Mezolit va neolit davrida O‘rta Osiyo Kalit so’zlar


Download 43 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi43 Kb.
#1494717
Bog'liq
Mezolit va neolit davrida O‘rta Osiyo 45708


Mezolit va neolit davrida O‘rta Osiyo
Kalit so’zlar:
Ibtidoiy jamoa, chopper, mikrolit, tosh davri, mis-tosh davri, bronza davri, temir davri, matriarxat, ibtidoiy to’da, ururchilik jamoasi, boltalar asri, o’zlashtiruvchi xojalik.

Insoniyat tarixiy taraqqiyotida Mezolit deb atalmish davr o'ziga xo sbir davr xisoblanadi. «Mezolit» Yunoncha so'z bo’lib, «mezos» - «o'rta», «litos» - «tosh» birikmalaridan tashkil topgan va «o'rta tosh» davri manosini anglatadi. Bu davr olimlarning xulosalariga ko’ra bundan 12-10 ming yillar ilgari boshlanib 7-5 ming yillikkacha davom etgan, mezolit davrida Markaziy Osiyo iqlimiissiqlasha borgan, yog'ingarchilik Ko’p bo’lgan, daryo bo’ylari va botqoqliklarida to'qay va o'rmonlar vujudga kelib, o'simliklar va hayvonot dunyosi asta-sekin hozirgi zamon hayvonlari va o'simliklari qiyofasini ola boshlagan. O'rmonlarda Buxoro bug'ulari, los, ayiq, to'ng'iz, cho'l va adirlarda esa sayg'oq, qulon, ot, ho'kiz to'dalari yurardi. Bu davrda ovchilik hayot manbai xisoblanar edi. Bu borada o'q-yoyning kashf etilishi katta aham iyat kasb o’tdi. O'q-yoy inson kashf etgan birinchi mexanizmidir. O'q-yoy odamning tabiat kuchlariga qarshi kurashda buyuk burulish bosqichi bo’ldi, ovchilik endi yangicha mazmun kasb o’tdi va uning Yangi usullari pay do bo’ldi. Ovdn keladigan daromad manbai Ko’paydi, ovdan qo'lga kiritilgan hayvonlarning istemoldan ortiqchasi qo'lga o'rgatila boshlandi. Inson qo'liga o’rgangan va u bilan do'stlashgan dastlabki hayvon itdir. It bilan bir vaqtda odamlar bug'uni ham qo'lga o'rgatganliklari arxeologiyaga oida manbalarda qayd etiladi.1


Mezolit davrining o'ziga hos yana bir xususiyati shuki, bu davrda ovchilikning aham iyati oshishi bilan birga termachilikning o'rni ham ortdi. Bu davr termachiligi qadimgi tosh davri termachiligidan keskin farq qilar edi. Bu davrda endi odamlar o'simliklarni ildizi bilan birga istemol qilmasdan, balki ularni saralab shirin va mazali o'simliklarni istemol qilishni o’rgandilar. Bu hoi odam tanasining sifat jixatidan tozalanishi va kamol topishiga, inson aqli va tafakkurining o'sib rivojlanishiga ijobiy tasir ko'rsatdi. Termachilik bilan asosan ayollar shug'ullanardilar.
Mezolit davrida Markaziy Osiyoning deyarli barcha tumanlari xususan ikki daryo oralig'i aholi yashashi uchun juda qulay imkoniyatlarga ega joylar bo’lgan. Farg'ona vodiysining tog'li va tog' oldi tumanlarida, Markaziy Farg'onaga vujudga kelgan katta va kichik ko'llar bo’ylarida mezolit davri ajdodlarining juda qo'plab manzilhoxlari topildi. Olim U.islomov va uning ham kasblari bu xududda 1970-1980 yillarida keng miqyosda arxeologiyaga oid qidiruv ishlarini olib bordilar va So'x yaqinida Obishir nomi bilan aholi o'rtasida malum bo’lgan ungurlarda mezolit davri jamolarining qarorgohlarini kashf etdilar. Bu joylar hozir tarix fanimizda Obishir - 1 va Obishir - 2 nomlari Bilan ataladi. Ayniqsa Markaziy Farg'onada 100 dan ortiq mezolit davri yodgorliklari topildi. Ularning asosiy qismi qadimgi ko'l yoqalarida joylashgandir.2
Mezolit asriga oida boshqa guruh yodgoliklari Toshkentning Sariqamish tumanida qadimgi Bo'zsuv havzasida ham topildi. Bunda ham arxeolog olim U.Islomov olib borgan ilmiy qidiruv ishlari o'z natijalarini berdi. Bulardan tashqari O'zbekistonning Surxandaryo viloyati Ayritom, Kataqo'rg'on, Zaranchuk-gut, Dukanxona, Eski Termiz, Podaxona, Oqtosh, Ko'xitongning Machay soyi ustida qad ko'targan qoya ostidagi g'orda ham mezolit davriga oid arxeologiyaga doir malumotlar topib o’rganildi.
1970-1971 yillarda Machay g'orini tekshirgan olim U.Islomovning fikricha, machayliklar shoxli mayda hayvonlar xonakilashtirganlar. Bu g'ordan topilgan malumotlar ushbu yodgorlikning mezolit davrining eng so'nggi bosqichi va ilk neolit (yangi tosh) davriga tegishli ekanligini tasdiqlamoqda.
Mezolit davri odamlarining diniy tasavvurlari haqida Qayla, Tutkaul, va Machay qabristonlaridan topilgan yodgorliklar malumot beradi. Har uchchala qabriston ham mezolit davrining so'nggi bosqichi - ilk neolit davriga to'g'ri keladi. Qayla g'ori yaqinidagi qabristonda tana suyaklari chalqanchasiga yotqizilgan bo’lib, oyoqlari bir oz bukilgan. Dafina ustiga qizil rang (oxra) sepilgan. Ularning yon verida dengiz chig'anoqlaridan qilingan taqinchoqlar, bosh tomonda esa mayda toshmunchoqlar terib qo'yilgan. Tutkaulda 4 ta, Machayda 7 ta qabr qoldiqlari ochilaganda ularda ham xudi shu xolat kuzatilgan.
Mezolit davri odamlar tasavvurida «narigi» dunyoga ishonish, olovga talpinish aloxida aham iyat kasb etgan. Buni Qayla qabristonidan topilgan mayitga sepilgan qizil rang bo’yog'i isbotlaydi.
Ibtidoiy rassomlar odamlarning tabiat kuchlariga munosabatlarini, dunyoqarashlarini qoyalarga chizilgan rangli suratlari orqali ifodalaganlar. Shu xildagi
Xullas Zarautsoy qoya suratlari mezolit davri rassomlarining dunyoqarash doirasini, ularning diniy tasavvurlarini, o'sha davr mafkurasi darajasini tasviriy sanatda qay darajada aks ettira olganliklari haqida fikr yuritish uchu nasos bo’ladi.
Insoniyat o'z taraqqiyot yo’lida mezolit davridan so'ng Neolit deb atalmish davrni ham o'tkazdi. «Neolit» Yunoncha so'z bo’lib, «neo» - yangi va «lit» tosh, yani «yangi tosh» davri degan manoni anglatadi. Neolit davri mehnat qurollariga ishlov berishda silliqlash, pardozlash, zarralash va parmalash usullarining ixtiro etilishi etiborga loyiqdir. Bu narsa ibtidoiy ishlab chiqaruvchi kuchlarining oldingi davrlarga nisbatan tezroq rivojlanishiga imkoniyat yaratdi. Yangi mehnat qurollari: toshboltalar, ponalar, tosh-teshalar, iskanalar paydo bo’ldi. Shu boisdan Ovro'pa olimlari hatto neolit davrini «boltalar asri» deb atashni ham taklif etgan edilar. Toshboltalar daraxt kesishda uy qurilishi ishlarida ovchilikda o'zining tengi yo'q mehnat quroli ekanligini isbotladi.3
Mehnat qurollari ancha takomillashgan neolit davriga kelib odamlarning yuqori paleolit, ayniqsa mezolit davridagi singari daydi xayot kechirishlariga zaruriyat qolmadi. Ular g'troq xayot kechirishga o'tdilar. Bu davrga kelib doimiy yerto'lalar, kulbalar qurish, loydan, guvaladan uylar solish, qishloqlar barpo etish neolit davri odamining asosiy odatiga, turmush tarziga aylanib bordi. Ana shu tariqa doimiy g'troqlik xo'jaligi vujudga keldi. Bu hoi dehqonchilikning kelib chiqishiga, cho'lli mintaqalarda, azim daryo va ko'l bo’ylarida o'troq ovchilik xo'jaligining qaror topishiga sabab bo’ldi, chorvachilik qaror topdi.
Yangi tosh davri jamoalari hayotida pay do bo’lgan yana bir yangilik - bu bo’lajak hunarmandchilik ho'jaligining muhim tarmog'i xisoblangan sopol buyumlar (keramika) ishlab chiqarishning kashf etilishi bo’ldi. Insoniyat hayotida kata voqea bo’lgan bu yangilikka asoslanib ayrim arxeologlar, hatto neolit davrini «sopol asri» deb atashni ilgari surganlar.
Neolit davri kashfiyotlaridan yana biri xunarmandchilikning vujudga kelishidir. Endi ibtidoiy odamlar faqar hayvon terilaridan yasalgan kiyim -kechaklarnigina emas, balki uning junidan ham da o'simliklar tolasidan to'qilgan matolardan kiyim-kechaklar tikib kiyadigan bo’ldilar. Bu davrda jamoada hali ibtidoiy urug'chilik «kommunasi» xukmron bo’lib, ona urug'i davom etar edi. Shu boisdan dunyo olimlari neolit darini matriarxat urug'chilik tartiblarining gullagan davri, deb baho beradilar.4
Bu davrda matriarxat urug' jamoasining guruhli nikoh doirasida juft oila qurish vujudga keldi. Ayollar tug'ilgan farzandlarining otalaridan o'z urug' jamoasi manfaatiga ishlab berishni talab qiladigan bo’ldilar. Ana shu tariqa ichkuyovlik mazmunidagi juft oilaning dastlabki ko'rinishlari shakllandi. Endi ayollar o'zlari uchun aniq sherik tanlab, jinsiy aloqalar asosan ana shu doimiy sheriklar Bilan amalga oshiriladigan bo’ldi. Bu oilada ayolning huquqi cheklanmagan bo’lib, erkaklar ularga qaram bo’lganlar. Markaziy Osiyo hududlarida xo'jalik miloddan oldingi 5 ming yillikning boshlariga kelib ikki yo'nalishda rivojlanib borgan. Jumladan, Turkmanistonning Kopedtog' etaklarida qabilalar madaniy o'simliklarni o'stirishga o'ta boshlaganlar. Markaziy Osiyoning Shimoliy dasht va cho'l xududlarida yashagan qabilalar esa ovchilik va baliqchilik bilan shug'ullanganlar. Dehqonchilik uchun juda kulayliklarga boy hududlardan biri Ashgabatdan 40 km lar cham asi Shimoli-g'arbda joylashgan, turkmanlar Chaqmoqli deb atagan joy edi. Bu yeming - «Chaqmoqli» deb atalishining boisi Shundaki, turkman cho'ponlari bu joydan chaqmoqtosh terishar ekan. Chaqmoqli asli o'z atrofidan baland bo’lib, uning ustini 2-3 metrli ko'chma qum bosgan. 1952 yilda olib borilgan arxeologiyaga oid ishlar chaqmoqli tepaligi neolit davri dehqon jamoalarining qarorgohi ekanligini aniqlashga yordam berdi. 1956-1957 yillardan etiboran arxeolog V. M. Masson olib borgan bu yerdagi izlanishlar tarix va arxeologiya fani vchvn katta natijalar berdi. Bu yerda guvaladan yasalgan bir xonali, devor osti uchog'i va markazida sandal kuldoni - chuqurchali kulbalar topildi. Uning devorlari somonli loy bilan shuvalgan, hatto guvalaga somon ham qorishtirilganligi aniqlandi. Xonaning to'rt tomoni supali bo’li6, u yotish va dam olish uchun mo'ljallangan. Xonalar orasida tor yo’laklar bor. Bu yo’lak va xonalardan nami yuqorida tima olingan chaqmoq toshdan ishlangan yuzla6 tosh qurollar topib o’rganildi. Chaqmoqtoshlar sochilib yotgan joy keng taqir joy bo’lib, unda bahorgi yomg'irdan so'ng ko'lmak suvi to'plangan. Oydin kechada ko'lmak suvi qop-qora bo’lib ko'ringani uchun turkman cho'ponlari bu joyni «joyi tun», yatni qorong'i joy deb nomlaganlar. Ana shu tariqa bu joy fan olamiga «Joyi tun madaniyati» nomi. bilan kirdi. Joyi tun (Joytun) madaniyatini o’rganish chog'ida bu yerda juda ko’plab mehnat qurollari - qistirma o'roq pichoq suyakdan ishlangan igna, bigiz va boshqa anjomlar topildi. Joytunni o’rganish jarayonida uning atrof tumanlarida ham arxeologiyaga oid qidiruv ishlari yo’lga qo'uyildi. 5Natijada Joytun madaniyatiga doir o'nlab neolit jamoalarining qarorgohlari (Nayzatepa, Vami, Chupontepa va boshqalar) ochildi va o’rganildi. Bu yer aholisi dehq.onchilik, chorvachilik bilan ham shug'ullanganlar. Chorva hayvonlari: qoramol, qo'y va echkilarning suyak qoldiqlari Joytun va shu madaniyatga daxldor bo’lgan barcha yodgorliklardan topilgan. Joytun madaniyatining yoshi olimlarniyu hisob-kitoblariga ko’ra, bundan 7-8 ming yil burun o'tgan, yatni uning yoshi miloddan awalgi VI- V ming yilliklar bilan o'lchanadi. Bulardan tashqari, akademik olim S. P. Tolstov tomonidan qadimgi Xorazm yerlarida, Amudaryoning quyi havzasida «Kaltaminor madaniyati» nomi bilan tarixga kirgan, madaniyat yodgorligi topildi. Bu madaniyat Xorazm hududidagi Jonbosqala nomi bilan matlum bo’lgan 4 ta makonii tekshirish orqali aniqlandi va o'sha makon yaqinidagi joy nomi bilan Kaltaminor madaniyati nomini oldi. Bu milodimizdan ilgarigi IU-111 ming yillikda yashagan ovchilar va baliqchilar jamoasi madaniyatidir. Kaltaminorliklar sopol buyumlar ishlab chiqarishda ham ustasi farang bo’lganlar. Xo'jalikning uchinchi tarmog'i termachilik bo’lgan. Buni manzilgohdan topilgan jiyda urug'lari tasdiqlaydi.6
Neolit davri madaniyati topilmalari Vatanimizning ZarafshonJ_Qashqadaryo vohalari va boshqa hududlarda ham mavjud va ular olimlar tomonidan o’rganilgan.


Foydalanilgan adabiyotlar


1.Karimov I. Milliy mafkura - mamlakat kelajagi poydevori. “Xalq so’zi” gazetasi, 7 aprel, 2000 yil.


2. KarimovI. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”, T.”Sharq”, 1998.
3.KarimovI. “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard
maqsadimiz” “Ishonch” gazetasi, 25 yanvar 2000 yil
4.O’zbekiston tarixi (1-qism), T.”Universitet”, 1997.
5.O’zbekiston tarixi (talabalar uchun qisqacha maoruzular matni), T.,
“Universitet”, 1999.
6. Shamsutdinov R, Karimov Sh. Vatan tarixi (birinchi kitob) T.; “Sharq” 2010.



1 1.Karimov I. Milliy mafkura - mamlakat kelajagi poydevori. “Xalq so’zi” gazetasi, 7 aprel, 2000 yil.

2 2. KarimovI. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”, T.”Sharq”, 1998.

3 3.KarimovI. “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz” “Ishonch” gazetasi, 25 yanvar 2000 yil



4 4.O’zbekiston tarixi (1-qism), T.”Universitet”, 1997.

5 5.O’zbekiston tarixi (talabalar uchun qisqacha maoruzular matni), T., “Universitet”, 1999.

6 6. Shamsutdinov R, Karimov Sh. Vatan tarixi (birinchi kitob) T.; “Sharq” 2010.

Download 43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling