O’zbekona tarbiyaning mazmuni


Download 3.44 Mb.
Sana23.11.2023
Hajmi3.44 Mb.
#1796111
Bog'liq
O’zbekona tarbiyaning mazmuni

O’zbekona tarbiyaning mazmuni

Mirodilova Dilshoda 302 PP

REJA:

R

1. O’zbekona tarbiyaning mazmuni va mohiyati.

2. O’zbekona odatlar.

O’zbekona tarbiyaning mazmuni va mohiyati.

Alisher Navoiy bolaning voyaga yetishida, kamol topishida tarbiyaning kuchi va qudratiga alohida e’tibor beradi. Tarbiya natijasida bolaning foydali va yetuk kishi bo’lib o’sishiga ishonadi. Yosh bolaning juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq zarur. Tarbiya insonga o’zida yaxshi odat va fazilatlar xosil qilishga yordam beradi. U odam shaxsi kishilar bilan munosabatda, ayniqsa kishilarning bir – birlariga bo’lgan ruxiy ma’naviy ta’sirlari natijasida tarkib topadi deb voyaga yetkazishda asosiy omillardan biri tarbiya ekanligi o’qtiradi.

Mana shunday holatlarni ko‘rganda, eshitganda beixtiyor sharqona tarbiya uslubining qanchalik mukammal, hayotiy va sof insoniy fazilatlarga yo‘g‘rilganiga yana bir marotaba amin bo‘laman. Chunki Sharqning aksar xalqlari, xususan, biz o‘zbeklarda bolalar kichikligidanoq kattalarni hurmat qilish, ularning gapiga quloq tutish, gap qaytarmaslik, har bir ishda kattalar bilan maslahatlashib ish ko‘rish ruhida tarbiya topadi.

Mana shunday holatlarni ko‘rganda, eshitganda beixtiyor sharqona tarbiya uslubining qanchalik mukammal, hayotiy va sof insoniy fazilatlarga yo‘g‘rilganiga yana bir marotaba amin bo‘laman. Chunki Sharqning aksar xalqlari, xususan, biz o‘zbeklarda bolalar kichikligidanoq kattalarni hurmat qilish, ularning gapiga quloq tutish, gap qaytarmaslik, har bir ishda kattalar bilan maslahatlashib ish ko‘rish ruhida tarbiya topadi.

Ota-ona chaqirganda har qanday ishni tashlab, “labbay” deb borish, topshirgan yumushlarini og‘rinmay bajarish, keksayib, yordamga muhtoj bo‘lganida mehr-oqibat, g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, hatto davrada ulardan yuqoriga chiqmaslik, beruxsat so‘zlamaslik, ko‘chada oldilariga tushib yurmaslik yozilmagan qat’iy qoidaga aylangan. Bu ota-onadan qo‘rqishdan emas, balki hurmat, e’zoz, oqibat, nomus, oriyat, g‘urur kabi insoniy fazilatlar ifodasidir. Ammo bugun o‘zini zamonaviy sanaydigan, hamma ishni ko‘ngil mayliga qarab amalga oshiradigan, farzandiga biroz qat’iyatlilik bilan tarbiya berishni ularning erkini bo‘g‘ish deb tushunadigan, bir so‘z bilan aytganda, G‘arbning g‘arib madaniyatiga havas qilib, ularga xos yashashga, farzandlariga shu ruhda tarbiya berishga intilayotgan oilalar ham yo‘q emas.

Yusuf Xos Xojibning uqtirishicha har bir kishi jamiyatga munosib bo’lib kamol topmog’i kerak. Buning uchun u tug’ilgan kundan boshlab zarur tarbiyani olmog’i lozim.

Keyingi vaqtlarda bu borada ba’zi gap-so‘zlar, hatto muammoli holatlar ham ko‘zga tashlanmoqda.

  • Zamonaviy oilalarda kattalar va kichiklarning, ya’ni ota-onalar va farzandlarning murosasi kelisholmayaotkan ekan. Bunga esa ularning yoshi o‘rtasidagi farq, dunyoqarashlarining mos kelmasligi sabab bo‘lar ekan. Ajablanasan kishi, axir bir paytlar mana shu qarashlarni qo‘llab-quvvatlagan G‘arb oilalari bugun “avlodlar to‘qnashuvi” yoki kelishmovchiligining jabrini tortayotganidan xabardormiz-ku. Fransiyalik ko‘pchilik yoshlarning ota-onasi bilan birga yashashga qarshiligi ham mana shu kabi ta’limotlarning oqibati aslida. Bunday holatlarni farzandini o‘z erkiga tashlab qo‘ygan, tarbiyasiga befarq bo‘lgan, sharqona odob-axloq qoidalarini unga singdira olmagan ayrim oilalarimiz misolida ham ko‘rmoqdamiz.

Farobiy bilimidan ma’rifatli yetuk odamning obrazini tasvirlar ekan, bunday deydi:

F

  • «Har kimki ilm xikmatni o’rganmagan desa, uni yoshligidan boshlasin, sog’ – salomatligi yaxshi bo’lsin, yaxshi ahloq va odobi bo’lsin, so’zining uddasidan chiqsin, yomon ishlardan saqlangan bo’lsin, barcha qonun – qoidalarni bilsin, bilimdan va notiq bo’lsin, ilmli va dono kishilarni xurmat qilsin, ilm va ahli ilmdan mol – dunyosini ayamasin, barcha real moddiy narsalar to’g’risida bilimga ega bo’lsin».

Oila
Milliy Mintalitet
Ona tili
Urf odat
Moddiy madaniyat
Ta’lim mazmuni
Milliy mafkura
Maxalla, qishloq
Ma’naviy madaniyat
Farobiy mana shu xislatlarga ega bo’lgan kishigina yetuk fazilatlarga ega inson deb hisoblagan.
Marosim an’analar
Islom madaniyatining ahloqiy madaniyatlari

E’tiboringiz uchun rahmat!

Mirodilova Dilshoda 302-PP gruh talabasi


Download 3.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling