Fuqaro D. Soliyevga yer maydonini rasmiylashtirib berish to‘g‘risida


Download 21.72 Kb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi21.72 Kb.
#1580693
  1   2   3   4   5
Bog'liq
4-kazus


4-kazus
Arizachi O.Ishakova shahar hokimining 2021-yil 30-yanvardagi “Fuqaro D.Soliyevga yer maydonini rasmiylashtirib berish to‘g‘risida”gi 95-son qarorini haqiqiy emas deb topishni so‘rab tumanlararo maʼmuriy sudga murojaat qildi. Aniqlanishicha, Shahar hokimining 2021-yil 26-yanvardagi 95-son qarori bilan D.Soliyevga davlat va jamiyat manfaatida buzilgan obʼekti evaziga arizachi O.Ishakovaga tegishli bino yonidagi 240 kv.m yer maydoni “Chinni va sopol buyumlari ishlab chiqarish” bino-inshootlari qurish uchun ajratib berilgan.
O.Ishakova hokim qarori bilan D.Soliyevaga ajratilgan 240 kv.m yer maydoni ilgari o‘zi tomonidan obodonlashtirilib, daraxtlar ekilib, foydalanib kelinganligini, uchinchi shaxs tomonidan qurilayotgan bino uning sex binosiga zarar yetkazayotganligini ko‘rsatib, hokim qarorini haqiqiy emas deb topishni so‘ragan.
Birinchi instansiya sudining 2021-yil 24-maydagi hal qiluv qarori bilan ariza qanoatlantirilmagan.
Appellyasiya instansiyasining 2021-yil 17-iyundagi qarori bilan birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori o‘zgarishsiz qoldirilgan.
Bundan norozi bo‘lgan arizachi kassatsiya tartibida shikoyat kiritgan.
1. Kazusdan kelib chiqib sudga taalluqlilik masalasini muhokama qiling va fikrlaringizni nazariy hamda huquqiy jihatdan asoslang.
Ma`muriy sudga taakkuqlilik – MSIY, 26-moddasida keltirib o`tilgan ya`ni “Ma’muriy sudga fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi, ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar taalluqlidir, bundan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga, iqtisodiy sudlarga va harbiy sudlarga taalluqli ishlar mustasno”. Ma`muriy sudlarda ko`riladigan ishlar esa 27-moddada o`z aksini topgan,
Sud:
1) idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;
2) mahalliy davlat hokimiyati organlarining, davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning (bundan buyon matnda ma’muriy organlar deb yuritiladi), fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qonunchilikka mos kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;
3) saylov komissiyalarining xatti-harakatlari (qarorlari) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;
4) notarial harakatni amalga oshirish, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozishni ro‘yxatga olish rad etilganligi yoki notariusning yoxud fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;
5) davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish yoxud belgilangan muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdan bo‘yin tovlash ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi;
6) ushbu Kodeksning 271-moddasida ko‘rsatilgan investitsiya nizolari bo‘yicha;
7) ushbu Kodeksning 272-moddasida ko‘rsatilgan raqobat to‘g‘risidagi;
8) ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar bo‘yicha undirish so‘zsiz tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjati yoki boshqa hujjat ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlarni hal qiladi.
Demak, yuqorida bizga keltirilgan kazusda aynan hokimning yer berish to`g`risidagi qarori ma`muriy sudga taalluqlidir.



Download 21.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling