Kirish Eneolit davri umumiy tasnifi, tarixwunoslik va moddiy madaniyatning o’ziga xosligi Maykop, Tripoliya va Janubiy Turkmanistonda eneolit davri jamoalarining madaniyatlari. Anov, Namozgoh va Sarazim madaniyatlari. Xulosa
Anov, Namozgoh va Sarazm madaniyatlari
Download 0.95 Mb.
|
bbbbbb
3.Anov, Namozgoh va Sarazm madaniyatlari.
Janubiy Turkmaniston hududi eneolit davri jamoalarining moddiy madaniyatini o’rganishda Namozgoh yodgorligi tayanch hisoblanadi. Bu yodgorlik yuqorida keltirilganidek, 6 ta madaniy qatlamga ega. Bu madaniy qatlamlarning xronologik jihatdan sanalanishi tabiiy fanlar yutuqlariga tayanilgan holda ilmiy asoslangan. Shu madaniy qatlamlardan pastki 3 tasi Janubiy Turkmaniston eneolit davri jamoalarining moddiy madaniyatiga tegishli va ular quyidagilar hisoblanadi: Namozgoh I (Anov 1B), Namozgoh II (Anov II), Namozgoh III.- tartib bo’yicha ilk, rivojlangan va so’nggi eneolitni tashkil etadi. Bu tarixiy bosqichlarning xronologik ramkasi va moddiy madaniyati mazmunini quyidagicha keltirish mumkin: Namozgoh I – (mil.avv. V ming yillik o’rtalari -IV ming yillikning 1-yarmi) –ilk eneolit davri bo’lib, bu davrga ayollar statuetkasi, misdan yasalgan narsa- 138 predmetlar, bir xil rang bilan bo’yalgan qo’lda yasalgan sopol idishlar, g’ujonak qilib bukilgan holda dafn etilgan yakka ko’rinishli qo’yindilar, xom g’ishtdan qilingan turar-joylar xarakterli hisoblanadi. Aholi asosan qishloqlarning shimoliy qismida yashashgan. Nomozgoh 1 davri uy joy qurilishida birinchi bor xom g’isht ishlatilgan. Xona devorlari somonli loy bilan suvalgan. Uylar tor, kvadrat shaklida bo’lib, maydoni o’lchami 10 metr kvadratga yaqin bo’lgan. Unga kiraverishda chap tomonda kvadrat shaklidagi g’ishtdan qurilgan o’choq joylashgan. Xonaning bir burchagi past devorcha bilan ajratib qo’yilgan28. Mutaxassislar fikricha, bu oilaning g’alla «omborchasi» bo’lishi mumkin. Nomozgoh 1 davrining bir xonali turar-joylari Geoksur vohasining Dashtlitepa yodgorligida yaxshi o’rganilgan. Namozgoh II- (mil.avv.IV ming yillikning 2-yarmi) – rivojlangan eneolit davri bo’lib, bu davrda ikki xil rangga bo’yalgan sopol idishlar paydo bo’ladi. Bu davrda Kopettog’ oldi hududlarida yashovchi aholi sharqqa tomon siljib, Geoksur vohasini to’liq o’zlashtiradilar. O’troq dehqonchilik jamoalari yangi yerlarni o’zlashtirishi natijasida ko’p sonli yangi manzilgohlar paydo bo’ladi. Shu davrga oid 30 dan ortiq yodgorliklar tadqiq etilgan. Rivojlangan eneolit davriga kelib manzilgohlar maydoni kengayib, ularning ayrimlari (Nomozgohtepa, Oltintepa, Qoratepa) yirik ko’rinishga ega bo’lgan. Geoksur vohasidagi ba’zi bir manzilgohlarning atrofi devorlar bilan aylantirilgan. Qishloqlar rejali qurilib, ko’chalar bo’ylab katta jamoatga qarashli uylar bo’lgan (Mullalitepa, Yassitepa). Nomozgoh 2 davrida qishloqlarning maydoni yanada kengaygan, shu bilan birga yirik qishloqlar atrofida mayda qishloqchalar ham qad ko’tarilgani faktlari ham aniqlangan. Nomozgoh 2 davri uy qurilishi uslublari, tarkibiy tuzilmalari Geoksur vohasining Yolong’ochtepa, Mo’lalitepa kabi yodgorliklarida yaxshi o’rganilgan. Geoksur vohasi uchun eneolit asrining bu davri «yolong’och bosqichi» deb ham yuritiladi. Yolong’och bosqichida urug’ jamoalarining qishloqlari mudofaa devorlari bilan o’rab olina boshlangan. Ba’zan qishloqning markaziy qismigina devor bilan o’rab olinganligi ham kuzatilgan. Nomozgoh 2 davri mudofaa devorlari ko’p burchakli bo’lib, har bir burchakning uzunligi 8,5 – 10 metrga teng bo’lib, ularda aylana shaklidagi xona joylashgan. Ularning eshiklari qishloq ichiga qaratilgan. V.M.Masson bu xonalarni bo’lajak mo’la burj bo’lsa kerak, deb hisoblaydi. Jamoa a’zolari yashaydigan xonalar masalasiga kelganimizda, ular tor va maydoni 10 metr kvadratdan oshmaydi. Yalong’och bosqichi (Nomozgoh 2) uy- joylari o’z tuzilishi jihatidan uch guruhga bo’linadi: 1) o’choqsiz to’g’ri burchak shaklidagi uylar; 2) o’choqli to’g’ri burchak shaklidagi uylar; 3) dahlizli uylar. Bu faktlar mazkur bosqichda ko’p xonali uy-joy qurilishida tizimlilik, ya’ni turli tipdagi turar-joylar paydo bo’layotganligidan guvohlik beradi. Nomozgoh 2 davri ko’p xonali uylari orasida 139 maydoni keng doira shaklidagi xonalar ham uchraydi. Ular asosan urug’ jamoasi uylarining markazida joylashgan. Ularning devorlari ancha mustahkam, ularda ikki qismga bo’lingan to’g’ri burchakli o’choqlar bo’lgan. Mutaxassislar bunday o’choqli uylarni «o’t og’asining uyi» deb hisoblashgan. Ularning old tomoni quyosh chiqish tomonga qaratilib qurilgan. Ularda xo’jalik o’choqlarining qoldiqlari va uy-ro’zg’or buyumlari uchramaydi. Shu bois, eneolit davrining Yalong’och bosqichidan boshlab ibtidoiy urug’ jamoa a’zolarining eng qadimgi olovga topinish ibodatxonalari paydo bo’la boshlagan degan xulosaga kelish mumkin. Namozgoh III – (mil.avv.IV ming yillikning oxiri - III ming yillikning boshi) – so’nggi eneolit davri bo’lib, bu davrni aniqlovchi belgilar hayvonlar tasviri tushirilgan naqshlarning keng yoyilgani, sopol idishlar sirtida geometrik naqshlarning mavjudligi, kulrangli sopol idishlarning paydo bo’lganligi kabilar hisoblanadi29. Mutaxassislar Janubiy Turkmaniston sarhadlarining eneolit davri yodgorliklari uch guruhda bo’lishganini e’tirof etishgan: 1) kichik o’lchamli manzilgohlar-maydoni 0,1-2 ga., 2) o’rtacha o’lchamli manzilgohlar-maydoni 4-10 ga., 3) yirik o’lchamli manzilgohlar-maydoni 12 - 20 ga. Birinchi va ikkinchi guruh manzilgohlari eneolit davri dehqon jamoasining qishloqlarini tashkil etgan. Uchinchi guruh yodgorliklari esa tadqiqotchilar ko’rsatishicha, alohida mikrovohalarning dehqonchilik markazi bo’lishi mumkin. Sababi, so’nggi eneolit davrida O’rta Osiyoning janubiy hududlarida sug’orma dehqonchilik rivojlanib, ilk sivilizasiyalarga xos dehqonchilik markazlari qaror topgan. Shu bois, uchinchi guruh yodgorliklari ushbu markazlarning qadimiy o’rni hisoblangan. Bular jumlasiga Anovtepa, Nomozgohtepa, Oltintepa, Xapouztepa, Qoratepa, Yalang’ochtepa, Mollalitepa, Chaqmoqlitepa, Monjuqlitepa, Ovadantepa, Gavachtepa Kaushattepa, Dashlitepa, Geoksur guruhidagi tepaliklar kiradi. Nomozgohtepa, Oltintepa, Qoratepa kabi yirik dehqonchilik markazlarining maydoni o’lchami 20 gektargacha borgan. Ularda yigirmaga yaqin xonalardan tashkil topgan katta oila jamoasiga tegishli uylar ham bo’lgan. So’nggi eneolit davriga oid manzilgohlardagi (Geoksur 1) ko’p xonali uylarining ba’zi alohida xonalarida tutatqi solib qo’yish uchun mo’ljallangan buyumlar va odamning kuygan suyaklari uchraydi. Bunday xonalarni tadqiqotchilar katta patriarxal oilaga tegishli oilaviy ibodatxona bo’lishi mumkin deb, e’tirof etishgan. Ba’zi manzilgohlarda xom g’ishtdan qurilgan alohida joylashgan kvadrat (Qoratepa) yoki cho’ziq (Geoksur I) shakldagi jamoaning nufuzli a’zolariga tegishli sag’analar bo’lgan. Ularning usti aylana qilib yopilgan. Bu sag’analardan chaqmoqtosh qurollari, sopol idishlar, mis buyumlar va toshdan ishlangan marjonlar, 140 haykalchalar topilgan. Shuningdek, jamoaviy qabrlar ham uchraydi. Ulardagi kuzatuv buyumlari son jihatdan juda kambag’al bo’lib, ular asosan sopol idishlari, savatlar va kam sonli zeb-ziynat buyumlaridan iborat bo’lgan. Bu davrda sug’orma dehqonchilik yanada takomillashib, sun’iy sug’orish inshoatlari ko’paygan. Geoksur vohasidan kichik suv omborlarining o’rni ham aniqlangan. Eneolit asrining so’nggi bosqichi. Nomozgoh 3 davrida qadimgi dehqonchilik qishloqlarining hududi yanada kengayadi. Bu davr uy-joylar qurilishi tartibli, reja asosida bo’lganligi Geoksur vohasidagi Geoksur va Cho’ngtepa, Artiqvohasida esa Qoratepa yodgorliklari misolida keng o’rganilgan. Xususan, Qoratepa yodgorligidan 130 dan ortiq ko’p xonali uy-joy qoldiqlari ochilgan. Ularning aksariyatini alohida xonadonlarga mo’ljallangan xo’jalik komplekslarini tashkil etgan. Yashash xonalari asosan dahlizli bo’lib, yotoqxona o’rtasida sandal o’rni saqlangan. Ko’p xonali uy tarkibida torroq, o’lchami jihatidan kichikroq xona ham bo’lib unda o’choq yoki sandal uchramaydi. Ulardan oila «ombori» sifatida foydalanilgan bo’lishi mumkin. Nomozgoh 3 davri uy-xo’jalik komplekslari qoshida hovlilar paydo bo’ladi va hovlilarni birlashtiruvchi tor ko’chalar ham shakllangan. Qishloqning markaziy qismi esa ochiq maydon sifatida qoldirilgan. Tor ko’chalarning deyarli hammasi shu maydonga chiqqan30. Nomozgoh 2 davri qishloqlari Geoksur 1 yodgorligida ham ochilgan. U yerda ham xuddi Qoratepadagidek ko’p xonali xo’jalik komplekslari bo’lgan. Ular bir-biriga ulangan tor ko’chalar sistemasi orqali yirik mahallalarga birlashtirilgan. Xo’jalik komplekslari hovli maydoni orqali bir-birlari bilan birlashgan. Bu holat bir qishloq ichida bir-biriga qon–qarindosh bo’lgan bir necha urug’ jamoalari yashaganligidan guvohlik beradi. Har bir xo’jalik kompleksi dahlizli keng xona va unga yondosh qilib qurilgan «ombor» dan tashkil topgan. Qoratepada xo’jalik komplekslari ichidagi bir xonada doira shaklida qurilgan mehrob topilgan. Qoratepa mehrobi qadimgi dehqonchilik xo’jaligi bilan shug’ullanuvchi urug’ jamoalariga tegishli dastlabki topilgan mehrob hisoblanadi. Shunday mehrob Geoksur 1 qishlog’ida va ularning to’rttasi Cho’ngtepaning Namozgoh 3 boqichining madaniy qatlamidan ham topilgan. Bu olovga topinishning yangi ko’rinishi - mehrob paydo bo’lganligidan darak beradidi. Shu tariqa yirik qishloqlar qurilishidagi bunday o’zgarishlar asta-sekinlik bilan shahar monand qiyofaga o’ta boshlaganligidan dalolat beruvchi ilk qadamlar edi. Shuning uchun arxeologlar O’rta Osiyo tarixida bu davrni «shaharmonand» madaniyatining ilk belgilari bilan xarakterlanuvchi davr deb hisoblaydilar. Ishlab chiqarishga daxldor narsa va predmetlar. Janubiy Turkmaniston sarhadlari qadimgi dehqon jamoalarining ishlab chiqarish mehnat qurollari va asbob-uskanalari garchi kam sonli bo’lsada bizgacha yetib kelgan. Ular o’z davrida tosh, suyak, loy va metall kabi materiallardan yasalgan. Tosh qurollarining asosiy qismi dehqonchilik xo’jaligiga bog’liq bo’lgan mehnat qurollari hisoblanadi31. Ular chaqmoqtoshlardan yasalgan ekinni o’rishga mo’ljallangan o’roqlar tig’i (arrasimon) uchun qadama qurollar, o’roq-randa, yerni yumshatishga ishlatiladigan motiga, donni ezish, yanchish bilan bog’liq bo’lgan yorg’uchoqlar, keli soplari hisoblangan. Suyakdan yasalgan uskunalar esa asosan teri va junlarga ishlov berishga mo’ljallangan bo’lgan. Yirik shoxli hayvonlar qavurg’alaridan pichoqlar yasalgan. Igna, bigiz, sopolga ishlov beruvchi turli uskunalar hamda ekinlarni o’ruvchi o’roqlarga sop yasalgan. To’qimachilikka ishlatiladigan suyak uskunalar ham bo’lgan. Eneolit davri yodgorliklari qazilmalarida ko’plab misdan yasalgan bigiz, igna, to’g’nog’ich, uy-ro’zg’or buyumlari topilgan. Janubiy Turkmaniston sarhadlari eneolit davri ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida, aholi kunlik mashg’ulotlarida hunarmandchilikning kulolchilik sohasining o’ziga xos o’rni bo’lgan. Ammo, hali sopol ishlab chiqarishda kulolchilik charxi kashf etilmagan edi. Tadqiqotlar ko’rsatishicha, Nomozgoh 1 va 2 tarixiy bosqichlarda sopol idishlar yasalishida uning loyiga ezilgan somon qo’shilgan. Bundan maqsadidishlar devori mustahkamroq bo’lib, ulardan turmushda ko’proq foydalanish nazarda tutilgan. Lekin, shunga qaramasdan bu davr idishlari nisbatan mo’rtroq bo’lgan. Shu bois bo’lsa kerakki, Namozgoh 3 bosqichidan e’tiboran loyga gips aralashtirish amaliyoti qo’lanilgani bejizga emas. Endi sopol idishlar jarangdor va nisbatan mustahkam bo’lgan. Dastlabki bosqichlar sopol idishlari yassi tagli, yarim aylana ko’rinishli shaklda yasalgan. Tadqiqotlarda Namozgoh 3 bosqichidan 3 oyoqliidishlar paydo bo’lgan. Sopol buyumlar sirtiga ularni olovda pishirish oldidan sarg’ish, och sariq, och qizil angob berilgan, idish tayyor bo’lgach, uning ustidan naqsh solirgan. Masalan, Namozgoh 1 bosqichi sopol idishlari sirtiga qora mineral rang bilan geometrik naqsh berilgan. Namozgoh 2 bosqichida sopol idishlarning yasalishi texnologiyasida, ularning shaklida aytarli o’zgarishlarbo’lmagan. Sopol idish sirtiga solingan geometrik naqshlar avvalgidek sodda ko’rinishlibo’lgan. Endi sopollarga gul solishda ikki xil rang, ya’ni qora va qizil rang keng ishlatila boshlandi. Mutaxassislar ta’kidlashicha Namozgoh 1 davrining « monoxrom» naqshi deb yuritilgan sopollari o’rniga Namozgoh 2 boqichida «polixrom» naqshli sopollar paydo bo’ldi. Idishlar sirtiga odam va hayvon tasvirlarini solish keng qo’llanilaboshladi32. Namozgoh 3 bosqichiga kelib sopol ishlab chiqarishda va sopol idishlarga naqsh solishda Qoratepa hamda Namozgohtepada Namozgoh 1 davri an’analariga xos elementlar yana kuzatilishi diqqatga sazovar hisoblanadi. Geoksur vohasida esa polixrom naqshi davom etadi. Sodda qilib ishlangan geometrik shakldagi naqshlar o’rnida murakkab jimjimador nozik gullar tasviri uchratiladi. Shuningdek, bu davrga kelib, mutaxassislar tomonidan «gilam guli» deb yuritilgan bezakli naqshlar paydo bo’ldi. Sopol sirtiga hayvon va parrandalarning sur’atlarini tushirish odatiy anada keng tus oldi. Bunday sur’atlar ibtidoiy urug’doshlik jamoasi diniy va mafkuraviy ta’suratlarning «totemlar» ko’rinishi hisoblanadi. Eneolit davri jamoalari xo„jaligining asosini sug’orma dehqonchilik va xonaki chorvachilik tashkil etgan. Dehqonchilikda asosan arpa va bug’doy ekilgan. Namozgoh 2 bosqichidan boshlab sun’iy suv omborlari qurilgan. Masalan, Mo’lalitepa yaqinida qadimgi hovuz qoldig’i topilgan. Uning sig’imi 3500 metr kub bo’lgan. Namozgoh 3 davriga kelib kanallar bo’lganligi ham tadqiqotlarda kuzatilgan. Geoksur 1 qishlog’i yaqinida 1,5 kilometr chamasi masofaga cho’zilgan kanalning qoldiqlari aniqlangan. Eneolit davri jamoalariga tegishli yodgorliklaridan ko’plab xonakilashgan hayvon suyaklari qoldiqlari topilgan. Ular asosan yirik shoxli qaromol hamda mayda tuyoqli qo’y va echkilarga tegishli hisoblanadi. Eneolit davri urf-odatlari va motam marosimlariga kelsak, bu davrda jasadni qabrga yon biqini bilan oyoq-qo’llarini g’ujanak qilib qo’yish odati paydo bo’lgan. Janubiy Turkmanistonda Namozgoh 1 bosqichiga oid mozorlari kam o’rganilgan. Ammo, Namozgoh 2 va Namozgoh 3 davriga tegishli qabrlar ko’plab ochilgan. Ta’kidlash joizki, mazkur mozorlarda qabr ashyoviy dalillari kam uchratilgan. Topilgan ashyolar tarkibida ayollar tasviridagi statuyetkalar uchraydi. Namozgoh 3 bosqichidan boshlab qabristonlarda jamoaviy mozorlar uchray boshlaydi, xom g’ishtdan kvadrat va doira shaklida qurilgan mavzoleylar paydo bo’ladi. Bu mavzoleylar urug’larga tegishli mavzoleylar bo’lishi mumkin. Ularga o’lik har xil vaqtda qo’yilgan. V.M. Massonning yozishicha, Qoratepada Namozgoh 3 bosqichiga oid to’rtta mavzoleyda faqatgina ayollar jasadlari uchragan. Bu esa ayollarga nisbattan hurmat va e’tiqodning hali ham urug’ jamoasida ustvor ekanligidan dalolat beradi33. Eneolit davri yodgorliklaridan topilgan haykallarning deyarli barchasi ayollar mabudasi bo’lib hisoblanadi. Faqat Namozgoh 3 bosqichining oxirlariga kelib yodgorliklar tadqiqotida onda-sonda erkaklar siymosidagi haykallar uchratilgan. Bu faktlar hali eneolit davrida matriarxat urug’doshlik jamoasi bo’lganligidan guvohlik bersa, ikkinchi tomondan jamiyatda erkaklarning mavqyei ham o’sib borganligini ko’rsatadi. Bu juda muhim sosial o’zgarish hisoblanadi. So’nggi eneolit bosqichiga (mil.avv. IV minginchi yil oxiri – III minginchi yil boshlari) kelib Janubiy Turkmaniston sarhadlarida aholi jaylanishi tizimida o’zgarishlar sodir bo’lgan. Havoning quruqlashishi natijasida aholining suv irmoqlari bo’ylab migrasiyasi va o’rta hamda yirik o’lchamli qishloqlar (Geoksur 1, Oltintepa, Hapuztepa, Ulug’tepa, Namozgohtepa, Qoratepa) atrofiga zichlashishi 143 kuzatiladi. Bu qishloqlarda bir-biriga zich holda havlisi bo’lgan 1-3 xonali turarjoylar qurilgan. Havlilarda jamoaning donli mahsulotlarini saqlovchi omborxonalari joylashgan. Oltintepa va Namozgohtepalarning maydon sathi kengayib 25-30 gektargacha yetgan. So’nggi eneolit bosqichi o’rtalariga kelganda Geoksur vodiysida aholi deyarli qolmaydi. Aholi Tejen daryosi yuqori qismiga joylashadi va u joylarda Hapuztepa kabi yirik qishloqlar paydo bo’ladi. Namozgohtepa, Oltintepa, Hapuztepa, Ulug’tepa kabi eng yirik qishloqlar so’nggi eneolit bosqichining oxiri-ilk bronza davrida (mil.avv.2800-2400 yillar) Kapettog’ yon bag’irlari va Tajan daryosi qadimgi vohasida joylashgan. Mazkur davr jamoalari janubiy sarhad jamoalari bilan yaqindan madaniy aloqada bo’lganliklari tadqiqotlarda aniqlangan. Jumladan, B.A. Kuftinning yozishicha Yassi-tepa yodgorligidagi devoriy panno naqshlari Shimoliy Messopatamiyadagi Xalaf madaniyati naqshlariga o’xshash. Sopol idishlar syujetlarida ikki rangli rasmlarning uchratilishi ham shu madaniyatning ta’sirida bo’lgan. Hayvonlar ko’rinishli naqshlarning sopol buyumlarda uchrashi, qo’yechkidan tashqari Shimoliy (Hisor) va Markaziy Eron (Sialk) madaniy ta’siri hisoblanadi. N. Avanesovaning yozishicha eneolit jamoalarining O’rta Sharq jamoalari bilan madaniy aloqadorligi bu davrning so’nggi bosqichida bo’lgan. Bronza davrida esa bu madaniy aloqadorlik jadallik bilan o’sib borgan. Quyi Zarafshon vohasida tadqiq etilgan Kaptarqumi va Katta Tuzkon 35 manzilgohlari kiradi. Ushbu yodgorliklar 1960- yillarning boshlarida A.A Asqarov va U.I. Islomovlar tomonidan o’rganilgan34. Ularda madaniy qatlam tabiiy kuchlar ta’siri natijasida buzilib ketgan. Taqir va qum yuzasiga chiqib qolgan mis qurollarning parchalari va sopol siniqlarining tahlili bu makonlar eneolit davri so’nggi bosqichi urug’ jamoalarigategishli kulbalar qoldiqlari hisoblanadi. Ibtidoiy urug’doshlik jamoalarining eneolit davriga oid ba’zi bir qishloqlari Amudaryo deltasida qisqa muddatli makonlar tipida uchratilganligi tadqiqotlardan ma’lum. Shu o’rinda ta’kidlash joizki, Yuqori Zarafshon vohasida eneolit davri o’troq dehqon jamoalariga tegishli madaniy qatlamli Sarazm yodgorligining tadqiq etilishi natijalari bu davr to’g’risida qimmatli ma’lumotlar bergan. Tarix instituti (V.A. Ranov, A. Isaqov) va CNRS Fransiya (J.K. Garden) xalqaro arxeologik ekspedisiyasi qazilma ishlarinidavom ettirilgan va Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling