Atrof muxit himoyasi va ekologiya


Download 101.5 Kb.
bet1/7
Sana20.03.2023
Hajmi101.5 Kb.
#1285236
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Toksikologiya lab metodichka lotin ready



O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
QARSHI MUHANDISLIK IQTISODIYOT INSTITUTI
TEXNOLOGIYA FAKULTYETI

ATROF MUXIT HIMOYASI VA EKOLOGIYA” KAFEDRASI


TOKSIKOLOGIYA ASOSLARI”


FANIDAN LABORATORIYA MASHG'ULOTLARI UCHUN
USLUBIY KO'RSATMA





Qarshi-2009 yil
Tuzuvchilar: dots. Muradov Sh.O., vrach toksikolog
Muradova Z., ass. Panjiev U.R., ass.
Eshonqulov R.A.


Taqrizchilar: Xolmirzaev B., Markazlashgan sanitariya
gigiena laboratoriyasi mudiri

Nomozov Sh., «Atrof muhit himoyasi va


ekologiya» kafedrasining katta o‛qituvchisi,
vrach-epidemiolog.

Talabalar (5850100 - Atrof muhit muhofazasi bakalavriat yo‛nalishi) Viloyat Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazi qoshidagi markazlashgan sanitariya gigiena laboratoriyasining toksikologiya bo‛limida nazariy bilimlarini mustahkamlash yuzasidan toksikologik moddalarni tahlili va aniqlash jarayoni bilan tanishadilar. Ushbu ko‛rsatma QMII «Atrof muhit himoyasi va ekologiya» kafedrasi va markaz o‛rtasidagi shartnoma asosida bajarilgan.


Ushbu uslubiy ko'rsatma “AMH va ekologiya” kafedrasi (Bayonnoma № 1, 29.08.06 yil), Texnologiya fakulteti uslubiy komissiyasi (Bayonnoma № 1, 06.09.06 yil), QMII uslubiy kengashida (Bayonnoma №1 31.08.06.) yig'ilishlarida muhokama qilinib o'quv jarayonida foydalanishga tavsiya etilgan.
KIRISH

Hozirgi sharoitning ekologik holatidan kelib chiqib shuni ta'kidlash mumkinki, atrof muhitda katta miqdordagi toksik moddalar mavjud. Demak, toksikologik zaharlanish xavfi bor. Ko‛p hollarda maishiy tarmoqda, ishlab chiqarishda, sanoat va boshqa sohalarda «toksikologik vaziyat» baxtsiz hodisa sifatida baholanadi.


Odamlarni toksikologik moddalar bilan zaharlanishini oldini olish uchun ularni bu sohadagi bilimlarini oshirish zarurati paydo bo‛ldi. Alkogolli ichimliklar, fosfor organik moddalar, xlor, og‛ir metallar, margimush, zaharli bug‛lar, gazlar va boshqalardan toksikologik zaharlanish ko‛plab uchraydi.
Maishiy xo‛jalik va sanoat kimyoviy moddalar bilan og‛ir zaharlanishi keng tarqalgan va o‛z vaqtida e'tiborsiz omil bo‛lmoqda.
Ishlab chiqarish korxonalarida gaz holatidagi kimyoviy elementlar - azot oksidlari, ammiak, brom bug‛lari, vodorod sulfid, xlor, fosfatlar va boshqalar keng tarqalgan. Bu moddalarning ma'lum miqdori nafas olish organlarni yallig‛lantiradi, ular «qo‛zgatuvchi» guruhga oid, ayrim hollarda kislorod etishmaslik xavfini kuchaytiradi, shuning uchun ularni «bug‛uvchi» moddalar deb yuritiladi.
Uslubiy ko‛rsatmada Viloyat makazlashgan sanitariya-gigiena laboratoriyasining toksikologiya bo‛linmasida ba'zi elementlarni tahlil qilish usullari keltirilgan. Talabalar «Toksikologiya asoslari» fanining nazariy qismini o‛rganganlaridan keyin toksikologik elementlarni aniqlash va baholash usullari bilan tanishadilar.

Download 101.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling