Hadis va talqin mahorati Tayyorladi: Surayyo Doniyorova. Aql, axloq, idrok va koʻngil nafsga taʼsir oʻtkaza bilmasligi mumkin, ammo bularning barisiga nafs taʼsir oʻtkaza oladi. Demak, odamning maʼnaviy-axloqiy buzilishi va tanazzuli shundan


Download 127.51 Kb.
Sana19.04.2023
Hajmi127.51 Kb.
#1364863
Bog'liq
Surayyo Doniyorova.2222


Hadis va talqin mahorati
Tayyorladi: Surayyo Doniyorova.
Aql, axloq, idrok va koʻngil nafsga taʼsir oʻtkaza bilmasligi mumkin, ammo bularning barisiga nafs taʼsir oʻtkaza oladi. Demak, odamning maʼnaviy-axloqiy buzilishi va
tanazzuli shundan boshlanib, shu joyda tugaydi. Donishmand Soʻfi Olloyor shuni nazarda tutib quyidagi misralarni keltirishimiz mumkin:
Agar nafsing seni yetmish boshingdin,
Na boʻlgʻay foyda sening yetmish yoshingdin.
Agar nafsing murodin izlamaksan,
Agar saksonga umring yetsa saksan.
Nafsini bilgan robbini bilur.
  • Bu dunyoda g‘arib yo musofir bo‘lib yashang
  • O‘lmasdan burun o‘l
  • Faqirlik faxrimdir



"Mutu qobla an tamatu"
ya'ni
"O‘lmasdan burun o‘l"
Xo'ja Ahmad Yassaviy hadis manbasini shunday sharhlaydi:
“Mutu qobla an tamutu” hadisi bor,
Ul olami faxri rasul aytmadimi?
Mustafoning soʻzin emdi oʻqumading,
Sen uqmasang burungʻular uqmadimu?
Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”da Hotam ibni Unvon Asamm haqida maʼlumot berib, “Va ul yana debdurki, har kim bu yoʻlgʻa (soʻfiylik yoʻliga – I.H.) kirar, toʻrt oʻlimni oʻziga tutmak kerak”, deydi.
⚪️Mavti abyaz – oq oʻlim, deya nomlangan boʻlib,
qilʼati taom va ochlik qiynoqlariga chidashdir. Bu xususda shoir “Koʻp tuʼma yer el arosidin ixroj oʻl” – “Koʻp ovqat yeydigan jamoa orasidan chetga chiq”, deb boshlanadigan toʻrtligida:
Kim qalbi raqiq erur, anga muhtoj oʻl,
Toʻqlik chu koʻngulni qotiq aylar och oʻl,
-desa, boshqa birida qorin bilan doʻstlikni keskin qoralaydi:
Har kimgaki koʻp taom yemak fandur,
Bilgilki, najosatga tani maskandur,
Qorin bila doʻst boʻlmasang ahsandur,
Nevchunki er oʻgʻligʻa qorin dushmandur.
⚫️Mavti asvad – qora oʻlim.
Navbatdagi oʻlim xalqning izosiga chidash, sabrni eʼtiqod, eʼtiqodni sabir darajasiga koʻtarishdir:
Har kimki falak zulmi inodigʻa yetar,
Sabr aylagan oxir eʼtiqodigʻa yetar,
Chun boʻldi sabur Tengri dodigʻa yetar,
Sobir kishi oxir murodigʻa yetar.
🔴Mavti axmar – qirmizi oʻlim – bu tariqat ahli joriy etgan navbatdagi oʻlim tajribasidirki, u insoniylik sharafining tub asosini belgilaydi va Haq yoʻlchisini ulugʻ jihod – nafsga qarshi kurashga safarbar etadi.
Va nihoyat,
⚃ Mavti axdar – yashil oʻlimga yuz burgan kishi haromga qoʻl urmagan, nohaqlik va zulmga hech bosh qoʻshmagan, qalbi toza, samimiy zotlardan xirqa uchun urun-quroq olib tikilgan libos kiyib oʻzgalarga maʼnaviy ibrat koʻrsatgan.
Oʻlim soʻzidan qoʻrqish, oʻzicha oʻlimdan qochish, oʻlim tuygʻusini qoralash, zinhor-bazinhor haѐtni sevish, juhd ila tiriklikka sodiq qolish deganimas. Zero, oʻlim tiriklikning hali yuzlanilmagan, yaʼni mavhum tomoni . Adam – yoʻqlikning sirlarini borliqqa suyanib, borliq imkoniyatlari oʻtkir idrok orqali kashf etilmasa, odam mavhumlik ichida adashib, fanodan yanada koʻproq choʻchiydigan hamda vahm qafasidan chiqishni istamaydigan boʻlib qoladi. Navoiy yuza bir kayfiyat bilan “Yod etmak oʻlum yorugʻlik ohangi emish, Oʻlmakni unutmogʻing koʻngul zangi emish”, demagan. Buni qancha chuqur mushohada etsa, shuncha foydalidir.
E'tiboringiz
uchun rahmat.
Download 127.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling