Mazkur kazusda e’tibor qaratishimiz kerak bo’lgan jihatlar quyidagilardir
Download 14.37 Kb.
|
1-kazus
Da’vogar “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” AJ nomidan “Yunusobod tuman elektr tarmoqlari korxonasi” iqtisodiy sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar “Toshissiqquvvati” IChB UK hisobidan 1.077.565,41 so‘m asosiy qarz, mahsulotni shartnomaviy hajmlardan kam olganlik uchun 1.368.172,99 so‘m jarima, 3.886,92 so‘m mahsulotni shartnomaviy hajmlardan ortiqcha olganlik uchun jarima va 77.077,94 so‘m penya undirishni so‘ragan. Sudning 20.08.2017-yil 20-avgustdagi hal qiluv qarori bilan da’vogarning da’vo talablari qisman qanoatlantirilgan va javobgardan da’vogar foydasiga 3.886,92 so‘m shartnomaviy hajmlardan ortiqcha olganlik uchun jarima va 7.200 so‘m pochta xarajatlari hamda respublika budjetiga 77,7 so‘m davlat boji undirilgan. Keyinchalik sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgunga qadar “Toshissiqquvvati” IChB UK iqtisodiy sudga ariza bilan murojaat qilib, qo‘shimcha hal qiluv qarori qabul qilishni so‘ragan va arizada da’voning undirilgan qismi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 153-moddasiga asosan da’vo muddatini qo‘llagan holda da’voni to‘liq rad qilishni so‘ragan. Javob: Mazkur holatda, sud qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish uchun etarli asoslar mavjud emas deb hisoblab, arizani qanoatlantirishni rad etgan. Vaziyatga huquqiy baho bering. Qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish shartlarini tushuntiring. Mazkur kazusda e’tibor qaratishimiz kerak bo’lgan jihatlar quyidagilardir: Javobgarning sudga hal qiluv qarori kuchga kirguncha ariza bilan murojaat qilib undan qo’shimcha hal qiluv qarori qabul qilishni so’ragani va arizada da’voning undirilgan qismi bo’yicha da’vo muddatini qo’llagan holda da’voni to’liq rad etish masalasidir. Birinchi masalaga oydinlik kiritish maqsadida qo’shimcha hal qiluv qarori qay hollarda qabul qilinishini ko’rib chiqishimiz kerak. Iqtisodiy protsessual kodeksning 189-moddasiga binoan, hal qiluv qarorini qabul qilgan sud quyidagi hollarda qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qiladi, agar: 1) ishda ishtirok etuvchi shaxslar dalillar taqdim etgan biror-bir talab bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qilinmagan bo‘lsa; 2) sud huquq to‘g‘risidagi masalani hal qilib, undiriladigan summa miqdorini, topshirilishi lozim bo‘lgan mol-mulkni yoki javobgar amalga oshirishi shart bo‘lgan harakatlarni ko‘rsatmagan bo‘lsa; 3) sud xarajatlari to‘g‘risidagi masala hal etilmagan bo‘lsa. Bizning kazusimizdagi vaziyatda qo’shimcha hal qiluv qarori qabul qilish haqidagi ariza Kodeks normalariga muvofiq hal qiluv qarori qabul qilinmasdan oldin javobgar tomonidan berilgan. E’tibor qaratishimiz kerak bo’lgan jihat shundaki, javobgar berayotgan arizada da’voning undirilgan qismi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 153-moddasiga asosan da’vo muddatini qo‘llagan holda da’voni to‘liq rad qilishni so‘ralgan. Gap shundaki, ushbu talab qo’shimcha hal qiluv qarori qabul qilish uchun berilgan uchta asosdan biriga kirmaydi. 189-moddaning birinchi bandida berilgan holat bizning kazusimizda yuz bermagan, ikkinchi va uchinchi bandidagi masalalar esa sud tomonidan hal qilingan. Bundan ko’rinib turibdiki, qo’shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish uchun zaruriyat yo’q va qo’shimcha hal qiluv qarori qabul qilishni rad etish to’g’risida sud ajrim chiqaradi. P.S. Agar javobgar haqiqatdan ham FKning 153-moddasiga muvofiq da’voni rad etishga asos bo’ladigan holat borligiga ishonsa, hal qiluv qarori ustidan yuqori turuvchi instansiyaga shikoyat qilishi mumkin. Download 14.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling