotlar bilan chambarchas bo‘lgani sababli, tikuvchilik xonasi ham alohida bo‘lishi kerak. Tikuvchilik xonasida bichish, tikish, pardozlash ishlarini amalga oshirish bilan birga buyumni kiyib ko‘rish uchun ham sharoit yaratiladi.

Xona keng, yorug‘, kamida 15 nafar qiz bola uchun mo‘ljallanadi. Bundan tashqari, tikuvchilik materiallarini saqlash uchun javon kerak bo‘ladi. Devorga texnika xavfsizligi, sanitariya-gigiyena qoidalari, tikish va bichishga taalluqli ko‘rgazmali vositalar osiladi, maniken qo‘yiladi.

Tikuvchilik xonasida tikuv mashinalarining barcha turi yaroqli holatda bo‘lishi kerak. Bichish stoli, dazmollash stoli, dazmol, tikish va bichish uchun kerakli asbob-moslamalar bo‘ladi.

Tikuvchilik xonasiga kirgan o‘quvchidan quyidagi texnika xavfsizligi va sanitariyagigiyena qoidalariga amal qilish talab etiladi:

1. Tikuvchilik xonasi doimo toza va yorug‘ bo‘lishi kerak. Xonaning harorati 19–20 °C bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. 2. Tikuvchilik xonasiga kirganda sochlar yig‘ilgan, maxsus fartuk tutilgan va ro‘mol o‘ralgan bo‘lishi lozim. 3. Ishni o‘qituvchining ruxsatisiz boshlamang. 4. Ish jarayonida igna-to‘g‘nag‘ichlar maxsus yostiqchaga qadalgan bo‘lishi kerak. 5. Igna-to‘g‘nag‘ichlarni og‘izga solish, kiyimga qadash mumkin emas. 6. Qaychini halqa tomoni bilan ikkinchi kishiga uzating.

7. Qaychini ish stoliga joylashtirganda o‘tkir qismi yopilgan holda o‘ng tomoningizda bo‘lsin. 8. Tikuv mashinasiga yorug‘lik chap tomondan yoki to‘g‘ridan tushib turishi kerak. 9. Tikuv mashinasi bilan tikuvchi oralig‘i 10–15 cm bo‘lishi kerak. 10. Tikuv mashinasining yaroqliligini tekshirib, vaqtida moylab turish kerak. 11. Ish jarayonida mashinani moylash mumkin emas. 12. Ish jarayonini yakunlaganingizdan so‘ng barcha jihozlarni ko‘zdan kechirib, tartibga soling. Dazmolni o‘chirishni esdan chiqarmang.

E’tiboringiz uchun tashakkur!


Download 478.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling