Atrof muxit himoyasi va ekologiya


TOKSIK ELEMENTLARNI TAHLIL QILISH VA BAHOLASH


Download 101.5 Kb.
bet2/7
Sana20.03.2023
Hajmi101.5 Kb.
#1285236
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Toksikologiya lab metodichka lotin ready

TOKSIK ELEMENTLARNI TAHLIL QILISH VA BAHOLASH


Umumiy qoidalar


Laboratoriya ishlarini uyushtirish. Ishlab chiqarish korxonalarida hamda laboratoriyalardagi texnika xavfsizligi.
Laboratoriya asbob uskunalari bilan tanishish

Toksikologiya laboratoriyasi va laboratoriya xonalari elektrlashtirilgan bo’lishi, vodoprovod, kanalizatsiya, markaziy tartibda isitiladigan issiq suv bilan ta'minlangan bo’lishi kerak. Laboratoriyada xodimlar qo‛l yuvadigan rakovinalar, idish yuvadigan rakovinalar alohida-alohida o‛rnatiladi.


Xonalar tabiiy va sun'iy yoritilishi yetarli darajada bo’lishi, yorug‛lik koeffisienti - (deraza oynalari maydonining pol maydoniga nisbati) 1:5, 1:7 dan kam bo’lmasligi kerak.
Laboratoriya xonalaridagi nisbiy namlik 40-60% bo’lганда havo harorati 18-210С bo’lishi lozim. Tabiiy ventilyatsiya uchun deraza ochiladi. Laboratoriya xonalari so‛rib havo chiqaradigan ventilyatsiya bilan ta'minlanishi lozim bo’lib, bunda har soatda xonaga bir xissa toza havo kirsa uch xissa havo chiqarilib turilishi lozim.
Laboratoriya devorlari 1,5 m balandlikda oq silliq plitka qoplanishi zarur. Pol lenonium bilan qoplanadi. Laboratoriya stollari usti yuqori haroratga, kislota ishqorlarga chidamli material bilan qoplanadi.
Shuni esda tutish kerakki, laboratoriyada bajariladigan ishlarning ko‛pchiligi odam organizmiga zararli ta‘sir ko‛rsatadigan moddalarni qo‛llanishi bilan bog‛liqdir. Shuning uchun extiyot choralarini ko‛rmaslik va texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik, moddalarning portlab ketishiga, yong‛in chiqishiga, ish joyida zaharlanishlarga sabab bo’lishi mumkin.
- Isitish asboblari (elektr plita, mufel pechi) issiklik o‛tkazmaydigan material ustiga joylashtiriladi.
-Elektr asboblar bilan extiyot ishlanadi.
- Havo so‛radigan shkafda zaharli, zararli, tez o‛t oladigan bug‛lar, gazlar va boshqa shunga o‛xshash moddalar ajralib chiqishi bilan bog‛liq bo’lgan ishlar olib boriladi.
- Zararli bug‛ va gazlar ajralib chiqishi bilan bog‛liq bo’lgan ishlar bajarilayotgan vaqtda ular paydo bo’layotgan joylarga maxsus gaz-bug‛ yutuvchi moslamalar, havo so‛ruvchi shkaf o‛rnatiladi.
Kislota va ishqorlar bilan ishlash qoidalariga, tez alanga oladigan moddalar bilan ishlash qoidalariga qat‘iy amal qilinadi. Bu moddalar bilan olib boriladigan ishlar havo so‛ruvchi shkaf ostida olib boriladi. Maxsus ko‛z oynak, fartuk, himoya qo‛lqopidan foydalanish kerak.
Laboratoriyalarda ish olib boradigan talaba texnika xavfsizligini ta‘minlash yuzasidan quyidagi vazifalarni bajarishi kerak.
- gaz va elektr tarmoqlarni, ventilyatsiya, nazorat o’lchov aboblarining nam emasligini nazorat qilib borishi;
- ish joyini tartibli tutish lozim. Ish kuni tugagach probirkalar, kosachalar, pipetkalar, shisha idishlari hamda ichiga reaktivlar va kuchli ta‘sir qiluvchi moddalar solingan idishlarni tekshirib, maxsus ajratilgan joylarga olib borib quyishi.
- kimyoviy moddalar saqlanadigan shkafni pechatlashi hamda kalitlar bilan pechatni reaktivlar uchun maxsus bo’lgan shaxsga topshiriladi.
-belgilangan xujjatlarni tug ‛ri olib borishi va extiyot qilib saqlashi lozim.



Download 101.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling