Sanoat binolari devorlarga qo’yiladigan talablar Bir qavatli binolar devorlari
Download 114.16 Kb.
|
9 maruza
Temirbeton va yengil betondan bo’lgan panel devorlar, o’zining boshka bino devorlariga nisbatan uzunligi, qalinligi kamroqligi, isitiladigan va isitilmaydigan binolarda qo’llanilishi bilan ajralib turadi.
Panel devorlar balandligi 1,2 va 1,8 m, parapet va karniz tagi paneli 0,9 va 1,5 m olinadi. Panelni tagi yuzasi belgisi bilan teng qilib olinadi. a) Isitilmaydigan binolar devorini montaj qilishda: agar ustunlar qadami 6 m bo’lsa, tekis temirbeton panellar qo’llaniladi. Bunday panellar 5930 va 2980 mm, balandligi 385,1185 va 1785 mm, qalinligi 70 mm. Burchak panellari ko’ndalang devorlarni “0” va “250” ga bog’lash hisobiga uzunligi 6080 va 6330 mm bo’ladi. b) Agar ustunlar qadami 12m bo’lsa, u holda qabirg’ali temirbeton panellari ishlatiladi. Ularning uzunligi 11970mm, balandligi 1185, 1785 va 2385mm. Konturli qabirg’a balandligi 300 m, uning maydoni qalinligi 30mm bo’ladi. v) Isitiladigan binolar ustuni qadami 6 m bo’lsa bir qatlamli yengil betondai qilyngan tekis panellar ishlatiladi. G’ovak betonli § = 700 — 800 kg/ m3 va yengil betonli 900 - 1200 kg/ m3 devor panellar uzunligi 5980, 2980 va 1480 mm, balandligi 885, 1185, 1485 va 1785 mm, qalinligi 160+300mm, tsement-qumli loydan qilingan faktura qatlami 20 mm bo’ladi. g) Ustunlar qadami 12 m bo’lsa, uzunligi 11970 mm, balandligi 1185, 1785 mm, qalinligi 200 + 300 mm bo’lgan keramzibeton panellar ishlatiladi (u = 1000 — 1100 kg/ m3). Panel devorlar lenty shaklidagi yorug’lik yoki ochsh; o’rinli osma bo’lishi mumkin (Rasm 21). Rasm 1. Bir qavatli binolar devorlari qirqimidan varkantlar a — lentasimon oyna o’rnatilganda, b — shuni o’zi, yoppasiga, v-d — alohida o’rinli: I — o’lchami 1,2 x 6 m li yog’och deraza panellari,1, 8 x 6m quvurdan qilingan deraza panellari, 3 — shuni o’zi, egiladigan profillardan, 4 — 1,2 (1,8) x 4,5 m li yog’och tavaqali bloklar, 5 — 1,2 (1,8) x Z m yog’och deraza panellari Osma panel devorlarni ustunga boltlar yordamida, anker yordamida, changak yordamida va ilmoqlar yordamida mahkamlanadi. Uzaro panellar sterjenlar yordamida birlashtiriladi. Rasm 2.a - bo’ylama devor qirqimi, b — burchak panelli yon faxverk ustunlarga mahkamlash v — parapet panelini bino yon devoriga mahkamlash; 1 — poydevor to’sini, 2 — temir tayanch stolchasi, 3 — yengil betonli panel, 4 — mahkamlovchi element, 5 — yopmaning yuk ko’taruvchi tuzilmasi, 6 — kranosti to’sini, 7 — ustun, 8 — himoya katlam, 9 - qum, 10 — yordamchi blok, 11 — o’rta qatlam (70 x 6 mm), 12 — yon faxverk ustuni, 13 - temir taglik Panellar orasidagi gorizontal choklar 15 mm, vertikal choklar 20 va 30 mm (panel uzunligi 6 va!2 m) qabul qilinadi, hamda ular har hil elastik va germetik materiallar bilan to’ldiriladi. (Rasm 23) Rasm 3. Devor panellarini ustunga mahkamlash detallari a — ikki burchak yordamida, b — burchak va changak yordamida, v -anker yordamida: 1 — devor paneli, 2 — 125 x 14 mm li burchak, 3 ustun, 4 — tsementln qorishma M 50, 5 — 60 x 16 mmli metall changak, 6 — elastik material, 7 —diametri 14mmli sterjen, 8 - 100 x 50 x 6 mm li plastinka Sanoat binolari dsvorlari asbestotsement listlar va panellardan ham bo’ladi. Ular yengil, tejamli va dinamik ta’sirlariga chidamli bo’lib, asosan osma bo’ladi. Asbestotsement listdan bo’lgan devorlar mexanik kuchlar va namlik ta’sir etmasligi uchun 3 m balandlikdan boshlanadi, uning tagida g’isht, temir beton va blok devor bo’lish mumkin. Asbestotsement listli devorlar uzunligi 1200 — 2500, eni 994 — 1154 mm, to’lqin balandligi 32 — 54 mm va qalinligi 6 — 8 mm bo’ladi. Listlar temir yoki yog’och to’sinlarga (rigelga) tsokoldan karniz yo’nalishi bo’yicha qator qilinib devorni o’raga uchun osib chiqiladi. Joylashtirshp masofasi 600 mm. Listlar bir oraliqli sxemada tayanadi, ko’ndalang kirishishi (naxlestka) kamida 100 mm, bo’ylama bir to’lkin eniga teng qilib qabul qiliiadi. To’siqlarga listar ilmoqlar va shuruplar bilan mahkamlanadi. Me’yoriy harorat — namlik. rejimli binolar devori ko’p qatlamli asbestotsementli panellardan qilinadi, bunday panellar o’lchami 5980x1180x136 mm ni tashkil etadi. Metall listli va panelli devor yopmalari boshqa devor tuzilmalariga nisbatan unchalik og’ir emasligi, tiklanishi tez va foydalanish qulayligi bilan ajralib turadi, lekin metall ko’p sarflanadi, yong’inga unchalik chidamli emas. Sanoat binolarining isitilmaydigan devorlari to’lqinsimon, profillangan temir, alyuminiy listlardan (qaliiligi0,7 ; 108mm va eni 1,5mgacha) qilinadi. Listlar uzunligi 2 dan 10 — 12 m gacha. Bular ham to’sinlarga to’lqinsimon asbestotsementli listlarga o’xshab mahkamlanadi. Ko’p qavatli binolar devorlari ham bir qavatli binolarnikiday, faqat o’z yukini ko’taruvchi devorlar kam qo’llaniladi, asosan osma devorlar keng tarqalgan. Download 114.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling