1. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (mbbt)
Dorixona omborlarida foydalaniladigan avtomatlashtirilgan tizimlar
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Ms Accessda jadvallar
8. Dorixona omborlarida foydalaniladigan avtomatlashtirilgan tizimlar
xaqida. Dorixona ishini avtomatlashtirish tizimlari dorixona xodimining dorixonada barcha ishlarni shu bilan birgalikda hisob-kitob xujjatlarini va hisobotlarni electron shaklda amalga oshirishda qo’llaniladi. Avtomatlashtirilgan tizim quyidagi modullardan tashkil topgan: – Kirim-chiqim jurnali; – Omborxona; – Kassa; – Sotuv analizi; – Ma’lumotnomalar. Barcha ma’lumotlar ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi (MOBT) da saqlanadi. Ushbu avtomatlashtirilgan tizim bir vaqtning o’zida bir necha foydalanuvchining local va Internet tarmog’I orqali foydalanish imkoniyatini beradi. Tizimning asosiy vazifasi – dorixona omboridagi maxsulotni kiritish va chiqarish xamda qoldiqlarni nazorat qilishdan iborat. Dorixona omboriga qoldiqlarni kiritish electron buyurtma bo‘yicha kirish qog‘ozlarini import qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi, hamda boshlang‘ich qoldiqlar nakladnoylarin ikiritish orqali tizimga qatnashmagan, ya’ni boshqa avtomatlashgan dorixona tizimidagi nakladnoylar importi ham mavjud. Tovarni ombordan chiqarish dorixona omboridan chiqish nakladnoylarni xisobdan chiqarishda shakllanadi yoki kassa (G’azna) modulidagi sotuv yo‘li bilan ombor modulida mahsulotning qoldig‘ini joriy holatini tahlil qilish mumkin, harakatini nazorat qilish mumkin (9.1-rasm). 9.1-rasm. Dorixona ombori ishini avtomatlashtirish tizimlari. Malumotnoma avtomat ravishda yangilanadi. Malumotnomani mustaqil to‘ldirib borish mumkin. Yana kengaytirilgan ma’lumotnoma axborotni ko‘rsatib turish imkoniyati yaratilgan (9.2-rasm). Analiz(tahlil) moduli kassa moduli orqali realizatsiya qilingan mahsulotni tahlil qilish, mahsulotlarning diagrammalarini qurish, sotuv asosida keyingi qayta ishlovlar(obrabotkalar) uchun tuzish avtobuyurtma yuborish imkonini beradi. 9.2-rasm. Dorixona ishini avtomatlashtirishda ishlatiladigan texnologiyalar. Ofis-podkliyent rejimida dorixonalarning avtomatlashgan tizimida ishlash nazarda tutilgan. Dorixona ishini tashkilashtirish katta miqdordagi farmatsevtik preparatlar bilan ishlashdir. Barcha axborotning hisobini olib borish va dorixonani nazorat qilish avtomatlashgan tizimsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Ishni olib borishda professional dastur ishonchlidir. Dorixonalar uchun kompyuter dasturi katta o‘lchamdagi ma’lumotlar bilan ishlay oladi. U o‘z vaqtida masalani to‘laqonli nazorat qiladi va o‘z vaqtida bajarilishni ta’minlaydi. Interfeysning sodda va qulayligiga qaramasdan tizim axborotni qayta ishlash uchun boy uskunalarga ega. Avtomatlashgan tizim dorixonadagi dori vositalari bo‘yicha nazorat olib borishni va dorixonada qabul nazoratini olib borishga yordam beradi. Yagona dasturdagi barcha ma’lumotlar tizimi ish jarayonini mukammalllashtiradi va soddalashtiradi. O’ziga jami jarayonlarni qamragan holda dastur dorixonada ishlab chikarish nazoratini amalga oshiradi. Tizim orqali nazorat funksiyasi avtomat bajariladi. Uning to‘laqonli va to‘g‘ri ishlashi uchun bazaga axborotni o‘z vaqtida kiritish talab etiladi. Nazorat va boshqaruv dasturlaridan foydalanuvchilar: Dorixona; Medikamentlar ombori; Savdo firmasi; Savdo kompaniyasi; Ishlab chiqarish korxonalari; Ulgurji savdo kompaniyasi; Ulgurji savdo firmasi; Farmatsevtik ishlab chiqarish kompaniyasi; Ishlab chiqarish savdo kompaniyasi; Ulgurji ombor; Ulgurji kompaniya; Farmatsevtik kompaniya; va boshqalar Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling