Kirish Eneolit davri umumiy tasnifi, tarixwunoslik va moddiy madaniyatning o’ziga xosligi Maykop, Tripoliya va Janubiy Turkmanistonda eneolit davri jamoalarining madaniyatlari. Anov, Namozgoh va Sarazim madaniyatlari. Xulosa


Download 0.95 Mb.
bet1/7
Sana18.06.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1575848
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
bbbbbb


MUNDARIJA:
Kirish………………………………………………………………………
1.Eneolit davri umumiy tasnifi, tarixwunoslik va moddiy madaniyatning o’ziga xosligi
2. Maykop, Tripoliya va Janubiy Turkmanistonda eneolit davri jamoalarining madaniyatlari.
3.Anov, Namozgoh va Sarazim madaniyatlari.
Xulosa………………………………………………………………………..
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………...
Ilova

Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Eneolit (lot. — mis, misli va yun, — tosh), mis davri, mistosh davri — neolityaan jez asriga oʻtish davri (miloddan avvalgi 4—3 ming yilliklar). E. davrida insoniyat misdan ilk bor foydalana boshlagan. Ammo mis yumshoq va moʻrt edi, bu esa uni ishlatishni qiyinlashtirardi. Shuning uchun mis 100 ming yillab ishlatilib kelingan tosh qurollarni isteʼmoldan siqib chiqara olmadi. Shunga koʻra, bu davr mistosh davri ham deyiladi. E. davri arxeologik yodgorliklari Zarafshon quyi oqimida Kaptarning qumi, Katta Tuzkon makonlari, Sarazm, Namozgohtepa, Qoradepe (Turkmaniston) kabilarda qazib oʻrganilgan. Bu davrda odamlar dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullanganlar. Mehnat qurollari toshdan, suyakdan tayyorlangan. Kulolchilik ancha ravnaq topgan: idishlarga geometrik naqshlar solingan, odam va hayvon tasvirini solish ham odat boʻlgan. E. davri yodgorliklaridan qazish paytida pishirilgan loydan yasalgan koʻplab ayol haykalchalari (maʼbudalar) topilgan. Bu E. davrida hali ona urugʻi (matriarxat) boʻlganligidan dalolat beradi.
O’rganilganlik darajasi: Mavzuga oid materiallarni mamlakatimiz arxeoliklaridan G’ulomov Ya “O’zbekiston arxeologiyasi” , Kabirov J, Sagdullayev A “O’rta osiyo arxeologiyasi”, I.A.Sorokina , N.O’. Xolmatov “ O’rta Osiyo arxeologiyasi: Tosh, Eneolit va Bronza davri” kabi arxeologlar o’rgangan.
Kurs ishining maqsad va vazifasi-eneolit davri to’g’risida umumiy tushunchaga ega bo’lish. O’quv rejasida ko’zda tutilgan muayyan fan bo’yicha ma’ruza, tajriba va amaliy mashg’ulot bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, umumlashtirish va ushbu bilimlarni fan sohasida qo’llash, talabalarga shu bo’yicha masalalarni zamon talablari asosida yechishda ko’makchi bo’lishdir. Kurs loyihasini bajarish jarayonida talaba egallagan nazariy bilimlari va mavjud me’yoriy hujjatlar, ma’lumotnomalar va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib amaliy masalalarni mustaqil ravishda yechish hamda o’z g’oya va yechimlarini jamoada himoya qilish ko’nikmasini egallaydi.
Kurs ishlari tizimi orqali talaba yanada chuqurroq ilmiy pedagogik muammoni- kelgusi tadqiqot ishlarini bajarishga tayyorlanadi. Shu bilan bir qatorda kurs loyihasi talabada davlat ta’lim standartlari, soha me’yorlari, ma’lumotnomalar, respublikamizda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot yo’nalishlari, yo’riqnomalar va muqaddam egallangan tajribalardan foydalanish ko’nikmasini shakllantiradi. Shuningdek, kurs ishi talabalarni mustaqil fikrlashga o’rgatish, mustaqil ijodiy ishlash, ma’lumotlarni izlash, yig’ish, qayta ishlash va saqlash uchun zamonaviy kompyuter va axborot texnologioyalaridan foydalana olish va rasmiylashtirish ko’nikmalarini hosil qilishi mumkin.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling