1. Ma’lumot-axborot hujjatlari
Farmoyish hujjatlarga nimalar kiradi?
Download 99.37 Kb.
|
yakuniy savollar (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14.Hujjatlarning yozilish uslubi va ularning turlari.
- Hujjat turlari
- Majlis bayoni.
13.Farmoyish hujjatlarga nimalar kiradi? Yo’riqnoma,shartnoma, buyruq, ko‘rsatma va farmoyish hujjatlari Buyruq nima? Nisbiy ma'noda mustaqil sanaladigan, o‘z muhri va shtampiga ega bo‘lgan tashkilot yoki muassasa doirasida yuritiladigan asosiy hujjatlardan biri bo‘lib, shu tashkilot yoki muassasa uchun muhim hisoblanadigan vazifalar uning yordamida hal etiladi. Huquqiy hujjat bo‘lgan buyruqni bajarish, mazmunidan kelib chiqib uni ijro etish vazifasi yuklatilgan shaxslar uchun majburiy sanaladi. Ijrosi amalga oshmay qolgan taqdirda esa bu shaxslarga nisbatan ma'muriy chora ko‘rilishi mumkin. Shuninguchun buyruqni chiqarish murakkab jarayon hisoblanadi va zaruriyatga qarab unga imzo chekadigan rahbar, o‘z o‘rinbosarlari, tegishli bo‘lim boshliqlari va mazkur buyruqni bevosita bajaruvchilarbilan oldindan kelishib olinadi. Oldindan o‘ylab, kelishib chiqarilgan buyruq to‘laligicha bajariladi hamda tashkilot va uning rahbariga obro‘ keltiradi.
14.Hujjatlarning yozilish uslubi va ularning turlari. Ish qog‘ozlari, odatda siyohli, sharikli ruchkada (ko‘k, qora, gunafsharang sterjen bilan) aniq dastxat bilan yoziladi. Ariza, tarjimayi hol, bildirgi (raport) kompyuterda yozilmay, faqat qo‘l bilan yoziladi. Dalolatnoma (akt), bayonnoma, hisobot kabi hujjatlar kompyuterda terilishi mumkin. 2. Hujjatlarda o‘chirish yoki tuzatishga yo‘l qo‘yilmaydi. . Ish qog‘ozlarining har bir turi umum qabul qilingan shaklda va muayyan izchillikda tuziladi. Hujjat matni qisqa, ravon, aniq va mantiqli (ortiqcha so‘z va iborasiz) bayon qilinishi kerak. Hujjat tili juda lo‘nda bo‘lishi lozim. Ish qog‘ozlarida biror shaxsga murojaat etilganda “Siz ” olmoshi (shuningdek, uning turlangan shakllari - “Sizga”, “Sizning”,”Sizdan ” va sh.k) bosh harf bilan yoziladi.Son, odatda, raqam bilan yoziladi. Pul hujjatlari (dalolatnoma, ishonchnoma, tilxat)da raqamdan so‘ng qavs ichida shu raqamning so‘zdagi ifodasi ko‘rsatiladi. Arab raqamlari bilan ifodalangan tartib sonlardan so‘ng qo‘shimcha yozilmay, uning o‘rniga defis (-) qo‘yiladi: 3-chorak, 4-kurs. Rim raqamidan so‘ng hech qanday qo‘shimcha yozilmaydi: I chorak, II kurs. Turli belgi va son ifodalari bir xil shaklda yoziladi. Masalan №, §, %, (telegrammalarda bular so‘z bilan – raqamli, band, foiz kabi ifodalanadi.) Ish qog‘ozlarda ularning imzolanishiga rioya etiladi: avval hujjatga imzo chekadigan mansabdor shaxs lavozimining nomi, so‘ng shaxsiy imzosi va familiyasi ko‘rsatiladi. Tavsifnoma, dalolatnoma kabi hujjatlarda, odatda, 3- shaxs imzo chekadi. Ishonchnomada uni beruvchi shaxs imzosidan tashqari ushbu imzoni tasdiqlovchi shaxs imzosi ham bo‘ladi. Hujjatlarda sanalar arab raqami bilan yoziladi. Bunda ruscha shaklda – 15.11.04; 02.08.04 tarzda emas, balki quyidagi o‘zbekcha gap tuzilishidan 7 kelib chiqqan shaklda berish kerak: 1991.04.09; 2004.04.09. Bunda dastlabki to‘rt raqam yilni, keyingilari kun va oyni bildiradi.Hujjat turlari Tashkiliy hujjatalar-Guvohnoma yo’riqnoma, nizom-ustav, shartnoma.,Farmoyish- Buyruq, buyruqdan ko’chirma, va afarmoyish.hujjatlari,Ma’lumot axborot hujjatalari-Ariza bayonnoma Bildirgi vasiyatnoma ishonchnoma, ma’lumotnoma, tavsifnoma, tavsiyanoma, tarjimai hol tilxat tushuntirish xati e’lon va hisobot. Xizmat yozishmalari,-Taklif telefonagramma axborot xat , iltimos xat ,kafolat xat so’rov xati, tasdiq xati, farmoyish xati eslatma xati diplomatik va tijorat yozishmalari.Majlis bayoni. turli yig`ilish, kеngash va boshqa tur anjumanlarning borishini, majlis qatnashchilarining chiqishlari va ular qabul qilgan qarorlarni qayd qiluvchi rasmiy hujjatdir. U voqеlikning o`rni, vaqti va holati haqida ma'lumot bеrish bilan birgalikda, qarorlarning to`g`ri qabul qilinganligini tеkshirish va ularning bajarilishini nazorat qilishga imkon bеradi. Doimiy ish ko`ruvchi organlar (ilmiy kеngash, hay'at va boshqalar), shuningdеk, vaqtinchalik ish ko`ruvchi organlar (konfеrеntsiyalar, yig`ilishlar, anjumanlar, komissiyalar) faoliyatida, albatta, bayonnoma yozilishi kеrak. Bayonnomani yozishni tashkil qilish kotibning asosiy vazifalaridan biridir. Bayonnoma doimiy ish ko`ruvchi organlarning yig`ilishlarida doimiy kotiblari tomonidan tuziladi va rasmiylashtiriladi. Vaqtinchalik ish ko`ruvchi organlar majlislarida esa yig`ilish jarayonida saylangan kotib aynan shu ishni bajaradi. Download 99.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling