Ma ‘muriy sudlar tizimi Reja


Download 21.71 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi21.71 Kb.
#1509090
Bog'liq
Ma ‘muriy sudlar tizimi


Ma ‘muriy sudlar tizimi
Reja:

  1. Konstitutsiyaviy sud

  2. Ma ‘muriy sudlar

  3. Ma’muriy sudlarning optimallashtirilishi

Fuqarolik, iqtisodiy va harbiy sudlar bilan taalluqlilik boʻyicha chegaralari


Yuqorida aytib oʻtilgan ishlarning ikki toifasidan birinchisi doirasida ma’muriy sudning taalluqliligi quyidagi tarzda belgilandi. U ma’muriy va boshqa ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan fuqarolar va yuridik shaхslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi.
Bunda quyidagilarga taalluqli ishlar koʻrib chiqilmaydi:
Konstitutsiyaviy sud – “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonunning 4-moddasiga qarang;
fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar – Fuqarolik protsessual kodeksi yangi tahririning 26-moddasiga qarang (1.04.2018 yilda kuchga kiradi);
iqtisodiy sudlar – yangi Iqtisodiy protsessual kodeksning 25-moddasiga qarang (1.04.2018 yilda kuchga kiradi);
harbiy sudlar – “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 41-moddasiga qarang.
Fuqarolar va yuridik shaхslar idoraviy NHHlar yuzasidan Oliy sudda nizolashishi mumkin
MSIYutK tomonidan belgilaganlarga alohida toʻхtalib oʻtamiz: fuqarolar va yuridik shaхslar idoraviy normativ-huquqiy hujjatni (NHH) toʻliq yoki bir qismini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida Oliy sudga ariza bilan murojaat qilishga haqli. Ya’ni gap davlat boshqaruvi organlari tomonidan qabul qilingan NHH toʻgʻrisida boryapti. Bunda taomilga doir masalalar batafsil bayon etilgan.
Eslatib oʻtamiz, Oliy sud Plenumining 19.07.1996 yildagi 18-son “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan хatti-harakatlar va qarorlar ustidan keltirilgan shikoyatlarni sudlarda koʻrish amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 6-bandiga binoan ilgari ham fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarda umumnormativ tusidagi hujjatlar yuzasidan nizolashishga ruхsat berilardi. Biroq, aniq bayon qilingan meхanizmlarning mavjud emasligi tufayli bunday amaliyot kam tatbiq etilgandi.
Birinchidan, davlat boshqaruvi organlari tomonidan qabul qilingan NHHning konstitutsiyaviyligi va qonuniyligini tekshirish biror-bir sudning vakolatlarida aniq bayon qilinmagan edi. Konstitutsiyada, 30.08.1995 yildagi 103-I-son eski “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Qonunda va uning oʻrniga kelgan 31.05.2017 yildagi OʻRQ-431-son “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonunda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni koʻrib chiqish Konstitutsiyaviy sudning vakolatlaridan “tushib qoldi”. U tomondan koʻrib chiqiladigan hujjatlarni, shu jumladan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oliy Majlis palatalari qarorlari, Prezidentning, Hukumatning va mahalliy davlat hokimiyati organlarining qonunosti hujjatlarini sanab oʻtishda idoraviy NHH tushirib qoldirilgan.
Ma’lumot uchun: Konstitutsiyaviy sud oʻz tariхida faqat bir marta idoraviy normativ-huquqiy hujjat toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqqan (1998 yilda, batafsil – bu yerda). Fuqarolar va yuridik shaхslar esa uning koʻrib chiqishi uchun masalalarni kiritishga haqli emas.
Oʻz navbatida, fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar va iqtisodiy sudlarning taalluqliligi boʻyicha (jumladan Oliy sud fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hay’ati va sobiq Oliy хoʻjalik sudi) idoraviy NHHni koʻrib chiqish toʻgʻridan-toʻgʻri bayon etilmagan.
Ikkinchidan, 2015 yilda “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonunning 14-moddasiga Bosh prokurorning davlat boshqaruvi organlari va hokimlarning hujjatlari qonunchilikka muvofiq kelmasa yoki fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini jiddiy ravishda kamsitayotgan boʻlsa, bu hujjatlarni toʻхtatib turish yoхud bekor qilish toʻgʻrisida Prezidentga takliflar kiritish vakolati kiritildi. Bu fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar va iqtisodiy sudlarning idoraviy NHHni haqiqiy emas deb topish vakolatlari toʻgʻrisidagi huquqiy normalarni talqin etishda qoʻshimcha qiyinchiliklar tugʻdiradi.
Endi mazkur noaniqliklar bartaraf etildi. Biroq, Oliy sudning vakolati faqat idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar bilan cheklanganligiga e’tibor qaratamiz. Qolgan barcha NHH – Konstitutsiyaviy sud taalluqliligi boʻyicha.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

MSIYutK ma'muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha sud ishlarini yuritishga tatbiq etilmaydi

Ma'muriy jazolarni qo‘llash ilgarigidek Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks (bundan keyin - MJtK) bo‘yicha amalga oshiriladi. Gap shundaki, ma'muriy sudlar o‘z huquqiy tabiatiga ko‘ra 2 ta har xil ishlar toifasini ko‘rib chiqadi:

a) ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek ularning mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyat va arizalar bo‘yicha ma'muriy nizolar – ya'ni muhokama tashabbuskori – o‘z huquqlari va manfaatlarini himoya qilayotgan xususiy shaxs (1.04.2017 yilgacha FPKning 3-kichik bo‘limi bilan tartibga solinadi);

b) qonun bilan ularning vakolatiga kiritilgan ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar – bu yerda, aksincha, davlat organi tashabbuskor bo‘ladi, xususiy shaxs esa huquqbuzarlik sodir etishda ayblanadi va uni jazolash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqiladi.

Ishlarning mazkur 2 turini shunchaki ayni prinsiplar va qoidalar asosida ko‘rib chiqishning imkoni yo‘q. Bundan tashqari, ushbu bosqichda ma'muriy jazo qo‘llash huquqini to‘liq sudlarga o‘tkazish to‘g‘risida gap borayotgani yo‘q. Shu bois ma'muriy sudlarning ikkita kodeks bo‘yicha ishlashi to‘g‘risidagi qaror o‘zini oqlagan va mantiqlidir.

Fuqarolik, iqtisodiy va harbiy sudlar bilan taalluqlilik bo‘yicha chegaralari

Yuqorida aytib o‘tilgan ishlarning ikki toifasidan birinchisi doirasida ma'muriy sudning taalluqliligi quyidagi tarzda belgilandi. U ma'muriy va boshqa ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadi.

Bunda quyidagilarga taalluqli ishlar ko‘rib chiqilmaydi:
• Konstitutsiyaviy sud – “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunning 4-moddasiga qarang;
• fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar – Fuqarolik protsessual kodeksi yangi tahririning 26-moddasiga qarang (1.04.2018 yilda kuchga kiradi);
• iqtisodiy sudlar – yangi Iqtisodiy protsessual kodeksning 25-moddasiga qarang (1.04.2018 yilda kuchga kiradi);
• harbiy sudlar – “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 41-moddasiga qarang.

Fuqarolar va yuridik shaxslar idoraviy NHHlar yuzasidan Oliy sudda nizolashishi mumkin

MSIYutK tomonidan belgilaganlarga alohida to‘xtalib o‘tamiz: fuqarolar va yuridik shaxslar idoraviy normativ-huquqiy hujjatni (NHH) to‘liq yoki bir qismini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida Oliy sudga ariza bilan murojaat qilishga haqli. Ya'ni gap davlat boshqaruvi organlari tomonidan qabul qilingan NHH to‘g‘risida boryapti. Bunda taomilga doir masalalar batafsil bayon etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Oliy sud Plenumining 19.07.1996 yildagi 18-son “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan keltirilgan shikoyatlarni sudlarda ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandiga binoan ilgari ham fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda umumnormativ tusidagi hujjatlar yuzasidan nizolashishga ruxsat berilardi. Biroq, aniq bayon qilingan mexanizmlarning mavjud emasligi tufayli bunday amaliyot kam tatbiq etilgandi.

Birinchidan, davlat boshqaruvi organlari tomonidan qabul qilingan NHHning konstitutsiyaviyligi va qonuniyligini tekshirish biror-bir sudning vakolatlarida aniq bayon qilinmagan edi. Konstitutsiyada, 30.08.1995 yildagi 103-I-son eski “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Qonunda va uning o‘rniga kelgan 31.05.2017 yildagi O‘RQ-431-son “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ko‘rib chiqish Konstitutsiyaviy sudning vakolatlaridan “tushib qoldi”. U tomondan ko‘rib chiqiladigan hujjatlarni, shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oliy Majlis palatalari qarorlari, Prezidentning, Hukumatning va mahalliy davlat hokimiyati organlarining qonunosti hujjatlarini sanab o‘tishda idoraviy NHH tushirib qoldirilgan.

Ma'lumot uchun: Konstitutsiyaviy sud o‘z tarixida faqat bir marta idoraviy normativ-huquqiy hujjat to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqqan (1998 yilda). Fuqarolar va yuridik shaxslar esa uning ko‘rib chiqishi uchun masalalarni kiritishga haqli emas.

O‘z navbatida, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar va iqtisodiy sudlarning taalluqliligi bo‘yicha (jumladan Oliy sud fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay'ati va sobiq Oliy xo‘jalik sudi) idoraviy NHHni ko‘rib chiqish to‘g‘ridan-to‘g‘ri bayon etilmagan.

Ikkinchidan, 2015 yilda “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasiga Bosh prokurorning davlat boshqaruvi organlari va hokimlarning hujjatlari qonunchilikka muvofiq kelmasa yoki fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini jiddiy ravishda kamsitayotgan bo‘lsa, bu hujjatlarni to‘xtatib turish yoxud bekor qilish to‘g‘risida Prezidentga takliflar kiritish vakolati kiritildi. Bu fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar va iqtisodiy sudlarning idoraviy NHHni haqiqiy emas deb topish vakolatlari to‘g‘risidagi huquqiy normalarni talqin etishda qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘diradi.



Endi mazkur noaniqliklar bartaraf etildi. Biroq, Oliy sudning vakolati faqat idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar bilan cheklanganligiga e'tibor qaratamiz. Qolgan barcha NHH – Konstitutsiyaviy sud taalluqliligi bo‘yicha.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, 110-modda
Sud tizimi
O‘zbekiston Respublikasida:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi;
harbiy sudlar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari;
fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari; jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlari;
tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari; tuman (shahar) ma’muriy sudlari faoliyat ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasida ishlarning toifalariga qarab sudlarning ixtisoslashuvi amalga oshirilishi mumkin.
Favqulodda sudlar tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Sudning vazifalari
O‘zbekiston Respublikasida sud O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va boshqa qonunlarida, inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro hujjatlarda e’lon qilingan fuqarolarning huquq va erkinliklarini, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud yo‘li bilan himoya qilishga da’vat etilgan.
Sudning faoliyati qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta’minlashga qaratilgandir.
Sud hokimiyatining mustaqilligi
Sudyalar mustaqildirlar, faqat qonunga bo‘ysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi.
Sud hujjatlarining majburiyligi
Sud hujjatlari barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolar uchun majburiydir hamda O‘zbekiston Respublikasining butun hududida ijro etilishi shart.
Qonun va sud oldidagi tenglik
O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar qonun va sud oldida tengdir. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ham qonun va sud oldida tengdir.
2017 yilda sud tizimida o‘ziga xos katta o‘zgarish bo‘lgan edi. Biz uchun yangilik bo‘lgan ma’muriy sudlar tashkil etilib, 2017 yil 1 iyun kunidan o‘z faoliyatini boshlagandi. Ma’muriy sudlarga ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar va ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni ko‘rib chiqish vazifasi yuklangan. O‘tgan 3 yildan ortiq muddat davomida ma’muriy sudlar nima ishlar qilganini eng avvalo ushbu sud bilan bog‘liq ommaviy axborot vositalari orqali berilgan xabarlar salmog‘ining kattaligi va natijadorligi hamda ko‘plab rezonansga sabab bo‘lgan ishlarning qonuniy hal qilingani bilan bog‘lash mumkin. Shu o‘rinda barchani hozirgacha qiziqtirib kelayotgan avtomashinalarda boshqarishda pardadan foydalanish mumkinligini qonuniyligini asoslab berilishi hamda tadbirkorlik sub’ektlari, xususan, fermer xo‘jaliklarini yerlarini noqonuniy olib qo‘yilishidagi qat’iy qonuniy pozisiyani ko‘rsatganida ko‘rish mumkin. Xo‘sh, davlat rahbarining 2020 yil 24 iyuldagi “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi №PF-6034-sonli Farmoni bilan nima o‘zgarmoqda? Buni sodda qilib, barcha uchun tushunarli jumlalar bilan tushuntirishga harakat qilamiz.
Eng avvalo, 2020 yil 1 yanvardan ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlarni ko‘rish ma’muriy sudlardan jinoyat sudlariga o‘tkazilishi belgilanmoqda. Ma’muriy huquqbuzarlik deganda, sodda qilib tushuntirganda xalq orasida keng tarqalgan transport vositasini mast holda boshqarish, mayda bezorilik, lisenziyasiz transportda aholiga pullik xizmat ko‘rsatish, haqorat qilish, tuhmat va boshqa shu kabi ma’muriy qilmishlar tushuniladi. Hozirda ushbu qilmishlar uchun yuritilgan ma’muriy ishlarni ma’muriy sudlar ko‘rib kelmoqdalar. Ma’muriy huquqbuzarlik uchun qonunda jazo tayinlash nazarda tutiladi. Mana shu jazo tayinlash funksiyasi tabiatiga ko‘ra jazo tayinlash masalasini hal qilish vakolati berilgan jinoyat sudlari uchun yaqinroqdir. Shu sababli, ushbu vakolat jinoyat sudlariga o‘tkazilmoqda. Ma’muriy sudlar esa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqqan nizolar, ya’ni mansabdor shasxning qarorlari, haraktlari yoki harakatsizligidan norozi bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning ma’muriy sudlarga shikoyat tartibida murojaat qilishib, huquqlari tiklanishi masalasini ko‘tarishlari mumkin bo‘ladi. Masalan, shaxs tuman hokimining qandaydur qarori qabul qilinishi bilan o‘zining qonuniy huquq va manfaatlarini buzilgan deb hisoblasa, bu borada hokim qarorini haqiqiy emas deb topish yuzasidan ma’muriy sudga murojaat qilishi mumkin bo‘ladi. Ma’muriy sudlar o‘ziga xos “elita” sudlar sifatida faoliyatini davom ettiradi.
Shuningdek, ma’muriy sudlarning barchasi tugatilishi Farmonda nazarda tutilmagan bo‘lib, balki birinchi instansiya sudi hisoblangan tuman, shahar ma’muriy sudlari tugatilib, ularni o‘rnida Toshkent shahar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlar markazlarida ixtisoslashtirilgan tumanlararo sudlari tashkil etiladi. Endi barcha murojaatchilar hududlarda tashkil etilgan yagona tumanlararo sudlariga murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi. Haqli savol tug‘iladi, viloyat markazlaridan yiroqda joylashgan tumanlar yashovchilar albatta viloyat markaziga kelib ariza topshirishi va bir necha marotaba o‘tkaziladigan sud majlislarida ishtirok etishi muroljaatchilarni sarson qiladiku? Yo‘q, hozirda deryali barcha hududlardagi sudlar eng zamonaviy videokonferens aloqa tizimiga ulangan bo‘lib, murojaatchi o‘z hududidagi sud binosida turib viloyat markazidagi ma’muriy sud majlisida virtual tarzda ishtirok etish imkoni bor. Albatta barcha o‘zgarishlarda eng avvalo fuqarolarni manfaatlari birinchi navbatda inobatga olingan.
Ma’muriy sudlarning optimallashtirilishi va faqat ommaviy nizolarni ko‘rishini belgilab berilishi bu eng avvalo ma’muriy sudlarni jamiyatdagi o‘rnini ko‘tarish, sud qarorlarini ijrosini moneliksiz bajarilishini ta’minlash va qonuniylikni ta’minlashdagi o‘ziga xos katta qadam bo‘ladi.
Download 21.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling