1. Ma’lumotlar bazalari va ularni yaratish modellari. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarining asosiy vazifalari va xususiyatlari


Download 0.68 Mb.
bet1/13
Sana21.01.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1105848
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
8-Ma\'ruza


Ma’ruza-8. Ma’lumotlar bazalari va katta xajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash texnologiyalari (4 soat)
Reja:
1. Ma’lumotlar bazalari va ularni yaratish modellari.
2. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarining asosiy vazifalari va xususiyatlari.
3. Katta xajmdagi ma’lumotlar (Big Data) qayta ishlash texnologiyalari


Tayanch so’z va iboralar. Ma’lumotlar banki, Malumotlarni boshqarish tizimlari, so’rovlar, hisobot, ORACLE, MBBT Accesse va h.q.

Hozirgi paytda informatsiya bazalarini boshqaruv sistemalari (IBBS) turkumiga oid amaliy programmaviy vositalarining quidagi asosiy turlari mavjud. Masalan, Fox PRO, PARADOX, ACCESS dasturlari. Ular bir-biridan informatsiya bazalari tuzish imkoniyatlari, ularning kattaligi, talab qilinadigan programmaviy va texnikaviy resurslar, qaaysi rejimda ishlash talab qilinganligi, qanday programmalar va operatsion sistemalar bilan birgalikda ishlashlari, informatsiya massivlariga va ularning to‘zilishiga qo‘yilgan talablar bilan farq qiladilar.


Ko‘p foydalanuvchilarga mo‘ljallangan, ya'ni kompyuter tarmoqlarida ishlatishga mo‘ljallangan ma'lumot bazalarini yaratish va ularni yuritish tizimlariga Oracle, InterBase, SyBase, MicroSoft SQL Server, Informix deb ataluvchi dasturlar kiradi. Bu dasturlar ishlash tamoyillariga ko‘ra ierarxik, relyatsion va aylana-xalkasimon ma'lumot bazalariga bo‘linadilar. Hozirda relyatsion ma'lumot bazalari o‘zining qulayligi tufayli keng miqyosda ishlatilmoqda. Relyatsion ma'lumot bazalari ma'lumotlarni jadvallarga joylashga va jadvallar orasida mos bog‘liqliklarni, ya'ni munosabatni (relyatsiyani) o‘rnatishga asoslangan. Ular jadvallar orasidagi turli bog‘liqliklarni o‘rnatish, ma'lumot kiritish shakllarini yaratish, xisobot shakllarini chiqarish, turli so‘rovlar «Zaprosi»tuzish imkonini beradi. Shuning uchun ham ularning birini kundalik ish faoliyatida ishlatish uchun tanlab olinayotganda, ularning qaaysi tomonlarini ko‘proq ishlatishingizga va Siz uchun nima muximligiga ahamiyat berib, diqqatni xuddi shunga qaratishingiz lozim bo‘ladi.
Biz Quyida yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan informatsiya bazalarini boshqarish sistemalaridan zamonaviyligi va imkoniyatlari ko‘pligi bilan ajralib turadigan, hamda hozirgi paytdagi ko‘pgina sistemaviy programmaviy ta'minotlar tarkibiga kirib, ko‘pchilik uchun qulay imkoniyatlar yaratayotgan Access deb nomlangan ma'lumotlar majmuasini boshqarish sistemasining (MBBS) asoslari bilan qisqacha tanishib chiqamiz. Agarda Siz ushbu sistema bilan batafsilroq tanishishni xoxlasangiz, u holda qo‘llanmaning oxiridagi adabiyotlar ro‘yxatida keltirilgan maxsus adabiyotlarga murojaat qilishingiz mumkin.
Access dasturini ham barcha dasturlar kabi ish stolining «PUSK» tugmasi yordamida ishga tushirish mumkin. Bu jarayon quidagi rasmda ko‘rsatilgan.

1-rasm. MS ACCESS ning ishga tushirilishi

Bu dastur ishga tushganidan so‘ng ekranda hosil bo‘lgan darchada ma'lumot bazasini yaratish yoki mavjud bazani ishga tushirish imkonini tanlash mumkin.




Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling