1-M. Psixologiya mustaqil fan sifatida P
Download 66.75 Kb.
|
1-Maruza SBT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Psixologiya tarmoqlarini tasnif qilish uchun quyidagi psixologik jihatlar asos qilib olinadi
Birinchi davrga - psixologiyaning falsafa tarkibida rivojlanishi. Bu davr er.avvalgi VI asrdan 19-asrning 60 yillarigacha bo’lgan vaqtni o’z ichiga oladi. Bu davr 4 bosqichni o’zida aks ettiradi.
1-bosqich: Eramizdan avvalgi VI asrdan bizning eramizning V asrgacha bo’lgan davr, bu davrda psixika haqidagi fikrlarning paydo bo’lishi va ularning ma’lum nuqtai nazardan rivojlanish davrini o’z ichiga oladi. Bu fikrlar va nuqtai nazarlar, bu bosqichda asosan materializm va idealizm nuqtai nazardan hal qilingan. Bu davrga antik filosofiya vakillri eramizdan avvalgi VI asrdan I asrgacha bo’lgan va antik vrachlarning olib borgan izlanishlari va ularning nuqtai nazarlari kiradi. 2-bosqich: eramizdan avvalgi VIII asrdan V asrgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrdan jon haqidagi ta’limotning filosofiyada rivojlanishi va tibbiyot fanlarining yutuqlari bilan musahkamlanishi, buning natijasida Tomik psixologiya vujudga keldi va daslabki metodologik asosni shakllanishi uchun uchun dunyoqarashlarning vujudga kelishidir. 3-bosqich: XIV asrdan XVI asrgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Uyg’onish davri, anatomo-fiziologik tadqiqotlarning vujudga kelishi, fan yutuqlari yordamida psixologiya ta’limotining rivojlanishi, xuddi mana shu davrda jon ta’limoti tushunchasi o’rniga psixologiya termini vujudga kelishi. 4-bosqich: XVII asrdan XIX asrning 60-yilarigacha, Ong haqidagi ta’limotning vujudga kelishi va psixologiyaning nazariy asoslarining shakllanishi, psixologiya daslabki maktablarning vujudga kelishi. Psixologiya tarmoqlarini tasnif qilish uchun quyidagi psixologik jihatlar asos qilib olinadi: 1. Konkret faoliyat; 2. Rivojlanish; 3. Odamning jamiyatga, o’zi yashayotgan muhitga munosabatlari. Hozirgi zamon psixologiyasi tarmoqlarini uch guruhga ajratish mumkin: 1. Psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlarini o’rganuvchi psixologiya sohalari-umumiy psixologiya, zoopsixologiya. 2. Kishilarga ta’sir etish, ularga ta’lim va tarbiya berish, psixik rivojlanishni boshqarish, ya’ni psixik taraqqiyot sharoitlarini o’rganadigan soha psixologiyasi (yosh psixologiyasi, pedagogik psixologiya). 3. Har turli faoliyat sohalaridagi kishilar psixikasini o’rganuvchi psixologiya-mehnat psixologiyasi, muxandislik psixologiyasi, sport psixologiyasi, yuridik psixologiya, savdo psixologiyasi, tibbiyot psixologiyasi, san’at psixologiyasi va h. Bu tarmoqlar ichida yana bir qancha tarmoqlar ham mavjudki, bular tegishli soha odamlari uchungina zarurdir. Masalan, yosh psixologiyasi o’z navbatida maktabgacha tarbiya psixologiyasi, kichik maktab yoshi psixologiyasi, o’smirlik psixologiyasi, o’spirinlik psixologiyasi, oliy maktab psixologiyasi, qarilik davri psixologiyasi-gerontoliya singari tarmoqlarga ajralishi mumkin. Hozirgi zamon psixologiya fani ko’p tarmoqli fanlar sohasi bo’lib o’z ichiga 40 dan ortiq nisbatan mustaqil tarmoqni oladi. Umumiy va ijtimoiy psixologiya boshqa psixologik fanlar uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Download 66.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling