1. Buddaviylik dinining qisqacha tarixi


Download 0.73 Mb.
Sana20.12.2022
Hajmi0.73 Mb.
#1038680
Bog'liq
buddizm va xristianlik




Reja:

1. Buddaviylik dinining qisqacha tarixi…………..………..………...………..……………...2

1.1. Buddaviylikning Markaziy Osiyoga kirib kelishi………..………..………..……………...5

1.2. O'zbekiston hududidagi buddaviylik yodgorliklari: Fayoztepa, Qoratepa, Dalvarzintep.....5

2. Nasroniylik dinining qisqacha tarixi………..……………………...………..……………….7

2.1. Nasroniylikning Markaziy Osiyoga kirib kelishi (Islomgacha bo'gan davrda) …………....7

2.2. Chor Rossiyasi davrida Markaziy Osiyoda nasroniylik………..…………….…………….8



1. Buddaviylik dini — jahonda keng tarqalgan dinlardan biri hisoblanadi. Unga eʼtiqod qiluvchilar taxminan 500 mln.dan ortiq. Miloddan avvalgi 6—5-asrlarda Hindistonda paydo boʻlgan. Markaziy Osiyo, Janubi Sharqiy Osiyo mamlakatlarida va Uzoq Sharqda tarqalgan. Hozirgi kunda B. Shri Lanka, Myanma (Birma), Tailand, Laos, Kambodja, Vyetnam, Tibet, Butan va Yaponiya kabi davlatlarning asosiy dinidir. Buddaviylik muayyan tarixiy davrlarda Xitoy, Hindiston, Koreya va Indoneziyada, deyarli butun Osiyo xalqlari, yaʼni jahonning salkam 2/3 qismi aholisi maʼnaviy qadriyatlariga juda katta taʼsir koʻrsatgan. Buddaviylik
2 asosiy yoʻnalish mavjud: xinayana va maxayana. Keyingisi juda koʻp sekta va mazhablarga boʻlinadi.
Boshqa dinlardan farqli ravishda Buddaviylikda hech bir oʻzgarmas narsa yoʻq, hatto Xudo ham oʻzgaruvchan, deb uqtiriladi. Faqat on yoki lahzalar silsilasi mavjud boʻlib, ularning har biri yoʻqolib, keyingisiga oʻrin beradi. Buddaviylik taʼlimotiga koʻra, inson doimo azob-uqubatga mahkum va bunga uning oʻzi sabab boʻladi. Zero u, garchand befoyda boʻlsada, oʻz hayoti va farovon turmushini saqlab qolishga harakat qiladi. Azob-uqubatdan qutulish uchun koʻngil xush koʻrgan barcha narsalardan oʻzini tiyish darkor. Muntazam ravishda yolgʻondan, oʻgʻrilikdan, boshqaga zarar yetkazishdan, zinodan oʻzini tiyish hamda meditatsiya (ongni oliy haqiqatga yetishishga qaratish), "bodxi", yaʼni "xotirjamlik"ka va oxir-oqibatda nirvanaga (azobuqubatning tugashiga) olib keladi. Nirvanaga yetishish uchun talab qilinadigan axloqiy barkamollik bir emas, bir necha hayotni taqozo etishi mumkin. Buddaviylik zaminida 3 narsa — Budda (Muqaddaslangan zot), Dharma (ta'limot) va Sangxa (rohiblar jamoasi)ga eʼtiqod qilish yotadi.
Ta'limot qisqacha bayoni :

  1. azob uqubat mavjud

  2. azob uqubat sababi - istak mavjud

  3. azob uqubat tugashi - nirvana mavjud

  4. azob uqubat tugashiga olib keluvchi 8 bosqichli yo'l mavjud

Sangxa jamoasiga qabul etilgan shaxs quyidagi 10 farzni ado etishga qasamyod qiladi: 1) hech kim yoki hech narsani hayotdan judo qilmaslik; 2) yolgʻon soʻzlamaslik; 3) oʻgʻrilik qilmaslik; 4) jinsiy aloqaga kirmaslik; 5) mast qiluvchi ichimlik ichmaslik; 6) kunning ikkinchi yarmidan to ertangi sahargacha ovqat tanovul qilmaslik; 7) uch kiyimdan ortiq hech narsa bilan tanani bezamaslik; 8) ommaviy koʻngilxushliklarda ishtirok etmaslik va tomoshabin sifatida qatnashmaslik; 9) baland va yumshoq oʻrinda yotmaslik; 10) pul ishlatmaslik. Rohiblar jamoasi asosan B. txeravadasi (aynan — oqsoqollar taʼlimoti)ga xosdir. Maxayanada "haqiqat yoʻli" har kim uchun ochiq: rohiblarga ham, dunyoviy kishilar (yaʼni oddiy qavm)ga ham; Buddaga eʼtiqod qilinsa, bas. Kengroq qaralganda, Sangxa — muqaddaslik va qudrat xazinasi. Qisqasi, Buddaviylik — Buddaga ergashib, Dharma talablarini bajarish va Sangxa jamoasining aʼzosi boʻlib qolishdir.
Buddaviylik tarixi 2500-yildan ortiqdavrni oʻz ichiga oladi. Unga dastlab braxmanizm va jaynizmni taʼsiri kuchli boʻlgan. Imperator Ashoka (miloddan avvalgi 3-asr) davrida Buddaviylik kuchli mustaqil din sifatida shakllandi. 9 a. muvaffaqiyatli faoliyat koʻrsatgan. Buddaviylik Hindistonda inqirozga yuz tuta boshladi va pirovardida bu yerda uning oʻrnini xinduizm toʻliq egalladi. Ammo Buddaviylik Shri Lanka, Jan.Sharkiy Osiyo va Markaziy Osiyo orkali Xitoy, Koreya, Yaponiya va Tibetga yoyilib ulgurgan edi. Shri Lanka va Jan.Sharqiy Osiyoning materik qismida Buddaviylik txeravadasi (qad. anʼanalarga sodiqlik), Xitoy, Koreya, Yaponiya va Tibetda esa maxayana (yangicha yondashuvlar) tarkaldi. 15-asrda Osiyo qitʼasida paydo boʻlgan yevropaliklar B. bilan tanishdilar. Ularning baʼzilari Buddaviylikga kirgach, Angliya, Germaniya, AQShda oʻz jamoalarini tashkil etdilar. Xitoylik va yaponiyalik muhojirlar bu eʼtiqodni Gavay orollari va AQShning gʻarbiy sohillariga olib keldilar. Hozirgi paytda AQShga koʻplab yapon va tibet rohiblari hamda olimlarining kirib kelishi natijasida mamlakat boʻylab yirik Buddaviylik jamoalari tashkil topdi. Buddaviylik ning bir necha xalqaro tashkilotlari ham mavjud.
Buddaviylik da kundalik, davriy, maxsus va bayram marosimlari ado etiladi. Monastir, ibodatxona va xonadonlarda ertalabki va kechki ibodatlar uyushtiriladi. Odatda, 12—13 yoshli oʻspirin 20 yoshgacha, yaʼni balogʻatga yetgunga qadar monastirda rohiblikni oʻtaydi, lekin, taxminan ularning uchdan bir qismi umrbod shu maqomda qoladi. Oddiy qevm yoki dunyoviy kishilarning eng asosiy kundalik vazifasi — rohiblarni ovqat bilan taʼminlashdir. Bu bilan ular xayrli xizmat qilgan boʻladilar.
20-asrda jahon boʻylab dunyoviy kishilarni ushbu dinga jalb etish odat tusiga kirdi. Hatto Hindistonning oʻzida ham Buddaviylik dunyoviy shaklda qayta tiklanmoqda. Yaponiyada dunyoviy kishilar "sinsyuko" ("yangi dinlar") deb atalgan oqimlarni (Rossiyada katta shovshuvga sabab boʻlgan "Aum sinrikyo" shulardan) tashkil etmoqdalar. Amerikadagi "yangi buddizm" jamoalari asosan dunyoviy kishilardan tarkib topgan.
Buddizm tarixi tadqiqotchilari mavjud manbalar asosida bu oqim asoschisi real tarixiy shaxs ekanligini taʼkidlaydilar. Bu taʼlimot toʻgʻrisida xabar beruvchi adabiyotlarda u Siddxartxa, Gautama (Gotama), Shakyamuni, Budda, Tadxagata, Jina, Bxagavan kabi ismlar bilan zikr etiladi. Bu ismlar maʼnolari quyidagicha: Siddxartxa — shaxsiy ism, Gautama — urugʻ nomi, Shakyamuni — "Shakya qabilasidan chiqqan donishmand", Budda — "nurlangan", Tadxagata — "shunday qilib, shunday ketgan", Jina — "gʻolib", Bxagavan — "tantana qiluvchi". Ular ichida eng mashhuri "Budda" boʻlib, shundan ushbu dinga buddizm nomi berilgan.

Buddizm taʼlimoti, asosan, uch qismdan iborat: 1) axloq; 2) meditatsiya; 3) donolik.


1 . Axloq normalari — "Pancha shila" (Buddaning besh nasihati):

  • qotillikdan saqlanish;

  • oʻgʻrilikdan saqlanish;

  • gumrohlikdan saqlanish;

  • yolgʻon, qalbaki narsalardan saqlanish;

  • mast qiluvchi narsalardan saqlanish.

2. Meditatsiya.

  • toʻgʻri tushunish (toʻgʻri eʼtiqod qilish) — Buddaning birinchi daʼvatida soʻz yuritilgan toʻrt haqiqatni bilish va unga ishonish;

  • toʻgʻri niyat qilish — dunyoviy lazzat-halovatlardan xalos boʻlishga, keraksiz fikrlar va boshqalarga zarar yetkazib qoʻyishdan saqlanishga intilish;

  • oʻzini toʻgʻri tutish — oʻziniki boʻlmagan narsaga koʻz olaytirmaslik, ortiqcha hissiyotga berilmaslik;

  • toʻgʻri anglash — oʻz tanasi va ruhiga oʻzini yoʻqotib qoʻymaydigan darajada nazoratda boʻlish hamda bunda ehtiroslar va iztiroblarga chek qoʻyish;

  • toʻgʻri harakat qilish — oʻzidagi yomon tuygʻularni jilovlash hamda ezgu tuygʻular va harakatlarni rivojlantirish;

  • toʻgʻri hayot kechirish — noʼmaqul hayot tarzidan saqlanish;

  • toʻgʻri fikr yuritish — kamolotning toʻrt bosqichini ketma-ket bosib oʻtish;

  • toʻgʻri gapirish — yolgʻondan, tuhmatdan, haqoratdan va befoyda gaplardan saqlanish.

3. Donishmandlik — bu buddizmning asosiy maqsadi boʻlib, narsalar tabiatini toʻgʻri tushunishdan iborat.
Yuqorida koʻrsatilgan uch amaliyot bosqichini oʻtagan inson oxir-oqibat oliy saodatga, yaʼni nirvana holatiga erishadi. Nirvana soʻzining lugʻaviy maʼnosi — "oʻchish, soʻnish". Unda hayotning har qanday koʻrinishiga intilish yoʻqoladi.


1.1 Markaziy Osiyo Xalqlarining tarixida buddaviylik muayyan o’rin egallagan. Buddizmning Markaziy Osiyoda tarqalishi miloddan avvalgi II asrlarda Grekbaqtriya podshohligining o’rnida qaror topgan Kushon imperiyasining rivojlangan davriga to’g’ri keladi. Kushon imperiyasi o’zining eng gullagan davrida (I-III asrlar) Markaziy Osiyoning bir qismini, Afg’oniston, Pokiston, Shimoliy Hindistonni o’z ichiga olgan. Buddizm Hindistondan markaziy Osiyoga, undan esa buyuk ipak yo’li orqali Xitoy va Uzoq Sharqqa tarqalgan. Budda dinining qadimdan keng hududlarga tarqalganligini Beruniy ham o’z asarlarida eslatib o’tgan: “Budda e’tiqodi janubga tomon Suriya hududigacha tarqalgan edi, so’ng mazdaizm siquvi ostida budparastlar Eron va Iroqdan Balxning janubidagi mamlakatlarga ko’chib o’tganlar”. O’lkamiz xalqlarining Xindiston bilan Kushon davlati va Eftalit davrida yaxshi yo’lga qo’yilgan savdo-iqtisodiy munosabatlari tufayli hind madaniyati unsurlari bilan Budda dini kirib kelgan. “Buddizm sharqiy Eron va Movarounnahrda qaror topib, Balx hamda Buxorodek azim shaharlargacha etib kelgan.Yorkent, Xo’tan, Qashg’ar, Toshkent, Turfon, Kuchi va Qorashaharda Budda ibodatxonalari qad ko’targan.


1.2 Surxondaryo hududi betakror va sirlidir. O‘rta Osiyoning yuragi hisoblanmish bu yerda buddaviylik yodgorliklari va qadimgi manzilgohlari saqlanib qolgan. Bunday yodgorliklardan biri miloddan avvalgi I-III asrlarga oid Fayoztepa ibodatxona majmuasi hisoblanadi.
Majmua qadimiy Termiz shahri hududida, Amudaryo sohillari va qadimiy karvon yo‘li o‘rtasida joylashgan. IX asrdan boshlab majmua vayron bo‘lishni boshlagan va oxir-oqibat qumtepalar ostida qolib ketgan. 1968 yilda bu hududda Budda haykali topilgan. Shundan so‘ng bu hudud diqqat bilan o‘rganilib, restavratsiya qilib kelinmoqda.
Bir vaqtlar bu yerda uchta katta bino bo‘lgan: ibodatxona, monastir va xo‘jalik xonalari bo‘lgan hovli. Majmua o‘zining ulug‘vorligi bilan hayratga soladi va dizayn yechimlari bilan ajablantiradi. Devorlari chizilgan mavzuli rasmlar bilan bezatilgan bo‘lgan.
Qoratepa - budda g‘or ibodatxonalar majmuasi (mil. 1-3-asarlar). Eski Termizning shim.-sharqiy qismida joylashgan. Dastlab 1926-28 yillarda Moskvadagi Sharq xalqlari madaniyati davlat muzeyi ekspeditsiyasi ochgan. 1937 yilda M.Ye.Masson va Ye.G.Pchelina tekshirgan.
1960-y.larda arxeolog B.Ya. Staviskiy qazish ishlari olib borgan. Hozirda O‘zbekiston-Yaponiya qo‘shma arxeologiya ekspeditsiyasi ish olib bormoqda.
Obida 3-ta tabiiy do‘nglikda qurilgan. Umumiy maydon 8 ga dan ziyod. Jan. Do‘nglikda 15 dan ziyod g‘or majmuasi bo‘lgan. G‘arbiy do‘nglikdagi g‘or maj-muasi5 dan ortiq bo‘lmagan. Shim. do‘nglikning sharqiy qismini yer yuzasi-da joylashgan monumental majmua egal-lagan, g‘arbiy qismini esa yer yuzasiga qurilgan uncha hashamatli bo‘lmagan ibodatxonalar band qilgan.
Qazish paytida Qoratepadan Kushon podsholigi davriga oid sopol idishlar, kosa va ko‘zachalar, mis chaqalar, ohaktoshdan ishlangan me'morlik detallari, plita-lar, sopol chirog‘donlar topilgan. Topil-malar ichida 70 dan ortiq sopol idish siniqlariga hindcha bitilgan yozuvlar va devorlarga chizilgan kushon-baqtriya hamda fors-pahlaviy yozuvlari xarakterli.
Kushon imperiyasi davrining (eramizning I-IV asrlari) yodgorliklari orasida Termizdan 60 km uzoqlikda Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida joylashgan qadimiy Dalvarzintepa shaharchasi alohida o‘rin egallaydi.
Ushbu obyektni batafsil o‘rganish 1967 yilda tarixchilar Galina Pugachenkova va M.E. Masson tomonidan boshlangan. Qadimgi shaharning shimoliy qismida Baqtriya maʼbudasi ibodatxonasi va noyob rasmlar topilgan. Mazkur hududda miloddan avvalgi I asrning boshlarida barpo etilgan budda ibodatxonasining xarobalari topilgan, bu O‘zbekistondagi eng qadimgi buddaviylik binosi hisoblanadi. Kushon imperiyasi davrida bu yerda shaharlar, tumanlar va turar-joylar gullab-yashnagan.
1972 yilda qadimgi shaharchaning ko‘chalari o‘rganilayotganda uy deb taxmin qilinayotgan binolardan birida og‘irligi 36 kg bo‘lgan oltin buyumlar xazinasi topilgan. O‘zining ilmiy ahamiyatiga ko‘ra Dalvarzin xazinasi Britaniya muzeyida saqlanayotgan mashhur Amudaryo xazinasidan qolishmaydi.


2. Xristianlik — dunyoda eng keng tarqalgan diniy eʼtiqod. Yevropa, Amerika mamlakatlarida, Avstraliyada, faol missionerlik xarakati natijasida Afrika, Yaqin Sharqda va Uzoq Sharqning bir necha mintaqalarda keng yoyilgan. Jahonda bu dinga taxminan 2.5 milliard kishi eʼtiqod qiladi. Xristianlikning asosiy gʻoyasi xudo odam —Iso Masih haqidagi rivoyatlar bilan bogʻliq. Xristianlik taʼlimotiga koʻra, Xudo yagona, lekin u muqaddas uchlikda1namoyon boʻladi, deb oʻylashadi. Iso kelajakda tiriklar va oʻliklar ustidan hukm chiqarish uchun oxirat kuni yerga qaytib keladi, deb uqtiriladi. Uning oʻgitlariga, vasiyatlariga amal qilganlar, hayot mashaqqatlariga u kabi bardosh berganlargina narigi dunyoda ajr (mukofot) ga erishadilar. Xristianlikning aqidalari, eʼtiqod talablari, huquqiy va axloqiy normalari, cheklash va taqiqlari Bibliya va boshqa muqaddas kitoblarda oʻz ifodasini topgan. Xristianlik 1-asrning 2-yarmida Rim imperiyasining sharqiy qismida yashovchi yahudiylar oʻrtasida paydo boʻlgan. Ilk Xristian dastlab fetishizmdan ajralib chiqqan. Sharq dinlariga xos ayrim tasavvurlar ham unda oʻz ifodasini topgan. Xristian jamoalarining ijtimoiy tarkibi vaqt utishi bilan ruhoniylar va oddiy jamoa aʼzolariga boʻlingan. Ayrim-ayrim jamoalar oʻrtasidagi aloqalarning mustahkamlanishi yepiskop boshliq cherkovining tarkib topishiga olib keldi. Cherkov katta boylik toʻplab, siyosiy kuchga aylanib borgan. Dastlab xristianlarni taʼqib etgan Rim imperatorlari keyinchalik Xristian tarafdorlari boʻlishdi. 4-asrda Xristianlik Rim imperiyasida mavjud ijtimoiy tuzum va uning tartiblarini himoya qiluvchi davlat diniga aylandi. Rim imperiyasining gʻarbiy va sharqiy qismidagi oʻziga xos tarixiy taraqqiyot Xristian cherkovini ikkiga: katolik (imperiyaning gʻarbiy qismi) va pravoslav (sharqiy qismi) boʻlinishiga olib keldi. Xristianlikning bu boʻlinishi 1054-yilda rasman eʼtirof etilgan boʻlsada, biroq bu jarayon 13-asrning boshlarida tugallangan. 16-asrda Reformatsiya natijasida Yevropadagi qator cherkovlar katolikdan ajralib chiqib, Xristianlikning uchinchi asosiy oqimi — protestav yuzaga keldi. 19-asrning oxirida xristian cherkovlarining missionerlik faoliyati kuchaydi!


2.1 Markaziy Osiyoda nasroniylik uzoq tarixga ega. Markaziy Osiyo xristianligi haqida birinchi eslatma III asrga to‘g‘ri keladi. Ilk oʻrta asrlarda Nestorian xristianligi zardushtiylik va buddizm bilan birga mintaqaning yetakchi dinlaridan biriga aylandi. Xristianlikning tanazzulga uchrashi arablar istilosi bilan boshlanadi, shundan so‘ng nasroniy aholi islomni qabul qiladi. Mintaqada katolik cherkovining missionerlik faoliyati Oliy oʻrta asrlarga borib taqaladi. Oʻrta Osiyoda nasroniylikning qayta tiklanishi 19-asrga toʻgʻri keladi va Oʻrta Osiyoni Rossiya tomonidan bosib olinishi bilan bogʻliq.
Xristianlikning Oʻrta Osiyoga kirib kelishining asosiy yoʻli Forsdan quruqlikdagi yoʻl edi. Uning tashuvchilari ham Fors shohining suriyzabon fuqarolari, ham quvg'inlardan qochgan Rim imperiyasining nasroniylari edi. Hozirgi Markaziy Osiyo hududida nasroniylar mavjudligining dastlabki guvohlaridan biri suriyalik muallif Bardesandir. 196 yildagi matnida u din nomidan oʻz xalqlarining urf-odatlaridan voz kechgan xristianlarning turli guruhlarini sanab oʻtadi va ular orasida Parfiya va Baqtriya nasroniylarini ham tilga oladi. XI asrda yashagan forszabon geograf Beruniy III asrda Xurosonda nasroniylarning paydo bo‘lishi haqida xabar beradi.
Islomgacha boʻlgan Oʻrta Osiyoda nasroniylik turlicha boʻlgan – bu yerda turli konfessiya tarafdorlari: nestoriylar, yakobitlar, melkitlar, “proto-katoliklar”, arman-kalsedoniylar va boshqalar birga yashaganlar.
Xristianlarning Baqtriyada paydo bo'lishi Kushonlar podsholigi davriga to'g'ri keladi. 549-yilda Eftalitlar davlatidan nasroniylar Xosrov Anushirvon saroyiga elchi yuborib, ularga yepiskop tayinlashni iltimos qiladilar. Xuddi shu asrda Eftalitlar davlati turklar va Eron tomonidan vayron qilingan, natijada xristianlik turklar orasida ma'lum bir taqsimotga ega bo'lgan, deb Mabbug'lik Filoksen o'z maktubida xabar bergan. turkiy nasroniylar taqvoda suriyaliklardan qolishmaydi, yig‘ilishlarda muqaddas kitoblarni o‘z ona tillariga tarjima qiladilar.


2.2 Xristianlikning Turkiston oʻlkasida keyingi paydo boʻlishi 19-asrning 40-yillariga toʻgʻri keladi. Oʻrta Osiyoda muqim pravoslav cherkovlarining birinchisi 1847-yilda Sirdaryo viloyatidagi Raim istehkomida qurildi. Shundan keyin Avliyoota (1866), Julek va Marki (1866), Turkiston (1866), Chinoz (1868), Oʻratepa (1867) istehkomlari, Toshkent (1865), Chimkent (1868), Jizzaxda (1866) pravoslav jamoalari tashkil qilinib, ularda doimiy harbiy ruhoniylar faoliyat olib bordilar. Soʻngra Zarafshon okrugiga qarashli Samarqand va Kattaqoʻrgʻonda ham jamoalar shakllandi.
1871-yil Rossiya imperatorining farmoniga binoan, Turkiston yeparxiyasi tashkil etilib, uning markazi Verniy (hozirgi Olmaota) shahrida joylashdi. 20-asr boshlariga kelib Turkistonda 306 pravoslav cherkovi bor edi. Bundan tashqari, oʻlkada 10,1 ming staroobryadchilar, 8,2 ming lyuterchilar, 7,8 ming katolik, 26 ming yaxudochilar, 17,1 mingga yaqin boshqa dinga mansub kishilar istiqomat qilar edi.
1916-yilning oxiriga kelib yeparxiya markazi Toshkentga koʻchirildi. Bu vaqt Toshkentda 16 ta cherkov faoliyat koʻrsatar edi.

1936-yilda Rus Pravoslav cherkovi Patriarxining qaroriga asosan, yeparxiya Toshkent va Oʻrta Osiyo hamda Olmaota va Qozogʻiston yeparxiyasi nomi bilan 2 ga ajratildi. Toshkent va Oʻrta Osiyo yeparxiyasi tasarrufiga Oʻzbekistondan tashqari Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmanistondagi rus pravoslav cherkovlari ham kiradi. Hozirgi kunda Oʻzbekistonda Xristianlikning turli oqimlariga mansub dindorlar yashaydi.


Islom dini kirib kelishidan avval Oʻrta Osiyoga Iso Masih taʼlimoti baʼzi bir Yevropa mamlakatlaridan oldin yetib kelgan.


1 Muqaddas uchlik, — 1) xristianlikning asosiy aqidalaridan biri. Unga koʻra, xudo mohiyatan yagonadir, lekin u uch qiyofada namoyon boʻladi: ota-xudo, oʻgʻil-xudo, muqaddas ruh-xudo.


Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling