Jismoniy tarbiya tizimida ta’lim-tarbiya berish tamoyillari. Ta’lim metodlari va usullari tasnifi. Reja
Download 60.42 Kb.
|
1 2
Bog'liqjis 4 prezin
Jismoniy tarbiya tizimida ta’lim-tarbiya berish tamoyillari. Ta’lim metodlari va usullari tasnifi. REJA:
Ta’lim shaxsni har tomonlama barkamol etib shakllantirishga qaratilgan yaxlit pedagogik jarayonning tarkibiy qismi hisoblanadi. Jismoniy tarbiyada harakatlarga o’rgatish tarbiyachining bevosita rahbarligi ostida hamda uning kuzatuvi ostidagi bolalarning mustaqil faoliyatida amalga oshiriladi. Harakat faoliyatiga o’rgatishda bolaning anglash, irodaviy va emosional kuchlari rivojlanadi hamda uning amaliy harakat ko’nikmalari shakllanadi. Harakatlarga o’rgatish bola ichki dunyosi histuyg’usi, tafakkuri, asta-sekin shakllanadigan dunyoqarashi, axloqiy fazilatlariga; bolalar tomonidan bajariladigan, salomatlik va umumjismoniy rivojlanish uchun foydali bo’lgan harakat faoliyatiga maqsadga yo’nalgan tarzda ta’sir etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda ularning yosh hususiyatlarini hisobga olish juda zarur, bolaning ongli harakat faoliyatida asqotadigan ayrim bilimlar; bolani harakatlarga o’rgatuvchi faoliyati usullari, faoliyat va ularni. amalga oshirishning malaka va ko’nikmalari haqidagi bilimlar birligi ijtimoiy tajribaning tarkibiy komponentlarini tashkil: etadi. Uchinchi komponent ijodiy faoliyat tajribasi hisoblanadi. “Bolalikdan mustaqil fikrlashga o’rgatilmagan va hamma narsani chaynab berilgandan so’ng o’zlashtiradigan kishi unga tabiat tomonidan berilgan sifatlarni namoyon qila olmaydi”. Ta’lim boladan diqqatni bir joyga to’plashni, konkret tasavvur, aktiv fikrlashni, xotira rivojlantirishni talab qiladi: agar ta’lim jarayoni qiziqarlilik kasb etib, emosional ruhda bo’lsa emosional; harakat namunasi tarbiyachi tomonidan obrazli tarzda ko’rsatilsa va bolalar tomonidan bajarilsa obrazli; harakatli o’yin va ularni mustaqil bajarishda barcha mashq elementlarini bajarish izchilligi vazifalari tushunib va eslab olinsa og’zaki mantiqiy mashqlar bolalarning o’zlari tomonidan amalda bajarish bilan bog’liq bo’lsa mo tor harakat; ta’lim erkin bo’lishi kerak chunkn usiz mashqlarni ongli, mustaqil bajarish mumkin emas. Bolalarga ta’lim berish axloqiy tarbiya, bolaning ma’naviy tuyg’usi va ongini shakllantirish, uning olijanoblik va o’zaro yordam, maqsadga intilish, halollik, adolatlilik kabi axloqiy irodaviy sifatlarni rivojlantirish bilan bevosita bog’liqdir. Ta’lim jarayonini tashkil etish bolalarni ular kuchi etadigan mehnat harakatlarida mashq qildirish imkonini beradi. Tarbiyachi bolalardan jismoniy tarbiya ashyolarini o’zlari tartibli va toza saqlashlarini (ixcham o’ralgan bayroqchalar, to’plar, lentalar va h. k.) muntazam talab qilib turadi. Bu haqda birinchi navbatda navbatchilar qayg’uradilar va zarur buyumlarni avaylab joylashtiradilar. SHu bilan birga ular barcha bolalar foydalanishlari qulay bo’lishi uchun buyum va ashyolarning joylashish tartibini ham e’tiborda tutadilar. Bolalar sharlar, to’plar va hokazolarni vaqtvaqti bilan yuvib, yirik ashyolarni artib turadilar. Bunday tadbirda barcha tarbiyalanuvchilar tarbiyachi rahbarligida ishtirok etadilar. SHunday qilib, harakatlarga o’rgatish jarayonida bolalarda aqliy qobiliyat, axloqiy va estetik tuyg’ular rivojlanadi, o’z faoliyatiga ongli munosabat va shu bilan bog’liq ravishda maqsadga intilish, uyushqoqlik shakllanadi Jismoniy tarbiya tizimida har tomonlama ta’lim va tarbiya berish.Bolalarni jismoniy tarbiyalash tizimida bola shaxsini har tomonlama shakllantirish tamoyillari muhim ahamiyatga ega. Ular yosh avlodni ilk bolalik yoshidan jismoniy va ma’naviy kuchga to’liq, etuk rivojlangan, jismonan baquvvat qilib tarbiyalash haqidagi g’oyalari bilan belgilanadi. SHaxsni har tomonlama komil inson qilib tarbiyalash tamoyili bolalarda jismoniy qobiliyatni, harakat malakalari va ko’nikmalarini rivojlantirishga yordam beradigan, bola shaxsini tarbiyalashni birgalikda hamda ayni paytda har tomonlama (axloqiy, aqliy, estetik, mehnat tarbiyasi) amalga oshiradigan kompleks yondashishni ko’zda tutadi. Jismoniy tarbiya tizimidagi bunday kompleks yondashish «kishilarning individual xususiyatlari, yosh rivojlanishi bosqichlari xususiyatlari, hayotning u yoki bu davrida asosiy faoliyat sifatida tanlanadigan jismoniy tarbiya faoliyati turlari xususiyatlari va boshqa vaziyatlarga ko’ra aniqlashtiriladi. Jismoniy tarbiya va sportning ijtimoiy hayot bilan bog’liqligi tamoyili bolalarni jismoniy tarbiya va sport faoliyatiga keng jalb qilish, sog’lom turmush tarzini kechirishga qiziqish uyg’otadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni tegishli dastur asosida jismoniy va sport mashqlariga, o’yinlarga o’rgatib, ulardagi bu qiziqishni qo’llabquvvatlab turadilar. Ta’limning maqsadi bolalarni kelgusi ta’limga tayyorlab, muvaffaqiyatli o’zlashtirish uchun jismoniy tayyorgarlik hosil qilishdan iboratdir; shu asnoda bolalarda vatanparvarlik, mehnatsevarlik, jasurlik, bardoshlilik, do’stbirodarligi va o’zaro yordam kabi xislatlarga hurmat hissi tarbiyalanadi. Sog’lomlashtirishga yo’nalgan tamoyilining mohiyati bolalar soglig’ini mustahkamlash vazifalarini bajarishda namoyon bo’ladi. SHuning uchun jismoniy mashqlarni tanlash paytida faqat profilaktik maqsad emas, balki bola organizmini har tomonlama sag’lomlashtirishga intilish, uning jismoniy sifatlarini emosionalijobiy holat, hayotdagi xushchaqchaq kayfiyat bilan yaxlitlikda rivojlantirish ham ko’zda tutiladi. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini rejalashtirishda salomatlikni mustahkamlash qonuniyatlari hisobga olingan jismoniy yuklamalar albatta idora qilinadi. Bu ish tarbiyachi pedagoglarning muntazam nazorati ostida amalga oshiriladi. Bolalarga jismoniy ta’lim va tarbiya berish jarayonida quyidagi didaktik tamoyillar qo’llaniladi:
Sistemalilik va izchillik tamoyili jismoniy tarbiya maqsadlarida foydalaniladigan tadbirlarning (kun tartibi, chiniqish, harakat ko’nikmalarining shakllanishi) barcha kompleksi uchun majburiydir. Sistemalilik butun maktabgacha tarbiya davri davomidagi jismoniy tarbiya jarayonining uzluksizligi, muntazamliligi, rejaliligidan, yuklama va dam olishning majburiy almashinib turishi asosidagi jismoniy tarbiya mashg’ulotlarining aniq izchilligidan, mashg’ulotlarning izchilligi, ketmaketligi, mazmunan o’zaro aloqadorligidan iboratdir. Sistemalilik bilimlar, malaka va ko’nikmalarning o’zaro aloqasi va birbiriga bog’liqligidan namoyon bo’ladi: bolalarning materialni o’zlashtirishi unga tayanib yangi materialni o’zlashtirishga o’tishlariga imkon beradi, yangi material esa o’z navbatida bolalarni keyingisini bilishga tayyorlaydi. Onglilik, aktivlik va mustaqillik tamoyili bolaning o’z faoliyatiga ongli va aktiv munosabatda bo’lishiga tayanishni ko’zda tutadi: u yoki bu maqsadni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun nimani qanday bajarish, nega boshqacha emas, shunday bajarish kerakligini aniq tasavvur qilish lozim. Harakatlarning bundan keyingi rivojlanishi bolaning ijodiy aktivlik namoyon qilish imkoniyati, uning tomonidan ijodiy vazifalarni (mashqlarni mustaqil o’zgartirish, o’z variantini yaratish, yangi narsa o’ylab topish) bajarishi bilan bog’liqdir. Ijodiy faoliyatning istiqbolli imkoniyatlarini ochish bolalarning ilk tashabbuslariga samimiy va e’tiborli munosabatda bo’lish, yangilik izlashni sistemali ravishda rag’batlantirib turishni talab qiladi. Download 60.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling