Fuqaro D. Soliyevga yer maydonini rasmiylashtirib berish to‘g‘risida


Kazusdan kelib chiqib maʼmuriy sudlarda muddatlar va davlat boji masalasini tahlil qiling


Download 21.72 Kb.
bet2/5
Sana18.06.2023
Hajmi21.72 Kb.
#1580693
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-kazus

2. Kazusdan kelib chiqib maʼmuriy sudlarda muddatlar va davlat boji masalasini tahlil qiling.
Ma`muriy sudlarda muddatlar MSIY kodeksida 13-bobida keltirib o`tilgan, 116-modda,

  • Protsessual harakatlar ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi, protsessual muddatlar belgilanmagan hollarda esa ular sud tomonidan tayinlanadi.

  • Protsessual harakatlarni amalga oshirish muddatlari albatta yuz berishi kerak bo‘lgan voqea ko‘rsatilgan aniq kalendar sana bilan yoki vaqtning harakat amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan davri bilan belgilanadi.

  • Protsessual muddatlar yillar, oylar va kunlar bilan hisoblanadi.

  • Yillar, oylar yoki kunlar bilan hisoblanadigan protsessual muddatning o‘tishi kalendar sananing ertasidan yoki boshlanishi aniqlangan voqea yuz bergan kundan boshlanadi.

Muddatlarni kazusga bog`laydigan bo`lsak, bizning kazusimizda aynan birinchi instansiya, appelyatsiya va kassatsiya haqida gap ketgan. Demak, ularning o`tish muddatlarini yozish maqsadga muvofiqdir:
Birinchi instansiya — Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, sudya arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi, qabul qilishni rad etish, qaytarish yoki sudga taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga o‘tkazish haqidagi masalani ariza (shikoyat) sudga kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay yakka tartibda hal qiladi;
Appelyatsiya — Agar qonunda boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, apellatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori qabul qilingan kundan e’tiboran bir oy ichida berilishi mumkin;
KassatsiyaKassatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan e’tiboran bir yil ichida berilishi mumkin.

Sud xarajatlari davlat bojidan va ishni ko‘rish bilan bog‘liq sud chiqimlaridan iborat bo‘ladi(110-modda).


MSIY 111-moddasida, Davlat bojini to‘lash asoslari, miqdori va tartibi, uni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash, to‘lashdan ozod qilish tartibi, davlat bojini qaytarish tartibi qonunda belgilanashi haqida gapirib o`tilgan.
Davlat boji to‘g‘risida qonun O`RQ 600-sonda ham davlat bojlari haqida keltirib o`tilgan bo`lib unda maqsadi, davlat boji to`lovchilari, davlat boji turlari va boshqalar keltirib o`tilgan.
Davlat boji yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik va (yoki) bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaxslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun undiriladigan majburiy to‘lovdir.



Download 21.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling