1.Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy rivojlanishi va funksional holati.
2. Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari, Jismoniy rivojlanishi va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi
|
O’sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama jismoniy tarbiyalash ta’lim-tarbiya muassasalari, oila, jamoat tashkilotlarining birgalikdagi kuch-g’ayratlari bilan amalga oshiriladi. Jismoniy tarbiya sog’liqni yaxshilashga, jismoniy sifatlami rivojlantirishga, yoshlami mehnatga va Vatanni himoya qilishga tayyorlashga qaratilgandir
|
1 va 2 mavzu xususidagi fikrlaringiz.
Maktabgacha yoshdagi bolalar qiziqishi, iqtidori, individual ruhiy va jismoniy xususiyatlari, madaniy ehtiyojlarini inobatga olgan holda hamda bolada ma‟naviy me‟yorlarni shakllanishi, hayotiy va ijtimoiy tajriba egallanishini ko‟zda tutgan har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan yaxlit jarayon hisoblanadi.
|
Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy rivojlanishi holati.
|
Maktabgacha yoshdagi bolalarni funksional holati.
|
Jismoniy rivojlanishi va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi.
|
Jismoniy tarbiya jarayonida bolalarni harakatga o`rgatish tarbiyachining bevosita rahbarligi hamda uning kuzatuvi ostidagi bolalarning mustaqil faoliyatida amalga oshiriladi. Harakat faoliyatiga o`rgatishda bolaning anglash, irodaviy va emotsional kuchlari rivojlanadi hamda uning amaliy harakat ko`nikmalari shakllanadi. Harakatlarga o`rgatish bola ichki dunyosi his-tuyg`usi, tafakkuri, asta-sekin shakllanadigan dunyoqarashi, axloqiy fazilatlariga; bolalar tomonidan bajariladigan, salomatlik va umum-jismoniy rivojlanish uchun foydali bo`lgan harakat faoliyatiga maqsadga yo`nalgan tarzda ta’sir etadi.
|
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda ularning yosh xususiyatlarini hisobga olish juda zarur, bolaning ongli harakat faoliyatida asqotadigan ayrim bilimlar; bolani harakatlarga o`rgatuvchi faoliyat metodlari, faoliyat va ularni amalga oshirishning malaka va ko`nikmalari haqidagi bilimlar birligi ish jarayonlaridan kelib chiqqan holda tarkibiy qismlarni tashkil etadi. Qismlardan biri ijodiy faoliyat tajribasi hisoblanadi.
|
Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari borasidagi ilmni o„rganar ekanmiz, bunda rivojlangan Sharq mamlakatlaridan Yaponiya va Xitoyning o„ziga xos jihatlari borligiga amin bo„ldik. Masalan, Yaponiyada bu kompetensiyalar maktabgacha tarbiya berishdagi beshta yo„nalishni o„z ichiga qamrab olgan bo„lib, bular quyidagilardan iborat. – ijtimoiy munosabatlar; – salomatlik, havfsizlik; – til; – atrof muxit; – his-tuyg„ularini ifodalash
|