1. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi predmeti va uning vazifalari Maktabgacha pedagogikaning vazifalari


Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanining barkamol insonni tarbiyasidagi o’rni


Download 19.68 Kb.
bet2/2
Sana22.02.2023
Hajmi19.68 Kb.
#1221228
1   2
Bog'liq
1-2-mavzular

2.Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanining barkamol insonni tarbiyasidagi o’rni.
Tayanch so’zlar: Tarbiya, komil inson, maqsad, tafakkur, ma’rifat, saxiylik, axloqiy kamolot, bilish jarayonlari.
Tarbiya –inson hayotida o’zo’zini idora qilish me`yolarini, boshqalar bilan munosabatda bo’lish madaniyatini, halol ishlab, to’g’ri hayot kechirish mezonlarini o’rgatadi. Bizning Turon zamin xalqlari tarbiya sohasida boy an’analarga ega. Tarbiyaga oid dastlabki fikrlar “Avesto”kitobida , qadimgi bitiklarda va Beruniy, Farobiy, Ahmad Yassaviy, Amir Temur , Navoiy , Bobur , Abdulla Avloniy singari buyuk allomalarimizning asarlarida jamlangan.
Forobiy ham o’zining «Fozil odamlar shahri», «Davlat arbobi o’gitlari» kabi asarlarda ijtimoiy muammolarga to’xtalar ekan, inson va uning tarbiyasi muammosiga alohida e`tibor qaratadi. Uning falsafiy tizimida bu muammo eng muhim va murakkab sanalgan. Forobiy fikricha, inson komil bo’lishi uchun tafakkuri yuksak darajada rivojlangan bo’lishi lozim. Tafakkur shu qadar bo’lishi kerakki, u insonga bir nimani xabar qilganda, inson shuurida ham, ongida ham o’sha narsa abadiy muhrlanib qolishi lozim.
Farobiy bilimidan ma’rifatli yetuk odamning obrazini tasvirlar ekan, bunday deydi: «Har kimki ilm xikmatni o’rganmagan desa, uni yoshligidan boshlasin, sog’ – salomatligi yaxshi bo’lsin, yaxshi ahloq va odobi bo’lsin, so’zining uddasidan chiqsin, yomon ishlardan saqlangan bo’lsin, barcha qonun – qoidalarni bilsin, bilimdan va notiq bo’lsin, ilmli va dono kishilarni xurmat qilsin, ilm va ahli ilmdan mol – dunyosini ayamasin, barcha real moddiy narsalar to’g’risida bilimga ega bo’lsin». Bu fikrlardan Farobiyning ta’lim – tarbiyada yoshlarni mukammal inson qilib tarbiyalashda xususan, aqliy – axloqiy tarbiyada aloxida e’tibor berganligi ko’rinib turibdi, uning e’tiqodicha, bilim, ma’rifat, albatta yaxshi axloq bilan bezatmog’i lozim, aks holda kutilgan maqsadga erishilmaydi, bola yetuk bo’lib yetishmaydi.
Ibn Sino bola tarbiyasi va tarbiya usullari haqida qimmatli fikrlarini bildirgan. Ibn Sino bolaning axloqiy tarbiyasi haqida bildirgan fikrlarida uy – ro’zg’or tutish masalalari xususida ham so’z yuritadi. Bolani tarbiyalash oila ota – onaning asosiy maqsadi va vazifasidir. O’z kamchiliklarini tuzatishga qodir bo’lgan ota – ona tarbiyachi bo’lishi mumkin.
Axloqiy tarbiyada eng muxim vositalar bolaning nafsoniyatiga, g’ururiga tegmagan holda, yakkama – yakka suxbatga bo’lish unga nasixat qilishdir.
Ibn Sino bolada axloqiy xususiyatlarni mehnat, jismoniy aqliy tarbiya bilan uzviy birlikda shakllantirishni, uni inson qilib kamol toptirishda asosiy omil deb biladi.
Abu Ali Ibn Sino insonning kamolga etishida uning tarbiyaviy kamolati muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi.Insondagi ijobiy axloqiy xislatlarga saxiylik, chidamlilik kamtarlik,sevgi,muhabbat, mo’tadillik, aqillilik, ehtiyotkorlik, qatiyatlilik,sadoqat,intilish,uyatchanlik,ijodkorlik, va boshqalarni kiritadi.
Yusuf Xos Xojibning uqtirishicha har bir kishi jamiyatga munosib bo’lib kamol topmog’i kerak. Buning uchun u tug’ilgan kundan bolab zarur tarbiyani olmog’i lozim. U qobil qizning tarbiyasi haqida fikr yuritar ekan, ularning o’zlariga xos xususiyatiga e’tibor berishni ta’kidlaydi.Farzandlar tarbiyasi nihoyatda erta boshlanmog’i shart. Shundagina ularning noo’rin xatti – harakatlariga berilishining oldi olinadi. Yusuf Xos Hojib ijodining bosh masalalaridan biri – komil insonni tarbiyalashdir. Adib o’z asarlarida eng komil, jamiyatning o’sha davrdagi talablariga jabob bara oladigan insonni qanday tasavvur qilgan bo’lsa, shu asosda u o’z tamoyillarini izchil bayon etadi. “Qutadg’u bilig”(Saodatga eltuvchi yo’l) asari ta’lim va tarbiya, ma’naviy kamolotning yo’l-yo’riqlarini, usullarini, chora tadbirlarini o’zida mujassamlashtirgan, axloq va odobga doir ma’naviy manbadir.
Download 19.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling