1. Maktab umumta’lim kurslari integrativligining mohiyati. Integratsiya – o‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalashga yangi yondoshuv
- Mavzu: Ta’lim jarayonida integrasiya turlari
Download 58.9 Kb.
|
innovatsiya22
6- Mavzu: Ta’lim jarayonida integrasiya turlari
Reja: 1.Tabiatshunoslik darsida. 2. O‘qish darslarida. 3. Ona tilidarsida 4-sinfning tabiatshunoslik darsligida O‘zbekistonninggeografik o‘rni, o‘rmonlari, hayvonot olami, erosti qazilma boyliklari haqida matnlar berilgan bo‘lib, bolalar bu matnlarni o‘qib, gapirib berish davomida nutq o‘stirish jarayoni ro‘y beradi. Shu kabi odobnoma darsida hambir qancha odob-axloqgaoid matnlar,she’rlar, hikoyalar, hikmatli so‘zlar berilgan bo‘lib, bularni ham o‘quvchi o‘qish, gapirish jarayonida nutqo‘stiradi va bularning barchasi integratsiyadir. Masalan, 3-sinfning odobnoma darsida 4-darsning mavzusi «Qarilik donolik» (1 soatlik) berilgan. Bu darsda o‘qituvchi «Qobusnoma» kitobini ko‘rsatib, undan qariyalar haqida, «Qariik va yigitlik sifati zikrida» bobi o‘qib beriladi va muhokama etiladi. Xalq maqollaridan misollar keltirib, axloqiy tarbiya beriladi. O‘qish darsligining deyarli ko‘p mavzulari ahloqiy tarbiyaga qaratilgan. 4-sinfning o‘qish darsligida «Salomlashish odobi» degan mavzu bor. Bunda O‘qish va Odobnoma darslari integratsiyasini ko‘rish mumkin. Salom – salomatlik ma’nosini ifodalaydi. Agar sendan necha mavridda salomlashish kerak, deb so‘rasalar, etti holatda deb javob bergin. Avvalo yoru-do‘stlarni, katta-kichiklarni, aka-ukangni ko‘rganda salom berishing lozim... Ikkinchi jamoat joylariga borganingda salom berishing kerak. Uchinchi biror xonadonga borsang u erga salom berib kirgin. To‘rtinchi bir erda jam bo‘lib o‘tirgan kishilar davrasiga kirsang salomlashgin. Kishilar huzuridan turayotganingda ham salomlashishni unutma, uni xayrlashish salomi deyiladi. Oltinchi maqbaraga, qabristonga borsang, salom ber. Ettinchi o‘z xonadoningga salom berishni kanda qilma... Ona tili darsligida ham ko‘p mashqlar ahloqiy tarbiyaga qaratilgan. 4-sinf ona tili darsligini olsak «Olmosh so‘z turkumidir» mavzusida Olmoshlarnitopib,o‘zibog‘langanso‘zbilanbirga ko‘chiring. O‘qituvchi bu she’rni o‘qib berar ekanaxloqiy tomonlariniochib berishi kerak. Axloqiy tarbiya tabiatshunoslik darsidaham olib boriladi. 4-sinf darsligida «Tog‘ o‘rmonlari va o‘tloqlari» mavzusida: Tog‘larda dam olish vaqtida va turistik poxodlarda tabiatnijuda avaylab, ehtiyot qilish zarur, daraxtlarga zarar etkazish, shox-novdalarni sindirish, gullarni yulib dastalash, qushlar bilan hayvonlarni bezovta qilishmutlaqo yaramaydi. Bularni diqqat bilan kuzatib borish, fotosuratini olish lozim. Ana shunda shu tog‘larda dam olganingiz to‘g‘risida uzoqyillarga xotira qoldirish imkoniga ega bo‘lasiz. O‘rmonda gulxan yoqish mumkin emas. CHunki, gulxanlardan ko‘pincha o‘rmonga yong‘in chiqib, odam uchun qimmatli bo‘lgan o‘simliklargina emas, balki hayvonlar ham nobud bo‘ladi, degan satrlar berilgan. Mehnat darsida ham bolalarga ovqatlanish odobi, mehmonkutish odobi, kiyinish odobi, dasturxon tuzatish odobi kabi axloqiy tarbiya me’yorlari o‘rgatib boriladi. Ekologik tarbiya – bu insonni tabiatga dastlabki qadam qo‘ygankunidan boshlab, butunhayoti davomida tabiatdanongli ravishda foydalanishga, psixologik, ahloq-odob yuzasidan xalqimizning tabiatga hurmat va e’tibor bilan qaraydigan urf odatlarini, udumlarini tarbiyalash, tabiiy boyliklarni ko‘paytirish, bog‘-rog‘lar, gulzorlar tashkil qilish orqali uning qalbida yaxshi xislatlar uyg‘otishdan iboratdir. Bu ekologik tarbiya ham integratsiyaga yaqqol misol bo‘la oladi. Ekologik tarbiya tabiat fanida asosan olg‘asurilsa ya’ni bilim, ko‘nikma, malaka hosil qilsa, o‘qish, ona tili, matematika, odobnoma, musiqa darslarida uni mustahkamlab, to‘ldirib boriladi. Masalan: tabiat darsida ekologik tarbiya bir necha matnlar orqali ko‘rsatib berilgan 4-sinfning darsligida «Suv va havoni muhofaza qilish». Suv va havo bo‘lmasa butun jonzot yashay olmasligini hamma biladi. Har qanday tirik organizm tarkibida suv bo‘ladi. Bolalarga ekologik tarbiya o‘qish darsida ham o‘rgatiladi. 4-sinf o‘qish darsligida «Buzilmagan uya» mavzusi bor. Bunda:bir bolabog‘da ishlayotgan bobosigaovqat ola keta turib yuldao‘rtoqlarini uchratadi. O‘rtoqlari qush ovlagani ketayotganini aytadi va uni ham bu yo‘lga tortishadi. Lekin bola kechikayotgani va bobosining qorni ochib qolishi mumkinligi tufayli u o‘rtoqlari bilan ketmaydi. Bobosiga ovqat etkazib, ularga daraxt payvand qilgani yordamlashadi. Ular birga uyga keta turib yo‘lda o‘rtoqlarini uchratadilar. O‘rtoqlari esa qush uyasini buzaman deb, daraxt butog‘iga o‘ralib, chumchuq bolalarini eyishga payt poylab turganilondan qo‘rqib, daraxtdan yiqilib qochib ketayotgan edilar. Bola bobosi bilan erda yoyilib yotgan chumchuq bolalariga yordam berib, ilonni o‘ldirib, o‘rtoqlarining qilgan ishidan nafratlangan holda uyga qaytadilar. Endi ekologik tarbiyani Ona tili darsida ko‘rib chiqsak. 4-sinf ona tili darsligida «Turg‘un bobom» nomli she’r berilgan. Bu she’rda ekologik tarbiya olg‘a surilgan. Turg‘un bobom Keng bepoyon vodiylarni, Ko‘rkam yoz bezar, Tun qo‘ynida Turg‘un bobom, Dalani kezar. Qo‘lidagi katta ketmon, Yarqirab kunda, Egatlarga shildiratib, Suv quyar tunda. O‘zi juda ishga chaqqon, Taniqli suvchi, Uni sevar har dehqon, Har bir o‘quvchi. Zilol suvlar paxtazorda, Shildirab oqar, Gullayotgan ko‘m-ko‘k g‘o‘za, Bobomga boqar. Matematika fanini ham ekologik tarbiyaga misol qilib olsak bo‘ladi. 4-sinf darsligida: «Hajmlarni o‘lchash» mavzusida O‘quvchilar bo‘yi 40 metr, eni bo‘yidan 10 metr qisqa maydonda bog‘ barpo etishdi. Bog‘ maydonining yuzini toping. Bog‘ atrofini qanday uzunlikdagi devor bilan o‘rash kerak? Shu kabi odobnoma darsida ham ekologik tarbiya yuzasidan matnlar, darslar berilgan. 3-sinfda «Ona tabiat –go’zallik manbai» nomli uch soatlik bo‘lim berilgan bo‘lib, bular: "Gullar rangni qaydan olar", "Qanotli me’morlar", "Tabiatni asrash odobi" nomli mavzulardir. O‘qituvchi bu mavzularni o‘tayotganda, tabiat haqida, ekologik tarbiya haqida ma’lumot beradi. Estetiktarbiya–bu o‘quvchilarni voqelikdagi, san’atdagi, tabiatdagi, kishilarning ijtimoiy va mehnat munosabatlaridagi, turmushdagi go‘zallikni idrok qilish hamda tushunishga o‘rgatish, ularning badiiy didini o‘stirish, ularda go‘zallikka muhabbat uyg‘otish va hayotiga go‘zallik olib kirish qobiliyatlarini tarbiyalashdir. Estetik tarbiya o‘quvchilarda estetik bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish hamda, estetik his-tuyg‘u, qiziqish, ehtiyoj, baho berish kabi xislatlarni tarbiyalash masalasini o‘z ichiga oladi. Estetik tarbiya bo‘yicha asosiy fan musiqa bo‘lib, rasm ya’ni tasviriy san’at bo‘lib, jismoniy tarbiya, mehnat, o‘qish, ona tili uni to‘ldirib mustahkamlab boradi. Masalan: tasviriy san’at darsida did, ya’ni estetik did bilan rasm chizadi va estetik mulohaza bilan yondashadi. Mehnat darsida ham bola estetik tarbiya orqali yondoshadi. Masalan, qizlar kashta tikishniestetik did bilan tikadilar yoki dasturxon tuzatayotganda yoki kiyim tikayotganda. Estetik tarbiyaga misol qilib jismoniy tarbiya darsini olsak, asosiy mashqlardan biri: tik turgan holda yurish va bayroqchalar bilan mashq qilish darsning maqsadi bo‘lsa, bu holatni bajarayotganda estetik mulohaza bilan, oyoq uchida asta-sekin ko‘tarilib, bayroqchalarni yon tomonlarga va keyin yuqori tomonga ko‘tarib estetik qiziqish bilan bajaradilar. Yuqoridagi misollarni ko‘rib shuni aytish mumkinki, demak fanlararo integratsiya mavjud,ya’ni fanlararo uzviylik, bog‘liqlik mavjud. Chunki, biror fanning maqsadi, ya’ni bolalardagi nutq o‘stirish, ahloqiy tarbiya, ekologik tarbiya, estetik tarbiya barcha fanlarda o‘z aksini topgan. Download 58.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling