Abdulla Avloniy (1878—1934) o‘zbek milliy madaniyatining yi-rik namoyandasi, ma’rifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, olim, davlat va jamoat arbobi Toshkentda tug‘ilgan. Maktabda, so‘ng madrasada tahsil olgan, arab, fors, rus tillarini chuqur egallagan. Avloniy jadidchilik harakatining faollaridan bo‘lib, yangi usulda maktablar ochgan, ularda o‘zi dars bergan, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari yozgan. U «Taraqqiy», «Shuhrat» (1907), «Osiyo» (1908), «Turon» (1917) gazetalarini nashr etgan, 1913 yilda «Turkiston» teatr truppasini tuzgan, O‘zbekistonda zamonaviy teatr san’ati shakllanishiga katta hissa qo‘shgan. 1930-34 yillarda O‘rta Osiyo davlat universitetida kafedrani boshqargan. Asarlari: «Birinchi muallim»; «Ikkinchi muallim» (o‘quv kitobi); «Turkiy Guliston yohud axloq» (darslik); «Maktab gulistoni»; «Mardikorlar ashulasi»; «Sabzavor» tazkirasi; «Hurriyat marshi» she’ri, «Afg‘on sayohati»; «Advokatlik osonmi?» dramasi; «Pinak» komediyasi; «Biz va siz; «Ikki sevgi» (fojiyaviy asar)
Do'stlaringiz bilan baham: |