1. Ma’lumot-axborot hujjatlari


Download 99.37 Kb.
bet1/8
Sana09.02.2023
Hajmi99.37 Kb.
#1182333
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
yakuniy savollar (2)


1.Ma’lumot-axborot hujjatlari. Ma’lumot-axborot hujjatlari anchayin katta guruhni tashkil qiladi, ular ish yuritish jarayonida ko‘p ishlatiladi. Ma’lumot axborot hujjatlari qarorlarni qabul qilishga undaydigan ma’lumotlarni yetkazadi. Ularning xususiyati shundaki, hujjatlar boshqaruv tizimida quyidan yuqoriga: xodimdan bo‘lim rahbariga, bo‘lim rahbaridan muassasa rahbariga, quyi tashkilotdan yuqori tashkilotga qarab harakatlanadi. Ariza,Tushuntirish xati,Tarjimayi hol, Tavsiyanoma, Tavsifnoma, Bayonnoma, Bayonnomadan ko‘chirma, Bildirgi bildirishnoma, Ishonchnoma, Dalolatnoma, Tilxat, Hisobot, Ma’lumotnoma, Vasiyatnoma E’lon Ma’lumot-axborot hujjatlari hisoblanadi.
Sohaga doir terminlarni qo‘llab ariza yozing.
“Master building” firmasi direktori
Do’sanov Abdumurod Sindorovichga
Jizzax viloyati Forish tumanida yashovchi
------------------------------------- o’g’lidan
Ariza
Arizamning mazmuni shundan iboratki . Bizning mahallada qurilayotgan “Maschid” qurilishi uchun “sement”, “G’isht”, “shag’al” kabi qurilish mahsulotlaridan yetkazib berishingizda o’z hissangizni qo’shishingizni so’reman.
07.02.2023-yil Imzo. ---------------------
2.Nutq uslublari.Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum soha doirasiga ma’lum nutqiy vaziyatga xoslanga ko’rinishi nutq uslubi hisoblanadi.O’zbek tilida quyidagi nutq uslublari bor. So`zlashuv uslubi, Ilmiy uslub, Rasmiy uslub, Publististik uslub, Badiiy uslub.
Rasmiy-idoraviy uslub- nutq uslubi jamiyatdagi ijtimoiy-huquqiy munosabatlar, davlat va davlatlararo rasmiy, siyosiy-iqtisodiy, madaniy aloqalar uchun xizmat qiluvchi uslubdir. Bu uslub hujjatchilik xarakteri bilan ajralib turadi. Shunga ko‘ra, yozma nutqning xizmatga doir bu turi davlat qonunlari, farmonlar, bayonotlar, shartnomalar, idora hujjatlarie’lonlar va boshqa rasmiy yozishmalar uslubi hisoblanadi. Rasmiy uslub tilining asosiy xususiyati aniqlik va ixchamlikdir, unda muayyan nutqiy qoliplar, kasb-hunar so‘zlari, atamalar, tayyor sintaktik qurilmalar keng qo‘llanib, nutqning aniq va ravshan ifodalanishini ta’minlaydi. Tayyor nutq qurilmalari (shu asosda: shun­ga ко‘rа; ma’lum qilamizki; ...ni e’tiborga olib; ...ga ко‘rа; ...biz, quyida imzo chekuvchilar, ...ga asosan (muvofiq); ...uchun, ...dan kelib chiqib; ...sharti bilan; ...berilsin, ...taqdirlansin kabi) hujjat matnining darak hikoya xarakterida bo‘lishini, so‘zlarning bir ma’noda ishlatilishini, badiiy-tasviriy vositalarning bo‘lmasliguii, fe’lning majhullik va buyruq-istak shakllarining, qo‘shma gap turlarining keng qo‘llanishini talab qiladi. Til materiali hujjatning turi va xarakteriga qarab tanlanadi.

Download 99.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling