Sanoat binolari devorlarga qo’yiladigan talablar Bir qavatli binolar devorlari


Download 114.16 Kb.
bet1/3
Sana20.02.2023
Hajmi114.16 Kb.
#1215523
  1   2   3
Bog'liq
9 maruza


9-мавзу:
Engil po’lat asbestsement listlardan tayyorlangan sanoat binolarining devorlari. Yuk ko’tarmaydigan devorlar. G’isht, mayda va yirik bloklardan terilgan sanoat binolarining devorlari
Reja:

  1. Sanoat binolari devorlari

  2. Devorlarga qo’yiladigan talablar

  3. Bir qavatli binolar devorlari

  4. Asbestotsement listdan


SANOAT BINOLARI DEVORLARI
Sanoat binolari qurilishining umumiy tannarxiga nisbatan tashqi devorlar (derazalar, eshiklar, darvozalar birgalikda) bir qavatli binolarda o’rtacha 12% ni, ko’p qavatlida — 20% ni tashkil etadi.
Devorlarga qo’yiladigan talablar: bino xonalarida texnologik jarayon bo’yicha berilgan harorat namlik rejimini saqlab turish: statik va dinamik yuk ta’siri ostida chidamlik va mustahkamligini saqlash, iqtisodiy tejash va industrial bo’lishi, montaj va remont qilinishi, massasi uncha og’ir bo’lmasligi hamda ko’proq mahalliy (mestniy) materiallarni qo’llash kerak bo’ladi.
Devorlar zamonaviy badiiy - me’morchilik talablariga ham to’g’ri kelish kerak.
Devorlar tuzilmasi va materiali kurilish tumani iqlimiga va xonalarning harorat namlik rejimiga qarab olinadi.
Tuzilmaviy sxemalari bo’yicha devorlar yuk ko’taruvchi, o’z yukini ko’taruvchi va osma bo’ladi.
G’ishtdan, kichik va katta bloklardan tayyorlangan yuk ko’taruvchi devorlar unchalik katta bo’lmagan karkassiz va to’liqsiz karkasli binolarda ko’llaniladi. Bir vaqtni o’zida ham yuk ko’taruvchi, ham o’rovchi vazifasini bajaruvchi bunday devorlar yopma, orayopma og’irligini, shamol ta’siri ba’zi hollarda ko’tarish — tashish jihozlari yukini ham kabul qiladi. Yuk ko’taruvchi devorlar mustahkamligi va bikirligi; ichki yoki tashqi tomoniga pilyastr o’rnatish hisobiga oshiriladi.
O’z yukini ko’taruvchi devorlar bino umumiy balandligi bo’yicha o’z og’irligini ko’tarib poydevor to’sinlariga uzatadi. Devorlarga ta’sir qiluvchi shamol yuklarini bino karkasi qabul qiladi. O’z yukini ko’taruvchi devorlar balandligi materialni mustahkamligi va devor qalinligi, devorlararo ustunlar qadami shamol yuklari kattaligiga bog’lik holda chegaralangan bo’ladi. Bunday devorlar g’ishtdan, blok yoki paneldan qilinadi.
O’z yukini ko’taruvchi panel devorlar qalinligi kamida 300 mm bo’lib, uni texnologik jarayoni nam va ho’l, kimyoviy moddalar ta’sir qiladigan ishlab chiqarish binolarida ho’llangani ma’qul bo’ladi.

Download 114.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling