Sport mashgʻulotlarining asosiy tamoyillari reja
Download 68.17 Kb.
|
2. SN= 3 Kurs-(V)-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ka’lit soʻzlar
- Yuksak natijalarga intilish
SPORT MASHGʻULOTLARINING ASOSIY TAMOYILLARI Reja: Yuksak koʻrsatkichlarga intilish. Sportchi umumiy va maxsus tayyorgarligining birligi. Mashgʻulot jarayonining uzluksizligi, yuklama va dam olishning zichlangan rejimi. Mashgʻulot talablarining asta-sekin va maksimal ortib borishi. Mashgʻulot yuklamalarining toʻlqinsimon oʻzgarishi. Mashgʻulot jarayonining siklligi. Ka’lit soʻzlar: Yuqori natijalarga intilish, chuqurlashtirilgan mutaxassislik, uzluksizlik, yuklamani asta-sekin oshirib borish, yuklamani toʻlqinsimon va variativligi, sikllilik, sport shikastlanishining oldini olish, tayyorgarlik, chidamlilik va egiluvchanlik, jamoada individual tayyorgarlik. Yuksak natijalarga intilish Zamonaviy sportning qonuniyatlaridan biri, har xil sport turlaridan yoki bir xil sportni ichidagi turlar boʻyicha ham bir xilda yuqori natijaga erisha olmaydi. Shu sababli sport mashgʻulotlarida mutaxassisligi boʻyicha sport mashgʻulotlarini chuqur oʻtkazishni oʻylash kerak. Sport yuksak koʻrsatkichlarga intilish va ularni doimo yaxshilab borish vazifasini nazarda tutadi. Jismoniy mashqlardan sport maqsadisiz foydalanganda natijalar imkon boricha yuqori darajada boʻlishi nazarda tutilmaydi. Sport faoliyatida esa mak-simum natijaga erishish moʻljallaniladi. Albatta, bu maksimum turli sportchilar uchun turlicha. Umumiylik esa, ularning har biri sport kamoloti yoʻlida mumkin qadar koʻprok natija sari intilishidadir. Sport yutuqlari, albatta, shunchaki oʻzicha muhim boʻlmay, balki kuchquvvat, qobiliyat, mahorat taraqqiyotining aniq ifodasi sifatida muhimdir. Yuksak sport natijalariga intilish shu munosabat bilan ulkan ijtimoiy-pedagogik ahamiyat kasb etadi, chunki u insonning eng muhim hayotiy qobiliyatlarini eng yuqori darajada takomillashtirishga intilish degan ma’noni bildiradi. Bunday intilish sport faoliyatining barcha tashkiliy tomonlari va shart-sharoitlari bilan, jumladan, sport musobaqalari sistemasi va orta boruvchi ragʻbatlantirish choralari bilan (boshlangʻich sport razryadi berilishidan to chempionlik oltin medaligacha va yuksak sport koʻrsatkichlari uchun umumxalq olqishiga sazovor boʻlishgacha) qoʻllab-quvvatlab boriladi. Yuksak koʻrsatkichlarga intilish sport musobaqasini shunga moslab tashkil qilish, eng ta’sirli (mashgʻulot koʻproq foyda keltirishi ma’nosida) vosita va metodlardan foydalanish, nihoyat darajada chuqur ixtisoslanish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Maksimumga intilish sport mashgʻulotining barcha oʻziga xos belgilari yuklamalar yuksak darajada boʻlishi, yuklama va dam olishning sikllilikdan iborat almashib turishi va hokazolar mavjud boʻlishini talab etadi. Sport mashgʻulotining yuqorida aytib oʻtilgan qonuniyatlari sportdagi koʻp yillik kamolot bosqichlariga bogʻliq tarzda turlicha namoyon boʻladi. Dastlabki bosqichlarda sport bilan shugʻullanish asosan umumiy tayyorgarlik tipida oʻtkaziladi, bunda mashgʻulot jarayoni sport ixtisoslashtirilishining yorqin ifoda etilgan belgilariga ega boʻlmaydi, oliy koʻrsatkichlarga intilish uzoq kelajak harakteriga ega boʻladi. Organizmning yosh jihatdan shakllanib borishi va mashgʻulot darajasining yuksala borishiga qarab, bunday intilish to kishi faoliyatini cheklab qoʻyadigan yosh ulgʻashiga bogʻliq va boshqa omillar sodir boʻlmaguncha toʻliq ravishda amalga oshirilib boradi. Yuqorida aytilganlardan koʻrish mumkinki, ortib borishning umumiy prinsipi sport musobaqasi sohasida alohida mazmun kasb etar ekan. Uni sportning ma’lum turida imkoniyat boricha maksimal darajada kamol topishni ta’minlash talabi sifatida tushunish kerak. Bu esa chuqur ixtisoslashtirish zaruriyatni anglatadi. Sportda ixtisoslashish sport faoliyati jarayonida vaqt va kuch-gʻayrat sarflashning shunday taqsimlanishi bilan harakterlanadiki, bu sportning tanlangan makzur turini takomillashtirish uchun gʻoyat qulay boʻlgani holda sportning boshqa turlari uchun bunday boʻlmaydi. Shu munosabat bilan musobaqa uyushtirishda individual xususiyatlarni hisobga olish gʻoyatda muhimdir. Sportchining individual moyilligiga muvofiq ravishda oʻtkaziladigan ixtisoslashtirish uning sport sohasidagi iste’dodini mumkin qadar toʻlaroq namoyon etishga hamda sport qiziqishlarini qondirishga imkon beradi. Aksincha, ixtisosning hatto, sportchining shaxsiy fazilatlariga mos kelmaydigan boʻlishi sportchi va murabbiyning koʻpgina harakatlarini yoʻqqa chiqaradi. Sportda yuksak koʻrsatkichlarga faqat ijodiy izlanish sharoitidagina erishish mumkin. Yangi sport yutugʻi hamisha u yoki bu darajada kashfiyotdir, sportchi imkoniyatlaridan foydalanishning yangi usullarini, mashgʻulotning yangi metodlarini kashf etishdir. Shuning uchun sportchidan ishga shunchaki ongli munosabatda boʻlish-gina emas, balki uning mohiyatiga chuqur tushunib etish va shunchalik faollik emas, balki doimiy ijodiy tashabbus talab qilinadi. Shuning uchun sport mashgʻulotiga rahbarlik qilishda onglilik va faollikning umumiy pedagogik tamoyili alohida ahamiyat kasb etishi tushunarlidir. Download 68.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling