1. Vaziyatga huquqiy baho bering


Download 20.93 Kb.
bet1/3
Sana01.11.2023
Hajmi20.93 Kb.
#1738768
  1   2   3
Bog'liq
Davron oraliq


3-KAZUS
Arizachi “DRUZYA” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari D.Do‘stov O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga ariza bilan murojaat qilib, arizasida Buxoro viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari G.Chaqqonovning 2023-yil 6-yanvar kunidagi
“Soliq to‘lovchini soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish bo‘yicha” qarorini haqiqiy emas deb topishni so‘ragan. Arizachi “DRUZYA” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari D.Do‘stov sud majlisining joyi, kuni va vaqti to‘g‘risida tegishli tartibda xabardor qilingan bo‘lsada, sud majlisiga kelmadi va ishni o‘zining ishtirokisiz ko‘rilishi to‘g‘risida arz qilmadi. Shuningdek, sud majlisi vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilingan javobgar Buxoro viloyat DSB vakili sud majlisida ishtirok etmadi va ishni o‘zining ishtirokisiz ko‘rish to‘g‘risida xabardor qilmadi. Sud ma’muriy ish hujjatlarini o‘rganib chiqib, hal qiluv qarorini qabul qildi hamda taraflarga hal qiluv qarorining nusxalarini jo‘natdi.
1.Vaziyatga huquqiy baho bering.
2.Ishning ma’muriy sudga taalluqlilik va tegishlilik jihatlarini yoritib bering.
3.Taraflarning sud majlisiga kelmaslik asoslari va oqibatlarini shaxsiy fikr va qonun hujjatlari asosida tahlil qiling.
4.Vaziyat bo‘yicha chiqariladigan sud hujjatining asoslantiruvchi qismini tayyorlang.
Javob:
Yuqorida berilgan muommoli vaziyatga asosli huquqiy yechim berish uchun O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ish yurituvi to’g’risidagi kodeksi, O’zbekiston Respublikasi Oliy sud plenum qarorlari hamda kerakli qonun hujjatlari hamda darsliklarda berilgan ma’limotlardan foydalamiz .
Bizga ma’lum bo’lgan yuqoridagi vaziyatning ma’muriy sudga taalluqlilik va tegishlilik jihatlarini ko’rib chiqadigan bo’lsak. Javob berishdan oldin sudga taalluqlilik va tegishlilik tushunchalarining o’zi nima ekanligiga to’xtalib o’tamiz. Sudga taalluqlilik kodeksning 26-moddada: Ma’muriy sudga fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi, ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar taalluqlidir, bundan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga, iqtisodiy sudlarga va harbiy sudlarga taalluqli ishlar mustasno ekanligi qayd etib o’tilgan.. Ma’muriy sudga taalluqli ishlar kodeksning 27=moddasiga ko’ra 7ta holat keltirib o’tilgan, shu holatlar va boshqa qonunda belgilab qo’yilgan holatlar yuzasidangina ma’muriy sudga ariza shaklida murojaat qilishi mumkin. Ushbu jarayonda faqatgina ma’muriy organni javobgar qilsa bo’ladi. Yuqorida aytib o’tganimizdek ma’muriy organning chiqargan hujjati manfaatdor shaxs va uchinchi shaxslarning huquq va manfaatlariga zarar yetkazadigan bo’lsa ariza shaklida murojaat qilishi mumkin. Buxoro viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari G.Chaqqonovning 2023-yil 6-yanvar kunidagi “Soliq to‘lovchini soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish bo‘yicha” qarori Arizachi
“DRUZYA” MCHJ rahbari Do‘stovning huquq va manfaatlarini buzib qo’ygan deb hisoblab ariza bilan murojaat qilgan. Ushbu vaziyat yuzasidan jamiyati rahbari Do‘stovning qilgan murojaati sudga taalluqli emas deb hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Oliy sud plenumining 15=sonli qarorining 4-bandiga ko’ra: Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, davlat organlari va ular mansabdor shaxslari O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat protsessual kodeksiga muvofiq qabul qiladigan qarorlari yoki amalga oshiradigan harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlar ma’muriy sudga taalluqli emas. Bunday ariza (shikoyat) taqdim etilgan holda, sudya MSIYTK 133-moddasi birinchi qismining 1-bandiga muvofiq uni qabul qilishni rad etadi. Agar ariza ish yuritishga qabul qilingan bo’lsa MSYTK 108- moddasi 1- qismining 1-bandiga asosan ish yuritish tugatiladi. Yuqoridagi muommoli vaziyatda Buxoro viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari G.Chaqqonovning 2023-yil 6-yanvar kunidagi “Soliq to‘lovchini soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish bo‘yicha” qarorini haqiqiy emas deb topishni so‘ragan. Ular o’rtasidagi nizo “Ma’muriy javobgarlik to’g’risida” gi kodeksiga muvofiq qabul qilingan qaror yuzasidan bo’lganligi bois Oliy sud plenumining 15- sonli qarori 4-bandiga muvofiq ushbu ariza ma’muriy sudga taalluqli emas deb hisoblash mumkin. Shuningdek taalluqli emasligining asosi sifatida Oliy sud plenumining 4- sonli qarori (Sudlar tomonidan soliq qonunchiligini qo’llashning ayrim masalalari haqida) ning 10-bandini asos qilib olsa bo’ladi unga ko’ra:
Soliq organlarining qarorlari va ularning mansabdor shaxslarining harakatlari, soliq organi tomonidan soliq to’lovchilarning konsolidasiyalashgan guruhini tashkil etish to’g’risidagi shartnomani ro’yxatdan o’tkazishni rad etish ustidan ariza ma’muriy sudlarning sudloviga taalluqli, bundan soliq to’lovchini soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortish bo’yicha qabul qilgan qarorlari mustasno. Bu holatda yuqoridagi asoslarga ko’ra ariza ma’muriy sudga berilishi qonuniy asosga ega emas.
Endigi navbatda sudga tegishlilik masalasiga to’xtalib o’tadigan bo’lsak. Ma’muriy sud ish yurituvi to’g’risidagi kodeksning 28-moddasida sudga tegishlilik masalasi yoritib o’tilgan. Unga ko’ra, Sudga taalluqli ishlar tumanlararo ma’muriy sudlar tomonidan ko‘rilishi lozim bundan Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudloviga tegishli ishlar mustasno ekanligi ko’rsatilgan. Ya’ni, ma’muriy sudga adresat yoki uchinchi shaxslar tomonidan ariza bilan murojaat qilganda sudlovga tegishlilik qoidasi qo’llaniladi.. Berilgan vaziyat yuzasidan sudlovga tegishlilik masalasiga to’xtalib o’tadigan bo’lsak. Jamiyat rahbari Do‘stov O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga, Buxoro viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari G.Chaqqonovning 2023-yil 6-yanvar kunidagi “Soliq to‘lovchini soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish bo‘yicha” qarorini haqiqiy emas deb topishni so‘rab ariza bilan murojaat qilganligi sudlovga tegishlilik qoidalariga zid hisoblanadi. Chunki jamiyat rahbari D.Do‘stov o’zining buzilgan huquq va manfaatlari yuzasidan qilgan murojaati Oliy sud plenumining 15- sonli qarori 4-bandiga muvofiq ma’muriy sudlovga taalluqli emasligi ma’lum . Ma’muriy sudga taalluqli bo’lganda edi D.Do’stov Oliy sudga emas Buxoro tumanlararo ma’muriy sudiga sudlovga tegishlilik qoidalari bo’yicha murojaat qilishi kerak edi.
Bundan tashqari, taraflarning sud majlisiga kelmaslik asoslari va oqibatlarini qonun hujjatlari asosida tahlil qilamiz. Ma’muriy sud ish yurituvi to’g’risidagi kodeksning 40-moddasiga asosan taraflar belgilab qo’yilgan. Unga ko’ra, Arizachi va javobgar ma’muriy sud ishlarini yuritishdagi taraflardir, ular o‘zlarining huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida talab taqdim etayotgan yoki manfaatlarini ko‘zlab talab taqdim etilgan fuqarolar va yuridik shaxslar arizachilardir, ariza (shikoyat) talabi qaratilgan ma’muriy organlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ularning mansabdor shaxslari javobgar hisoblanadi, taraflar teng protsessual huquqlardan foydalanishi belgilanilgan.
Ushbu vaziyat agar ish ma’muriy sudga taalluqli bo’lganda edi arizachi - jamiyat rahbari D.Do‘stov, javobgar esa - Buxoro viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari G.Chaqqonov hisoblanadi. Keysdagi arizachining murojaati noto’g’ri.
Agarda kazusdagi holat javobgarlik bilan emas ma’muriy organ qarorini haqiqiy emas deb topishni so’rab murojaat qilingan deb tasavvur qilsak va shu o’rinda manfaatdor shaxs Buxoro tumalararo ma’muriy sudiga murojaat qilsa. Lekin arizachi ham javobgar vakili ham kelmasa. Bunday holatda qay tartibda sud tomonidan ko’rib chiqlish holatiga to’xtalib o’tamiz. Ushbu vaziyatda agar arizachi sud majlisini o’zining ishtirokisiz ko’rish haqida sudga iltimosnoma kiritgan bo’lsa, va bu iltimosnoma sud tomonidan qabul qilingan bo’lsa, sud majlisi arizachining ishtirokisiz ham ko’rilishi mumkin bo’ladi. Agar iltimosnoma kiritilmagan bo’lsa sud “Ma’muriy sud ishlarini yuritish to’g’risida” gi kodeksning 105-moddasi birinchi qism 3- bandi bilan ya’ni arizachi birinchi sud majlisiga kelmagan va ishni o‘zining ishtirokisiz ko‘rilishi to‘g‘risida arz qilmagan bo’lsa ish ko’rmasdan qoldiriladi, ikkinchi shakli esa ma’muriy sud ish yurituvi to’g’risidagi kodeksning 148-moddasida, ariza (shikoyat) yuzasidan yozma fikr, qo‘shimcha dalillar taqdim etilmaganligi, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudga kelmaganligi oqibatlari ham keltirib o’tilgan. Unga ko’ra, Sud ishda
ishtirok etuvchi shaxslarga ariza (shikoyat) yuzasidan taqdim etishni taklif qilgan yozma fikr yoki qo‘shimcha dalillar taqdim etilmagan bo'lsa ham ishni mavjud materiallar bo‘yicha ko'rish davom etadi..
Ish muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan arizachi sud majlisiga kelmasa, arizachining ishni uning yo‘qligida ko‘rish to‘g‘risidagi arizasi bo‘lgan taqdirda, arz qilingan talab uning yo‘qligida hal qilinishi mumkin. Ish muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan javobgar, uchinchi shaxslar sud majlisiga kelmasa, ish ularning yo‘qligida ko‘rilishi mumkin. Yuqoridagi vaziyatda ikkala taraf ham arizachi (jamiyat rahbari D.Do‘stov) va javobgar (G.Chaqqonov) ham sud majlisiga kelishmagan. Agarda sudga kelolmay qolganlik sababini ikkala taraf ham iltimosnoma shaklida kiritganda edi ishni ko’rish keyinga qoldirilar edi. Ushbu vaziyatda ikkala taraf ham sud tomonidan sud majlisi bo’lib o’tadigan kuni, joyi, vaqti, manzili haqida ogohlantirilganligiga qaramasdan sud majlisi bo’ladigan kun sudga kelmagan. Kodeksning 149-modda 1-qism 3-bandida sud muhokamasini keyinga qoldirish asoslari keltirib o’tilgan unga ko’ra, sud protsessi ishtirokchilaridan birortasi, agar sud ishni uning ishtirokisiz ko‘rish mumkin emas deb hisoblasa, kelmagan taqdirda sud ishni keyinga qoldirishi kerakligi belgilab qo’yilgan. Demak biz bundan bilishimiz mumkinki, agarda sud taraflar ishtirokini ish yuritish uchun lozim va taraflar kerak deb topsa sud ish yuritishi keyinga qoldirilishi va ish hujjatlarini o’rganib chiqib hal qiluv qarori qabul qilmasdan ajrim chiqarib sud ish yurituvini keyinga qoldirishi kerak edi. Agarda sud tomonidan ushbu ma’muriy ish yuzasidan taraflar ishni ko’rib chiqishda ishtirok etishi lozim deb topmasa sudning o’zi taraflar ishtirokisiz ishni ko’rib chiqilishi
Demak arizachining sud majlisiga kelmaslik holati bo’yicha ikkita shakldagi harakatlar amalga oshiriladi.
1.arizani ko’rmasdan qoldiradi (MSIYtK ning 105-moddasi 3- bandi)
2. ishni ko’rish keyinga qoldiriladi (MSIYtK ning 149-moddasi)
Ikkala holatda ham sud ajrim chiqaradi.
Arizani ko’rmasdan qoldirish to’g’risida ajrim chiqarilsa uning ustidan shikoyat (protest) keltirilishi mumkin. Shuningdek ko’rmasdan qoldirish uchun asos bo’lib xizmat qilgan holatlar bartaraf etilgandan keyin arizachi sudga ariza bilan umumiy tartibda yangidan murojat qilishga haqli ekanligi ham qonunda belgilangan,
Sud muhokamasi keyinga qoldirilgan taqdirda esa u qayta davom ettiriladi zarurat bo’lganda ishning muhokamasi u qoldirilgandan keyin boshidan boshlanadi.

Ma’muriy sud ish yurituvi to’g’risidagi kodeksning 7-moddasida sud hujjati tushunchaga ta’rif berib o’tilgan. Unga ko’ra, Sud hal qiluv qarori, ajrim, qaror shaklidagi sud hujjatlarini qabul qilinishligi, Birinchi instansiya sudida ishni mazmunan ko‘rish natijalari bo‘yicha hal qiluv qarori, qaror qabul qilinishligi, apellatsiya, kassatsiya shikoyatlarini ko‘rish natijalari bo‘yicha apellatsiya va kassatsiya instansiyalari sudlari tomonidan qarorlar qabul qilinishligi, ish mazmunan hal etilmasdan qabul qilinadigan sud hujjatlari ajrimlar shaklida chiqarilishligi belgilab qo’yilgan. Keys yuzasidan sud tomonidan hal qiluv qarori chiqarilganligi ma’lum. Ushbu kazusdagi holat bo’yicha hal qiluv qarori emas ajrim chiqarilshi kerak edi bu nizo ma’muriy sudga taalluqli emas lekin ariza ko’rib chiqishga qabul qilib qo’yilgan shu sababli MSIYTKning 108- moddasi birinchi qism 1- bandi bilan ish yuritishni tugatish to’g’risida ajrim chiqarilishi kerak edi.




Download 20.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling