5-mavzu: qiyosiy pedagogikada tadqiqotiar tipologiyasi va oo‘yularida ta’lim variativligi. Ma’ruza mashg’uloti rejasi


Download 339.04 Kb.
bet1/2
Sana08.06.2023
Hajmi339.04 Kb.
#1465496
  1   2
Bog'liq
5-ma\'ruza (1)


5-MAVZU: QIYOSIY PEDAGOGIKADA TADQIQOTIAR TIPOLOGIYASI VA OO‘YULARIDA TA’LIM VARIATIVLIGI.
MA’RUZA MASHG’ULOTI REJASI:

    1. B.Xolmzning ma’lumotlar taksonomiyasi.

    2. Qiyosiy-tadqiqot metodlari.

    3. Qiyoslash metodining tuzilishi: deskripsiya, interpretasiya, qiyoslash

    4. Davlatlararo, OO‘Yurtlariaro ta’lim tizimini qiyoslash bosqichlari



Tayanch so’z va iboralar: B. Xolmz konsepsiyasi, sof, amaliy, eskripsiya, interpretasiya, qiyoslash


1.1. B.Xolmzning ma’lumotlar taksonomiyasi
N. Belkanovning fikricha, qiyosiy pedagogika sohasida asosli, meyoriy va amaliy tadqiqotlar o‘zaro bir-birini to'ldiradi. B. Xolmzning konsepsiyasiga ko‘ra qiyosiy pedagogikaga “sof ’ va “amaliy” ijtimoiy fan sifatida qarash lozim.
Rossiya komparativisti K.N. Seykovich qiyosiy tadqiqotlarning metodologik va metodik asoslarini ijtimoiy-iqtisodiy muammolar va ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalari; ta’lim statistikasi; oliy ma’lumotli mutaxassisni tayyorlash mazmuni, shakli va o'qitish metodlari; ta’lim olganlik, ilmiy unvon va darajalar haqidagi hujjatlaming ekvivalentligi, tan olinishi va muammolariga ajratadi. Bunday bo‘linishni K.N. Seykovich bo‘yicha qiyosiy pedagogik tadqiqotlar yo‘nalishlari deb atash mumkin. Buni quyidagi chizmada ko‘ramiz:
1. O‘rganilayotgan davlat, xalqaro tashkilotlarning statistik klassifikatori
2. Ta’lim statistikasi

  1. Ijtimoiy-iqtisodiy muammolar va ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalari

4. Oliy ta’lim konsepsiyasi, faoliyatning huquqiy asosi, tashkil qilish va boshqarish, mutaxassislarni chiqarish, talabalar soni (kontingenti), moliyalashtirish, professor-o‘qituvchilar tarkibi, uzluksiz ta'lim, fan va ishlab chiqarish bilan bog’liqligi, oliy ta’limning noformal shakli, ilmiy- pedagogik kadrlami tayyorlash.
5. An’anaviy, noan’anaviy

  1. Oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash mazmuni, shakli, o‘qitish metodi

7. Ta’lim olganlik, ilmiy unvon va darajalar haqida hujjatlarning ekvivalentligi va tan olinishi
8. Huquqiy asos, akademik va kasbiy ekvivalentlik va tan olishlik; ekvivalentlik va tan olishlik haqidagi bitimlar bayonnomasi.
B. Xolmz bu borada tahlilga loyiq bo’lgan 4 ta holatni ta’kidlaydi. Bular meyoriy huquqlar (huquqiy aktlar) va nazariyalar; ta’lim muassasalari; jamiyat qadriyatlari, shuningdek geografik sharoitlar. Har bir tasnifda bo’lgani kabi, ta’lim sohasidagi mazkur tasnifda ham statik (turg'un) holat kuzatiladi. Lekin undagi o‘zgarishlar dinamik xarakterga ham ega. Bunday qarama-qarshilikni B. Xolmz barqaror tizimdagina bunday dinamik o‘zgarishlar tavsifi kuzatiladi, deb tushuntiradi.


    1. Download 339.04 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling