44.CISC, RISC va VLIW arxitekturalarining qanday asosiy farqlari bor?
80 – yillardagi kompyuterlarda xususan, VAX va IBM da 200 dan 300 tagacha buyruqlar bo`lgan. Lekin RISC kompyuterlarda esa kam sonli buyruqlar (50 ta atrofida) kompyuterlarning o`ziga xosligini ifodalar edi. RISC - Reduced Instruction Set Computer – Qisqartirilgan buyruqlar to`plamiga ega kompyuter. CISC - Complex Instruction Set Computer – Murakkab (to`liq) buyruqlar to`plamiga ega kompyuter.Bugungi kunga kelib esa protsessorlarning rivoji sabab hech kim kompyuterlardagi buyruqlar to`plami va to`plamdagi buyruqlar soni bilan qiziqmaydi.Shu vaqtdan boshlab RISC va CISC tarafdorlari o'rtasida ulkan g`oyaviy kurash boshlandi. RISC tarafdorlariga ko'ra, kompyuterlarni loyihalashning eng yaxshi usuli bu kam sonli oddiy ko’rsatmalarni (buyruqlarni) o'z ichiga olish va ularning har birini ma'lumotlar yo'lining bir siklida bajariladi. Ya'ni bir nechta registrda ba'zi arifmetik yoki mantiqiy amallarni bajaradi va natijani registrga qaytaradi. CISC bajaradigan bitta buyruq o`rniga RISC 4 yoki 5 ta buyruqni bajarsa ham buyruqlar bajarilishi RISCda CISCga nisbatan 10 marta tez bo`lishi hisobiga RISC kompyuterlari tez ishlashi ta`kidlangan.Bir xil bo`lmagan xotiraga kirish (Non-Uniform Memory Access) qanaqa tizim va uning vazifalari?
45.Arifmetik konveyer yordamida suzuvchi nuqta qanday qo’shiladi?
Arifmetik konveyer – arifmetik vazifani turli xil konveyer segmentlarida bajarish uchun turli xil kichik qismlarga ajratadi. U suzuvchi nuqta operatsiyalari, ko’paytirish va boshqa har xil hisoblar uchun ishlatiladi. Suzuvchi nuqtani qo’shish uchun jarayon yoki oqim jadvalining arifmetik konveyerlari diagrammada ko’rsatilgan.
Bunday holda quyidagi operatsiyalar bajariladi;
ko’rsatkichlarni taqqoslash (solishtirish); mantissalarni qo’shish va ayirish; natijani normallashtirish.
Birinchidan, ikkita ko’rsatkichlar taqqoslanadi va natijalar o’lchovi sifatida ikkita darajaning kattaroq qismi tanlanadi. Keyin o’lchovlardagi farq kichikroq metrikani necha martta o’ngga o’tkazishimiz kerakligini aniqlaydi. Eksponensial siljishdan keyin ikkala mantissalar ham tekislanadi. Va nihoyat, ikkala raqam ham qo’shiladi va natija oxirgi segmentda normallashadi.
Ikkita raqamni ko’rib chiqamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |