1. Madaniyat va menejment


Menejmentda kullaniladigan uslublar


Download 104.59 Kb.
bet4/4
Sana13.04.2023
Hajmi104.59 Kb.
#1351712
1   2   3   4
Bog'liq
1 3 ma`ruza Rahbarlik uslublari

4. Menejmentda kullaniladigan uslublar.
Menejmentda uchta asosiy uslub ajratib ko`rsatiladi: avtoritar (yoki buyruk, avtokrat); demokratik (yoki kollegial), liberal.
Menejmentning avtoritar uslubida xodimlar faqat ularga buyurilgan vazifani bajarishlari lozim, bunda ular fakat eng kam zarur axborotga ega bo`lishlari kerak. Raxbarlikning avtoritar usuli armiya va flotda qo`llaniladi. U rasmiy tizim, nizomda kursatilgan xarbiylar xukuk va burchlariga tayanadi. Avtoritar uslubning afzal tomoni bo`ysunuvchilarga ta`sir etishning markazlashgan bulishidir. SHu sababli, avtoritar uslubda ta`sirlar tezkor va maqbul uslubda ta`sirlar tezkor va maqbul bo`lishga oson erishiladi. Lekin bu uslub xodimlar tashabbuskorligini raғbatlantirmaydi. Raxbar o`z xodimlari mexnati samaradorligini oshirishda kiyinchilikka duch keladi. Bunday raxbarning eng katta kamchiligi - tashabbusni bo`ғish, qo`l ostidagilar ijodiy kuchlaridan foydalanmasligi, ish bir tartibda bajarilishidir.
Raxbarlik qilishning demokratik uslubi qarorlar qabul qilish va echishda jamoa a`zolarini keng jalb etish bilan ajralib turadi. Bunda muxokama qilishning muvofiklashtirish va nazorat qilishning jamoa shakllaridan ko`prok foydalaniladi, raxbar o`z vakolatiningbir kismini kul ostidagilarga topshiradi. Raxbarlik qilishning demokratik uslubida xodimlar o`z ishi istikboli xakida tushunchaga ega bulish uchun etarli axborot oladilar. Demokratik uslubning afzalligi - xodimlar tashabbuskorligi va o`z ishidan mamnun bulishi uchun kulay sharoit yaratilishidir.
Raxbarlikning liberal uslubi raxbarning jamoa faoliyatiga minimal aralashuvi bilan xarakterlanadi. Raxbar bunday xolda mexnat jamoalariurtasida vositachi vazifasini bajaradi, xodimlarni ish uchun zarur axborot bilan ta`minlaydi. Liberal uslub maksad anik va xodimlar ishi individual xususiyatga ega bo`lgan xoldagina kullanilishi mumkin. Bunday sharoitda xodimlar o`z faoliyatini rejalashtiradilar va tashkil etadilar, raxbarga esa fakat zarur xollardagina murojaat kiladilar. Liberal uslub ko`prok ilmiy-tadkikot ishlariga raxbarlik qilishda kullaniladi, chunki bu xolda ijodiy faollik va mustakillik talab etiladi. Ishlab chiqarish sharoitida liberal uslubni kullab bulmaydi.
Amalda aniq bir uslub sof holda qo`llanilmaydi ko`p hollarda bir qancha uslublar kombinatsiyasidan foydalaniladi. Faol raxbar ongli ravishda u yoki bu uslubning ijobiy tomonlaridan foydalanishga, salbiy tomonlarini bartaraf etishga harakat qiladi.
Lekin barcha uslublar bir xil kuchga ega deb hisoblash noto`ғri bo`ladi. Doimo rahbarlik qilishning demokratik usuli afzal ko`riladi. Xuddi mana shu uslub istiqbolga ega, uni rivojlantirish va takomillashtirish zarur.
Download 104.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling