1. Vaziyatga huquqiy baho bering


Download 20.93 Kb.
bet2/3
Sana01.11.2023
Hajmi20.93 Kb.
#1738768
1   2   3
Bog'liq
Davron oraliq

ANIQLADI:

G.Chaqqonov “Buxoro viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Druzya” mas’uliyati cheklangan jamiyatni 2023-yil 6-yanvar kunidagi


“Soliq to‘lovchini soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish bo‘yicha” qaror chiqargan. “Druzya” ma’sulyati cheklangan jamiyat rahbari D.Do’stov ushbu qarorni o’zining huquq va manfaatlariga zid deb hisoblab haqiqiy emas deb topishni so‘ragan.
Sud arizachi talablarini o’rganib quyidagi asoslarga ko’ra ish bo’yicha ish yuritishni tugatishni lozim deb topadi:
O’zbekiston Respublikasi Oliy sud plenumining 15-sonli qarori 4-bandiga ko’ra: Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, davlat organlari va ular mansabdor shaxslari O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq qabul qiladigan qarorlari yoki amalga oshiradigan harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlar ma’muriy sudga taalluqli emas. Bunday ariza (shikoyat) taqdim etilgan holda, sudya MSIYtK 133-moddasi birinchi qismining 1-bandiga muvofiq uni qabul qilishni rad etadi. Agar ariza ish yuritishga qabul qilingan bo’lsa MSIYTK 108- modda 1- qismining 1-bandiga asosan ish yuritish tugatiladi.
Oliy sud plenumining 4-sonli qarori Sudlar tomonidan soliq qonunchiligini qo’llashning ayrim masalalari haqida ning 10- bandini olsak bo’ladi unga ko’ra:
Soliq organlarining qarorlari va ularning mansabdor shaxslarining harakatlari, soliq organi tomonidan soliq to’lovchilarning konsolidasiyalashgan guruhini tashkil etish to’g’risidagi shartnomani ro’yxatdan o’tkazishni rad etish ustidan ariza ma’muriy sudlarning sudloviga taalluqli, bundan soliq to’lovchini soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortish bo’yicha qabul qilgan qarorlari mustasno ekanligi belgilab qo’yilgan. Demak shundan, G.Chaqqonov “Buxoro viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Druzya” mas’uliyati cheklangan jamiyatni 2023-yil 6-yanvar kunidagi “Soliq to‘lovchini soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish bo‘yicha” chiqargan qarori yuzasidan shikoyat qilib ma’muriy sudga murojaat qilolmaydi.
Ma’muriy sud ishlarini yuritish to’g’risidagi kodeksning 108-moddasi 1-bandiga asosan ish ma’muriy sudga taalluqli bo’lmasa sud ish yuritishni tugatadi.


Download 20.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling