1. Ma’lumotlar bazalari va ularni yaratish modellari. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarining asosiy vazifalari va xususiyatlari
8-Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Novaya vaza dannix
- Ob’ekti”
- Tablitsi
- Zapros
- Dostupnie polya
- Podrobniy»
- Pole»
Mantiqiy (Logic)
|
Ikki xil qiymatdan (Yes/No) birinigina qabul qila oladigan mantiqiy qiymatlar. |
Jadvalning Har bir maydoni uchun Siz mumkin bo‘lgan biror-bir ma'lumot turini tanlab olishingiz kerak. Har bir maydonda faqatgina bir xil turdagi ma'lumotlargina shaklanishi mumkin.
Ushbu Jadval konstruktori darchasida ma'lumotlar turini aniqlashdan tashqari quidagilarni ham bajara olasiz:
Maydonni kalitli yoki indeksli sifatida aniqlash;
Maydonda kattalikning albatta kiritilishi sharti;
Maydon formatini aniqlash;
Maydonga biror bir qo‘shimcha yozuv kiritish (u formada aks etib turadi);
Boshqa bir qancha imkoniyatlar.
ACCESS informatsiya bazasidagi hamma operatsiyalar juda oddiy holda sichqoncha turidagi manipulyator orqali osongina bajariladi. Sichqoncha bilan biror bir maydonni bossangiz, uning o‘ng chekkasida ro‘yxatni ochishga imkon beradigan tugmacha hosil bo‘ladi. Siz uni bosish bilan ro‘yxatdann kerakli imkoniyatni (Optsiyani) tanlab olasiz. Agarda jadvalni o‘zingiz tuzishga qiynalsangiz, bu ishda Sizga Master lar yordamga keladi. Bular tegishli ishlar ketma ketligini osongina amalga oshirishga yordam beradi.
Ma'lumot bazasini yaratishning ikki yo‘li: oddiy yo‘l va baza ko‘rish Ustasi (Master) yordami taklif etiladi. Oddiy yo‘lni tanlash uchun “Novaya vaza dannix” punkti tanlanadi. Usta yordami esa “Zapusk mastera” punkti orqali amalga oshiriladi. Mavjud bazani ochish uchun “Otkrit bazu dannix” punkti tanlanadi va OK tugmachasi bosiladi (2-rasmga karalsin). Ma'lumotlar bazasi yaratishning oddiy yo‘lidan boramiz. Bunda biz yuqoridagi oynadan «Novaya vaza dannix» bulimini tanlaymiz. Shu holda Quyida keltirilgan so‘rov dialog oynasi hosil bo‘ladi:
3-rasm. Bazaning so‘rov oynasi
Bu darchada etti xil imkoniyat taklif etiladi (Agar bu imkoniyatlar ko‘rinmayotgan bo‘lsa, “Ob’ekti” tugmachasini bosasiz. Jadval yaratish (Tablitsi), so‘rov shaklini yaratish (Zaprosi), ma'lumotlarni kiritish shakllarini yaratish (formi), ma'lumotlarni chiqarish shakllarini yaratish (Otcheti`), Ma'lumotlarga bevosita kirish saxifasi (Stranitsi), Makroslar va Modullar yaratish imkoniyati mavjud. Biz eng avvalo bazaning asosi bo‘lgan jadvalni yaratishimiz zarur. Shuning uchun «Tablitsi» imkoniyatini tanlaymiz. Bunda jadvalni yaratishning uchta yo‘li taklif etiladi: konstruktor yordami bilan jadval tashkil etish (Sozdanie tablitsi v rejime konstruktora), jadval Ustasi yordami bilan jadval tashkil etish (Sozdanie tablitsi s pomoshch’yu mastera) va nixoyat ma'lumotlarni kiritish yo‘li bilan hosil qilinadigan oddiy jadval tuzish tartibi (Sozdanie tablitsi putem vvoda dannix).
Biz o‘z navbatida qulay bo‘lgan konstruktor tartibini tanlaymiz. Bunda ma'lumot bazasining to‘zilishi (strukturasi) juda qulay tarzda yaratiladi.
Jadvaldagi Har bir ustun ma'lum bir ko‘rsatkichni bildiradi va uning tabiatiga xos bo‘lgan ma'lumot turini qabul qiladi. Masalan, soliq to‘lovchi jismoniy shaxslar xaqidagi ma'lumotlar bazasi jadvali quidagi ustunlar yoki ko‘rsatkichlardan tashkil topishi va quidagi ma'lumot turlarini qabul qilishi mumkin (qavs ichida tegishli ma'lumot turining qandayligi ko‘rsatilgan):
soliq to‘lovchining identifikatsion raqami (raqamli, chislovoy);
soliq to‘lovchining ismi (matnli, tekstovoy);
soliq to‘lovchining familiyasi (matnli, tekstovoy);
faoliyat turi (matnli, tekstovoy);
imtiyozi (mantiqiy, logicheskiy);
manzili (matnli, tekstovoy).
Konstruktor rejimidagi jadval tarkibida oynada uchta ustun paydo bo‘lib, birinchi ustunga - ko‘rsatkich nomi (Imya polya), ikkinchi ustunga - uning turi (Tip dannix), uchinchi ustunga izox (Opisanie) kiritiladi. Bu oynaning to‘zilishi quidagi rasmda keltirilgan:
5-rasm. Konstruktor rejimida jadval tuzilishini aniqlash.
Navbatdagi vazifamiz yuqorida keltirilgan soliq to‘lovchi jismoniy shaxslar xaqidagi ma'lumotlarni tegishli qatorlarga kiritish bo‘lib, bunda yuqoridagi darcha ustunlariga ularga tegishli maydonlar nomi, maydondagi ma'lumot turi (Tip dannix ustunidagi tugmacha orqali tanlanadi) va Har bir maydon uchun tushuntirish yoki izox yozilishi lozim. Endi hosil qilingan jadval to‘zilish bilan bog‘liq ma'lumotlarni saqlashni amalga oshiramiz. Bunda bizga kerak bo‘lgan jadval yaratilib bo‘lindi, lekin unga xali ma'lumotlar kiritilgani yo‘q. Jadvalga ma'lumotlar kiritish uchun asosiy oynaning Vid menyusidan yoki uskunalar paneli yordamida Jadval holati (Rejim tablitsi) imkoniyati tanlanadi, so‘ng ekranda jadvalning ko‘rinishi paydo bo‘ladi va biz ushbu jadvalga tegishli ma'lumotlarni kiritishimiz mumkin. Ma'lumotlar kiritilib bulinganidan so‘ng, uni saklaymiz. Demak, birinchi usulda jadval yaratish jarayoni nixoyasiga etdi deyishimiz mumkin.
Ushbu formadan foydalanib, hosil kilinayotgan jadvalga kerakli ma'lumotlarni kiritish mumkin. Buning uchun Har bir maydonga tegishli kiymatlar kiritiladi va pastdagi “Zapis “ (yozuv) deb nomlangan qatorning o‘ngga yunalgan bitta strelkachali tugmasini bosamiz yoki klaviaturadagi Tab tugmachasini bosamiz. Bu bizga keyingi yozuvga utish imkoniyatini beradi. Barcha ma'lumotlarni forma yordamida jadvalga kiritib bo‘lganidan so‘ng, uni saqlab olish kerak. Hozir bizda kerakli ma'lumotlar asosida jadval hosil qilindi va unga tegishli ma'lumotlar kiritish formasi tashkil qilindi.
Keyingi bosqichdagi ishimiz So‘rov «Zapros» va Xisobot «Otchet»qanday tashkil etilishini ko‘rib chiqishimiz bilan bog‘liq bo‘ladi. Buning uchun Asosiy oynadan (6-rasm) « Zaprosi» tugmachasini bosamiz, so‘ng “Sozdanie zaprosa s pomoshchyu mastera” imkoniyatini tanlab, “Noviy zapros “oynachasidan “Prostoy zapros” imkoniyatini tanlagandan so‘ng quidagi oynaga ega bo‘lamiz:
6-rasm. Zaproslarni bajarish.
Ushbu oynadan qaaysi jadval asosida so‘rovlar tashkil kilinishini «Tablitsi i zaprsi»-Jadvallar va so‘rovlar va qaaysi maydonlar kerakligini «Dostupnie polya» tanlab olamiz. Maydonlarni tanlash uchun Har bir maydon nomi tanlanib > belgili tugmachasini bosish vositasida barcha kerakli maydonlar o‘ng tomondagi «Vibrannie polya» (Tanlangan maydonlar) darchasiga o‘tkaziladi va undan so‘ng Dalee tugmachasini bosiladi. Bunda quidagi oynachaning tasviriga ega bo‘lamiz:
7-Oddiy zaproslarni amalga oshirish
Bu oynadan xisobotning qanday turga mansub bo‘lishi kerakligini tanlab olishimiz mumkin. Agar biz «Podrobniy» (To‘liq) imkoniyatini tanlab, Dalee tugmachasini bossak, kompyuter ekranida quidagi darcha hosil bo‘ladi:
8-rasm. Yaratilayotgan zaprosni nomini
Bu oyna bizdan so‘rovning nomini berishni talab qilayapti. Agar so‘rovning nomini berib, Otlrit zapros dlya prosmotra dannix (Ma'lumotlarni ko‘rish uchun so‘rovni ochish) imkoniyati tanlansa va Gotovo tugmachasi bosilsa, quidagi oynachaga ega bo‘lamiz:
9-rasm. Tayyor zaprosni ko’rinishi
Ushbu oynada bizning konkret so‘rovimizga mos bo‘lgan ma'lumotlar hosil bo‘ldi. Lekin jadvalimiz maydonlari to‘liq ravishda tanlanmagani va tegishli ma'lumotlar kiritilmagani uchun so‘rov jadvalida xech nima yo‘q..
Agarda mavjud jadvaldan biror-bir Ko‘rsatkichlar asosidagi so‘rovni o‘zgartirishimiz lozim bo‘lsa, VID menyusidan Konstruktor rejimini tanlaymiz va quidagi oynaga ega bo‘lamiz:
10-rasm.Konstruktor yordamida zapros xosil kilish
Bu oyna oldin tayyorlanilgan jadvaldan ushbu oyna orqali tayyorlaniladigan so‘rovlarni hosil qilishga imkon beradi. Bu erda «Pole» satri jadvalning ustunlari nomidan iborat. Masalan ushbu holda STIR, ST familiyasi, Faoliyat turi, Imtiyozi va Manzilgoxi maydonlari aks ettirilgan. Ikkinchi «Imya tablitsi» satrida esa maydonlar ma'lumotlari olinishi kerak bo‘lgan jadvallar nomi aks ettirilgan. Kurilayotgan misolda faqatgina «Sotrudniki» jadvaliga oid maydonlar ishlatilgani uchun, uning nominigina ko‘rishingiz mumkin.
Keyingi uchinchi satrda tegishli ustundagi katakchani sichqoncha bilan turganingizda so‘ng hosil bo‘ladigan pastga qaragan strelkali tugmachani bosish orqali ma'lumotlarni saralash uchun uch xil imkoniyat tanlash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham:
ma'muriyatiga murojaat qiling