Sanoat binolari devorlarga qo’yiladigan talablar Bir qavatli binolar devorlari
Download 114.16 Kb.
|
9 maruza
Osma devorlar asosan o’rash vazifasini bajaradi. Poydevor to’sinlariga tayanadigan pastki deraza tagi yarusdan tashqari, hamma osma devorlar og’irligini karkas ustunlariga uzatadi. Ustunlar osma devorlar og’irligini bog’lovchi to’sinlar, rigellar yoki panel devorlar tayanch temir stolchalari orqali qabul qiladi.
Sanoat binolarida eng ko’p tarqalgani osma devor tuzilmalaridir. Yon devorlarda tayanchlar orasidagi masofa katta (oraliq eniga teng) bo’lgani uchun qadamlari 6 va 12 m bo’lgan ko’shimcha (faxverk) ustunlar ko’riladi. Faxverk ustunlar yon devor mustahkamligini oshiradi, unga devor panellari mahkamlanadi. Unifikatsiya va bog’lash talablarini yaxshi yechimni topish uchun yopmalarni, ustunlarii tashqi tomoniga chiqargan ma’qul hisoblanadi. G’ishtli va mayda blokli devorlar ko’pincha nam ko’p bo’lgan va kimyoviy ta’sir etadigan moddalar chikaradigan korxonalarda ishlatiladi, hamda darvozalar, eshiklar soni ko’p bo’lgan va texnologik teshiklar bor joylarda ishlatiladi. Devorlarni terish yoppa va yengillashtirilgan bo’lishi mumkin. Tuzilmaviy sxema, balandlik va texnologik talablarga bog’liq holda, devorlar qalinligi 250 dan 510 mm gacha olinadi. Devordagi derazalar, eshiklar o’rni tepasiga temirbeton tepadonlar (peremichka) o’rnatiladi. Devorlar baland yoki lentasimon ochiq o’rinlar ko’proq bo’lsa karkasga- bog’lovchi to’sinlar kiritiladi. G’ipggli va mayda blokli devorlar balandligi bo’ypcha 120 sm masofada, diametri 10 — 12 mm bo’lgan sterjenlarda qilinadigan ankerlar yordami- da ustunlar karkasiga mahkamlanadi. Devor bloklari joylyshishiga qarab qatorli, burchakli, tepadonli (peremichechnie) bo’linadi. Qatorli bloklar uzunligi 990 dan 2990 mm gacha, burchaklining uzunligiga devor qalinligi ham qo’shiladi, to’siqchali blokniki 5990 mm. Qatorli va burchakli bloklar balandligi 585,1185 va 1785 mm, tepadonli 585 va 1185 mm. Bloklar qalinligi 300,400 va 500 mm. Blokli devorlar o’z yukini ko’taruvchi hisoblanadi, shuning uchun ular poydevor to’sinlariga tayanadi. Panel devorlar g’ishtli va blokli devorlarga nisbatan o’zining industrialligi va binolarda material hajmini kamaytirishi bilan ajralib turadi. Download 114.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling