5-mavzu: qiyosiy pedagogikada tadqiqotiar tipologiyasi va oo‘yularida ta’lim variativligi. Ma’ruza mashg’uloti rejasi
Download 339.04 Kb.
|
1 2
Bog'liq5-ma\'ruza (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qiyoslash metodining tuzilishi: deskripsiya, interpretasiya, qiyoslash
- Deskripsiya
- Davlatlararo, OO‘Yurtlariaro ta’lim tizimini qiyoslash bosqichlari
Qiyosiy-tadqiqot metodlari.
CHet el mamlakatlarining ijobiy tajribasini umumlashtirish, o’rganish va qiyosiy pedagogika va boshqa yondosh fanlarda qo’llanadigan tadqiqot metodlaridan foydalanadi. 1. Tavsiflash metodi turli mamlakatlardagi pedagogik xodisalarning tashqi belgilarini tavsiflashda qo’llanadi. SHu asosda keyin taqqoslash va taxlil qilish amalga oshiriladi. 2. Statistik metod maorif tizimiga va pedagogik xodisalarga oid raqamlar va ma’lumotlarni taxlil kilish va baxolashni ko’zda tutadi. S.Tarixiy metod pedagogik xodisalariing genezisini taqqoslashni bildiradi. 4.Sotsiologik metod maorif sistemalarining ijtimoiy xarakterini baxolashda qo’llanadi. 5. Analitik metodlarga analiz, sintez, mavxumlashtirish, induktsiya, deduktsiya kabi mantiqiy metodlar kiradi. Qiyoslash metodining tuzilishi: deskripsiya, interpretasiya, qiyoslash N. Belkanov qiyoslash metodi tuzilishini deskripsiya, interpretatsiya va qiyoslash turlariga bo‘ladi. Uning fikricha, qiyoslanayotgan har bir ma’lumot aniq parametrlar bo‘yicha bayon etilishi - bu deskripsi Y. Keyin aniq vaziyatlarga ko‘ra tushuntirish metodi - interpretatsiy. Shundan keyingina bitta pedagogik holatning boshqa pedagogik holat bilan taqqoslanishi - qiyoslash metodi amalga oshirilishi lozim. Deskripsiya tadqiqot materiallarini ma’lum mezonlarga ko‘ra tanlash va tartibga keltirish bo‘Isa, interpretatsiya genetik, ya’ni tarixiy va finksional aloqalar tizimidagi holatlami tushuntirish demakdir. Qiyoslash esa ilmiy ishlab chiqilgan parametr (mezon)larga binoan sinchiklab tanlangan, tasniflangan, har tomonlama tahlil qilingan ma’lumotlarni taqqoslashni nazarda tutadi. Quyida qiyosiy - pedagogik tadqiqotlar tipologiyasini chizmada ко rib chiqamiz: Davlatlararo, OO‘Yurtlariaro ta’lim tizimini qiyoslash bosqichlari Fan metodologiyasining umummilliy va qiyosiy-pedagogik bosqichidan foydalanib quyidagilarga ko’ra ta’lim variativligi mezoniy tizimining modelini tuzamiz: an’anaviy va innovatsion ta’lim tizimining asl holati; ta’lim muassasalarining xalqaro va davlat miqyosida akkreditatsiya va attestatsiya bo'yicha baholash tizimi ko‘rsatkichlari; “moliyaviy-moddiy ta’minot”, “o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqiy ta’minot”, “ta’lim muassasasi menedjmenti strategiyasi” kabi blok-mezonlarni aniqlovchi qiyosiy pedagogika bo‘yicha ilmiy ishlanma- tadqiqotlar. Ta’lim tizimining tarixiy rivojlanishi umumiy resursga ega bo‘lgan milliy ta’lim tizimlarini yaratish imkonini berdi. OO‘Yulari uchun 3 xil resurs mavjud bo‘lib, ular yuqoridagi mezoniy tizim modelida o‘z aksini topgan. Shundan “moliyaviy va moddiy resurslar” bloki OO‘Yuni moliyalashtirish, ta’lim xizmatlarini taklif etish, moddiy-texnik baza va o'quv muassasasining infratuzilmasi, ta’lim muassasasining ijtimoiy bazasini o'z ichiga oladi. “O‘quv-metodik va ilmiy-tadqiqot resurslari” o‘quv-uslubiy majmua ta’lim jarayonini tashkil qilish; formal va didaktik bilgilar; ta’limda innovatsiya; ta’lim muassasalari turi (tipi); ta’limda uzluksizlik, ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini ta’lim jarayoniga tadbiq etish; ilmiy-tadqiqot resurslari - OO‘Yularining ilmiy-tadqiqot ishlari, OO‘YU va ishlab chiqarish integratsiyasini tashkil etadi. “Strategik va taktik resurslar”ga oliy ta’limda strategiyaning mavjudligi; maqsadli ta’minot va muassasalarga vazifalarning qo‘yilishi; ta’lim muassasasining nufuzi; OO'Yuni boshqarish; pedagogik jarayon qatnashchilarining tavsifi; xalqaro hamkorlik kabilar kiradi. Ta’limda globallashuv jarayonlari, dunyo ta’lim tizimi tuzilishini shakllantirish, oliy ta’limni isloh qilish va zamonaviylashtirish OOYularni tasnif qilish masalasini kun tartibiga qo'ydi. Har bir davlatning oliy ta’lim tizimi an’anaviy ikki xil ko‘rinishga ega bo’lib, barcha OO‘Yulari “universitet” va “nouniversitet” maqomiga ko‘ra ajratiladi. Universitet bo’limiga barcha universitetlar (garchi tashkil topgan paytida universitet maqomida bo‘lmasa ham), nouniversitet bo‘limiga (akademiyalar, institutlar, oliy maktablar, konservatoriyalar, kollejlar) kiradi. Chet el tadqiqotchilarining ilmiy izlanishlari asosan universitetlar bo‘yicha o‘tkazilgan, chunki universitetlar rivojlangan davlatlar ta’lim muassasalarining asosiy turi hisoblanadi, turli sohalar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlaydi va aynan shu yerda talabalarning aksariyati tahsil oladi. Masalan, Buyuk Britaniyadagi xilma-xil universitetlarni tahlil qilib, ularni 8 guruhga bo’lish mumkin: 1) Oksford va Kembridjdagi (kollej tuzilishi ustun bo‘lgan) keksa universitetlar; 2) Seynt Endryu, Glazko, Aberden, Edinburg kabi 4 ta o‘rta asr Shotland universitetlari; 3) alohida federativ xarakterdagi London va Uels universitetlari; 4) sanoat tumanlarida XIX asr oxirida yuzaga kelgan fuqarolik universitetlari; 5) Ikkinchi jahon urushidan keyin qisman yangi tashkiliy va o‘quv tuzilishiga ko‘ra qayta tashkil qilingan universitetlar; 6) 1960-yil o‘rtalarida universitet maqomini olgan yangi texnologiyalar kollejlari va Shotland Markaziy institutlaridan tashkil topgan 10 ta texnika universitetlari; 7)1969 yil asos solingan (sirtqi ta’limni tavsiya etadigan va an’anaviy kirish sharoitlarini inkor etadigan) Ochiq universitetlar; 8) 1973 yil tashkil topgan davlat tomonidan moliyalashtirilmagan, o‘qish 2 yil davom etadigan, bir yilda 10 hafta o‘qish choraklariga bo’lingan, asosan bakalavriat yo‘nalishini taklif etadigan Bukxingem universiteti shular jumlasidandir. Maxsus tuzilishiga ko‘ra to‘liq universitet maqomiga ega bo‘lmagan, lekin universitet darajasidagi kurslarni taklif etib, yakunida akademik daraja beradigan 4 ta oliy o‘quv yurti mavjud: Grenfild texnologiya instituti - ilmiy daraja olgandan keyin ham muhandislik va texnologiya bo‘yicha ixtisoslashtirilgan ta’lim; London Business School - iqtisod sohasiga yo‘naltirilgan ta’lim; Royal College of Art va Royal College of Music - san’at va musiqa sohasida ilmiy darajaga ega bo'lganlar uchun o‘quv kurslarini taklif etadi. Kanada ta’lim tizimidagi universitetlarni 3ta toifaga ajratish mumkin: Medical doctoral - doktorlik va tadqiqot dasturlari hamda tibbiyot maktablariga ega bo‘lgan universitetlar; Comprehensive - ilmiy tadqiqot faoliyati rivojlangan, barcha yo‘nalishlarda (bakalavriat, magistratura, doktorantura) turli dasturlarga ega bo‘lgan universitetlar; Primarily undergraduate - bakalavr dasturlariga ixtisoslashgan universitetlar. AQShda OO‘Yulari asosiy funksiyalariga ko‘ra quyidagi 6 turga tasniflanadi: Tadqiqot universitetlari: I va II guruh. (3%, 125 OO‘YU), doktorlik darajasini beradi. Bu universitetlarning I va II guruhlari orasidagi farq federal moliyaviy yordam hajmi bilan bog‘liq, ya’ni II guruh OO‘Yulariga nisbatan kamroq mablag' ajratiladi. Doktorlik universitetlari: I va II guruh (3%, 111 OO‘YU). Ta’limning barcha bosqichlarini o‘z ichiga oladi. I va II guruh orasida farq ilmiy darajalar soniga bog’liq: I guruh uchun 5 ta yo‘nalish bo‘yicha 40 ta doktorlik darajasi, II guruh uchun 3ta yo‘nalish bo‘yicha 10 ta doktorlik darajasi beriladi. Magistrlik o‘quv muassasalari (15%, 529 OO‘YU), bakalavriat va magistrlik dasturlariga ega. Bu o‘quv muassasasini ko‘p tarmoqli hamda keng qamrovli universitet va kollejlar deb atashadi. I guruh - milliy, II guruh - regional hisoblanadi. Bakalavr OO‘Yularining 4 yillik kollejlari - I, II guruh. (18%, 637 OO‘YU) - juda katta to‘lov asosida o‘qitiladigan, mamlakatning eng nufuzli universitetlari magistraturalariga kadrlar yetkazib beradigan elitar ta’lim muassasalari. Ixtisoslashtirilgan OO'Yulari yoki bakalavr diplomi bilan qabul qilinadigan kasbiy maktablar (20%, 722 OO‘YU), (tibbiyot, xuquqshunoslik, pedagogik, boshqaruv va h.) Ikki yillik kollejlar va institutlar (41%, 471 00‘YU). Download 339.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling