1. Maktab umumta’lim kurslari integrativligining mohiyati. Integratsiya – o‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalashga yangi yondoshuv


Bu holatda nutq o‘stirish erkin sharoitda, hozir o‘qilayotgan ob’ektlarga bo‘lgan jonli qiziqish asosida o‘tadi. 2


Download 58.9 Kb.
bet3/16
Sana30.04.2023
Hajmi58.9 Kb.
#1403586
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
innovatsiya22

1. Bu holatda nutq o‘stirish erkin sharoitda, hozir o‘qilayotgan ob’ektlarga bo‘lgan jonli qiziqish asosida o‘tadi.
2. Tabiatshunoslik, o‘qish, husnixat va matematika nutq o‘stirish uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
I.G.Pestalotssi ta’kidlaganidek «... aql notinch sezgili idrok qilishdan aniq tushunchalarga ko‘tariladigan manbadir». Bu tushunchalarni anglash esa nutq san’ati bilan birga yuradi. Erkin tabiat obrazlari bolada mantiq bilan birga ta’sirchanlikni ham rivojlantiradi.
Har bir darsda nutq o‘stirish masalalari hal qilinadi, bunda o‘rganilayotgan materialning o‘ziga xosligi va nutq o‘stirish masalasini tanlashning maqsadga muvofiqligi hisobga olinadi. O‘quvchilar bunday darslarni juda yaxshi ko‘radilar. Ular ko‘p yangi, kerakli tushunchalar beradi, tasavvurlarini tartibga soladi, o‘quvchilar boshqa darslarda olgan bilimlaridan foydalanishlari zarur bo‘lgan holatlarni yaratadi. Bunday holatda bolalar o‘rganilayottan materialni yaxshiroq o‘zlashtiradilar, bilimlar tizim holiga keladi va o‘quvchilar uchun juda zarur bo‘lib qoladi.
SHu bilan bog‘liq integratsiyalangan dars taklif kilinadi, u o‘quvchilar uchun tushunarli va olingan bilimlarni yangi o‘quv sharoitida ishlata bilish ko‘nikmasini shakllantirishga yordam beradi.
3. Boshlang‘ich sinflarda integratsiyalangan ta’limni amalga oshirish metodikasi (uslubi)
Integratsiya, integratsiyalash jarayonlari zamonaviy maktabga kirib kelib, faqat uning mazmunini emas, balki kichik maktab o‘quvchilarini ekologik ta’limining tashkiliy shakl va uslublariga ham faol kirib boryapti. O‘qituvchi bilim olish jarayonini shunday tashkil etishi kerakki, unda o‘quvchilar ko‘proq mustaqil izlanishlari, o‘z harakat va faoliyatlarining oqibatlarini oldindan bilishga o‘rganishlari, bahs-munozaralarda ishtirok etishlari, tabiiy va ijtimoiy muhitni obodonlashtirishning amaliy ko‘nikmalarini egallashlari kerak. SHuning uchun o‘qish vaqtining yarmini o‘quvchilar tabiat va ijtimoiy muhitda o‘tkazishlari, amaliy ijodiy va tekshirish ishlari olib borishlari kerak. Bu vazifani ta’limning turli shakllari bajarish mumkin: kuzatishlar, tajriba va sinovlar o‘tkazish, san’at asarlarini qayta tiklash, modellashtirish, ijtimoiy muhitdagi o‘z harakat va faoliyatlari natijasini ko‘ra bilish, kitob bilan ishlash.
O‘qituvchi dars samaradorligini oshiruvchi, matematika, rus tili, o‘qish, tabiatshunoslik fanlarini o‘qitishning turli-tuman usul va shakllariga ega. Har bir dars o‘quvchiga ilmiy bilim, tasavvur va tushunchalarning ma’lum bir yig‘indisini berishi hamda tarbiyalash va rivojlantirishi kerak. Dasturdagi materialni ular dars davomida o‘zlashtirishlari kerak. Bu o‘quvchilarning o‘quv mashg‘ulotlari bilan ortiqcha yuklanmasligining muhim shartidir, chunki yaxshi o‘zlashtirilgan dars uy vazifasini bajarish uchun ketadigan vaqtni ancha qiskartiradi. Bu holatdagi asosiy prinsip: kichik maktab o‘quvchilarining eng muhim vazifasi – o‘qish, mustahkam bilim olish, darsdagi vazifa esa o‘qituvchi boshchiligidagi mehnat. Bundan tashqari dars tashkil qilishda, uni o‘tkazish metodlarini tanlashda bir xil qolipdan foydalanish.



Download 58.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling