Savol
|
1.Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy rivojlanishi va funksional holati.
2. Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari, Jismoniy rivojlanishi va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi
|
(F) Fikringizni bayon eting
|
1. Jismoniy rivojlanishni baholash ana shu asosiy ko‘rsatkichlar dinamikasiga asoslanadi. Amalda bolaning jismoniy rivojlanishi tekshirish chog‘ida baholanadi. Bu baho jismoniy rivojlanish xarakteristikasini mahalliy standartlar orqali gavdaning total o‘lchoviga nisbatan o‘z ichiga oladi.
2. Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish masalasi hech qachon o„zining dolzarbligini yo’qotmaydi.
|
(S) Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating
|
1. Bolaning nerv-psixik rivojlanishining umumiy darajasi ayrim psixik funksiyalarning rivojlanishi darajasi bilan xarakterlanadi. Bu esa markaziy nerv tizimining yetilish darajasini aks ettiradi. Bola hayotining birinchi yilida rivojlanishning barcha belgilarini shifokor aniqlaydi.
2. Chunki, birinchidan, har qaysi davlat va millat yoki xalq o’zining avlodini barkamol bo’lishini eng oliy maqsadlar qatoriga qo’yadi. Ikkinchidan, aholining o’sish darajasini 1991 yilga nisbatan 2020 yilni oladigan bo’lsak, mamlakatimiz aholisi 7,4 foizga oshgan, rivojlangan Yaponiya davlatida bu ko’rsatkich 3,5 foizga, Amerika Qo’shma Shtatlarida 1,8 foizga, rivojlanayotgan qo’shni Qozog’iston Respublikasida bu ko’rsatkich 2,5 foizni, Tojikistonda esa 4,3 foizni tashkil etmoqda. Bu tahlillar mamlakatimizda aholining o’sish darajasi rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarga nisbatan ham yuqori ekanligini ko’rsatmoqda
|
(M) Ko‘rsatgan sababingizni asoslovchi misol keltiring
|
1. Hayotining ikkinchi, uchinchi va keyingi yosh davrlarida nerv-psixik rivojlanishining darajasini baholashda shifokor bilan birgalikda maktabgacha tarbiya tashkilotining tarbiyachisi, tibbiyot hamshirasi va ota-onalar ham ishtirok etadilar. Ular kun davomida bolani kuzatishlari, uning oiladagi, tengdoshlari jamoadagi xulq-atvori haqida xabar beradilar va boshqalar.
2. O’zbekiston bugungi kunda o„z oldiga ezgu maqsad-uchinchi Renesansni barpo etishga tayyorgarlik ko’rmoqda.
|
(U) Fikringizni umumlashtiring
|
1. Nerv-psixik rivojlanish darajasini tekshirish paytida erishilgan to‘g‘ri va yetarli darajada mukammal bahoni shifokor bajaradi. Bunday baho nerv-psixik jarayonining har xil tomonlarini xarakterlab beradigan qator ko‘rsatkichlarni aniqlash asosida berilishi mumkin.
2. bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalarini ilmiy nuqtai-nazardan o„rganish, uning ilmiy-uslubiy jihatlarini tahlil qilish va bu borada yangiliklarni joriy etish davr talabi hisoblanadi.
|